1-mavzu
Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi fanining predmetini yoritib bering.
Ushbu fan predmeti real sektor korxonalarining rivojlanish strategiyalari va faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini, ular faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini, shuningdek, ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati samaradorligi resurslaridan oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida oshirish yo‘llarini o‘rganishdan iborat. Fan real sektor korxonalarining rivojlanish strategiyalarining mohiyati haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, uni takomillashtirish muammo va masalalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishning nazariy hamda amaliy tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |