Korxonaning aylanma mablaglari



Download 28,82 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi28,82 Kb.
#890593
  1   2
Bog'liq
4 mavzu. Korxonaning aylanma mablaglari.


4 mavzu. Korxonaning aylanma mablaglari.
4.1. Aylanma mablag`larini meyorlashtirish.
4.2. Aylanma mablag`larini aylanishini tezlashtirish.

4.1. Aylanma mablag`larini meyorlashtirish.
Aylanma mablag'lar - bu har bir operatsion davr uchun joriy faoliyatga qo'yilgan kapital
Aylanma mablag'lar faqat bitta ishlab chiqarish siklida qatnashib, o'z qiymatini mahsulotga to'liq o'tkazadi, asosiy kapital esa ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishtirok etib, o'z qiymatini qismlarga bo'lib mahsulotlarga o'tkazadi. Shuning uchun aylanma kapital asosiy kapitalga qaraganda tezroq aylanadi. Avanslangan kapitalning umumiy miqdorida aylanma mablag'lar ulushining ortishi bilan butun kapitalning aylanish muddati qisqaradi.
Aylanma mablag'lar nafaqat hajmi va tuzilishi bilan, balki aylanma mablag'larning likvidligi bilan ham tavsiflanadi. Bu shuni hisobga oladiki, masalan, tovar-moddiy zaxiralar tayyor mahsulotlarga qaraganda kamroq likvid, pul esa mutlaqo likviddir.
Aylanma mablag'larni boshqarishning xususiyatlari xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning tarkibiy mansubligi bilan belgilanadi. Demak, ishlab chiqarish sohasida aylanma mablag’larning tarkibi konsentratsiya darajasi, ishlab chiqarish jarayonining xarakteri va davomiyligi, uning moddiy intensivligi, texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Aylanma sohasi korxonalarida tovar-moddiy boyliklar zahiralarining ulushi ko'proq. Moliyaviy korporatsiyalarda naqd pullar va ularning ekvivalentlari ustunlik qiladi. Aylanma mablag'larni boshqarish samaradorligi bir qator omillar bilan belgilanadi: aylanma mablag'larning hajmi va tarkibi, ularning likvidligi, aylanma mablag'larni qoplashning o'z va qarz manbalari nisbati, sof aylanma mablag'lar miqdori, asosiy va o'zgaruvchan kapital va boshqa o'zaro bog'liq omillar.
Birinchi bosqichda (Pul - Tovar) dastlab naqd pul shakliga ega bo'lgan aylanma mablag'lar ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya'ni ular muomala doirasidan ishlab chiqarish sohasiga o'tadi.
Ikkinchi bosqichda (Tovar ... ishlab chiqarish ... Tovar) aylanma mablag'lar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar shaklida bo'ladi.
Aylanma mablag'lar muomalasining uchinchi bosqichi (Tovar-pul) yana aylanma sohasida sodir bo'ladi. Tayyor mahsulotni sotish natijasida aylanma mablag'lar yana pul shaklini oladi.
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash usullari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim.
Moddiy resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o’ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manba- laridan samarali foydalanish, materiallarning sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak.
Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag’lar quyidagi ikki guruhga bo’linadi:

  • me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’lar;

  • me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar.

Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi.
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini o’z tarkibiga oladi.
Aylanma kapitalning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag’larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.
Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini normativ usuli tashkil etadi. Unga ko’ra aylanma mablag’larning normativi belgilanadi, transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo’shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko’rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi o’rnatiladi.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag’larning har bir elementi bo’yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo’lib, u eng avvalo, quyidagilarni o’z ichiga oluvchi ish sharoitiga bog’liq:

  • ishlab chiqarish tsiklining uzoq-yaqinligi;

  • ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;

  • mol etkazib beruvchilarning uzoqligi;

  • mol etkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;

  • materiallar sifati;

  • hisob-kitoblar tizimi va boshqalar.

Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir turi bo’yicha) bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyojlarning hajmi va mol etkazib berishlar o’rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o’rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24 kunga teng bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig’ida ishlab chiqarish tsiklining normal (sog’lom) rivojlanishini ta’minlashga etarli bo’lmog’i lozim.


Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko’rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida normalashtiriladigan zaxira-larni yaratish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag’larning normativi XYuSning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi uchun minimal darajada zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir.

Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiriladigan aylanma mablag’lar normativining formulasi quyidagi ko’rinishga ega:


N = E x U x B
Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;
E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;
U – o’rtacha interval uzoqligi;
B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 20 ming so’mga teng bo’lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 3 mln. so’mga (15 x 10 x 20 000) teng bo’ladi.
Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib berishlar o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
N = E x (U1 + U 2): 2 x B
Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;
E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;

U1 + U 2 - navbatdagi ikki mol etkazib berishlarning kunlardagi uzunligi;


B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo’shish natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil bo’ladi.
Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi (belgilanadi):
transport zaxirasi;
tayyorlov zaxirasi;
texnologik zaxira;
joriy zaxira;
sug’urta zaxirasi.

Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, kom-plektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi.


Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi olinadi, chunki u materiallarni navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol etkazib berish intervali o’rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko’paytmasiga teng.
Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o’zgartirilishi kerak.
Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi.
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi transport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining summasiga teng bo’lgan summalar yig’indisidan iborat.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
N = X 0 x U x K
Bu erlda: N - tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’larning normativi;
X 0 - mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar;
U - ishlab chiqarish tsiklining uzoqligi
(kunlarda);
K – xarajatlarning o’sib borish (jamlanib borish) koeffitsienti.
Mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar chorak davomida tannarx bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini tegishli chorakdagi 90 kunga bo’lib topiladi.
Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi (uzoqligi) quyidagilar bilan belgilanadi:
- bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik zaxira);
- ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joyla-shishi (transport zaxirasi);
- aylanma zaxirasi (ishlov berish operatsiyalari orali-g’idagi vaqtlar);
- sug’urta zaxirasi (uzilishlar sodir bo’ladigan vaziyatlar uchun).
Xarajatlarning o’sib borish (jamlanib borish) koeffitsienti tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyum o’rtacha tannarxining ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Albatta, zaxiralarni mohirona boshqarish menejment va XYuS ishlab chiarish xodimlaridan inflyatsiyani hisobga olishni, sifat va chiqariladigan tovarning bozorda talabgir ekanligi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni, bahosi va iste’mol belgilariga (xususiyatlariga) ko’ra XYuS tomonidan chiqariladigan mahsulotlarning iste’molchilar talabiga qarab o’zgarishini qondirishni talab qiladi.

Download 28,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish