Korxonalarni qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash



Download 222,56 Kb.
bet21/22
Sana16.07.2022
Hajmi222,56 Kb.
#810218
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
BMI-Abdulaziz Xokimov-Sintez Ammiak-kolonna-116103t-yil

11. Xorijiy investitsiyalar

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bejiz yurtboshimiz chet el bilan hamkorlik qilmagan, investorlar jalb qilolmagan rahbarlarni lavozimidan chetlatmaydilar. Bularning barchasi xalq manfaati uchun, chetdan yangi texnologiya kirsa, valyuta kirsagina o'sish bo'ladi, raqobat bo'ladi, O'zbekiston taraqqiy etadi.


Xorijiy investitsiya - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intelektual boyliklardir. Investitsiyalar kiritilishi uchun quyidagi investitsion iqlim talab etiladi:

  • Siyosiy barqarorlik;

  • Iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda o’sishi;

  • Geografik va geosiyosiy joylashuv;

  • Qulay soliq siyosati;

  • Malakali va arzon ishchi kuchi.

Investitsiya loyihalari, avvalo, ustivor tarmoqlarga ya’ni neft va kimyo sanoati, transport, energetika, yer osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizmga yo’naltirilishi kerak.
Investitsiya loyihasi - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfat ko’rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan berilgan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kompleksidir.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya etish, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining eksportdagi hajmini kengaytirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq xuquqiy xujjat qabul qilindi, jumladan, “Konsepsiyalar to’g’risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonuni; “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi qonunlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda. Birgina o'tkan 2017-yilning o'zida yana 4ta EIZ tashkil etildi.
Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek,-''Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo’q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni madernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.”
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o’ziga xos xususiyati mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo’lmoqda.
Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi - 70 % dan ortig’i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo’naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyib 40 % ni tashkil etdi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng ko„lamli huquqiy kafolatlar va imtiyozlar qonunchilik bazasi yaratildi, xorij kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag„batlantirish bo„yicha yaxlit chora- tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. Jumladan, soliq qonunchiligiga muvofiq to„g„ridan- to„g„ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va shu asosda tashkil etilayotgan korxonalarga keng imtiyozlar qo„llanib kelinmoqda.
2005 yilning 1 iyulidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va (ro’yxat bo’yicha) iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilingan.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda — 7 yil muddatga.
Keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda imtiyozlar qancha muddatga berilgan bo’lsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
Bojxona bojini undirishdan quyidagilar ozod qilingan:
- chet ellik investorlar va ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o’ttiz uch foiz bo’lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk;
- chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar va chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk;
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollaridan ziyod bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o’z ishlab chiqarish mahsuloti bo’lsa;
- O’zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa.
2017-yil ma’lumotlariga asosan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar salmog‘I YAIMga nisbatan 24,4 foizni tashkil etgan. Qayd etish lozimki, mazkur ko‘rsatkich dunyo mamlakatlari miqyosida hisoblangan investitsiyalarning o‘rtacha salmog‘idan yuqoridir.
Farg'ona viloyati bo'yicha, Investitsiya Dastur doirasida 2017-yilda umumiy qiymati 72 mln. dollarga teng bo’lgan (shundan 55,3 mln. dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyani tashkil etadi) 27 ta loyihalarni amalga oshirilgan. Har bir hudud rivojlanishini inobatga olib, barcha shahar va tumanlarga xorijiy investitsiyalar jalb qilish belgilab olinib, yil davomida xorijiy investitsiyalar tekstil, qurilish, oziq-ovqat, xalq iste’mol mahsulotlari, mashinasozlik, meva-sabzavotni qayta ishlash, neftni qayta ishlash va charm-poyabzal sanoatiga yo’naltirilgan. Ishlab chiqilgan Dastur doirasida birinchi chorak davomida 17,3 mln. dollar investitsiyalar jalb qilinib, shundan 13,6 mln. dollar xorijiy investitsiyalar hisobiga to’g’ri kelgan va belgilangan istiqbol ko’rsatkichlari 120 foizga bajarilishi ta’minlangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 28 - dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining bugungi moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017 yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a`zolari to'liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlat rahbarining 2017-yil 23 avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o'zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta`minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta`minlash maqsadida “O'zkimyoimpeks” mas`uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o'z yechimini topgani yo'q. Masalan, mineral o'g'it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og'ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Qishloq xo'jaligini moliyalashtirishga umuman e`tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o'zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda, dedi Prezidentimiz.
Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan mineral o'g'itlar bilan bog'liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o'sib ketmoqda.
Shu munosabat bilan 2018 yildan boshlab, iste`molchilarga mineral o'g'it yetkazib berish “O'zkimyosanoat” AJ huzurida tashkil qilinadigan “Yagona agent” vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o'g'itlarning tannarxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o'g'itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. 2017 yilda “Farg'onaazot” AJ korxonasi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Qo'qon superfosfat zavodi, “Ammofos-Maksam” va “Maksam-Chirchiq” birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo'lgan, “Navoiyazot” korxonasi esa yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning o'z aylanma mablag'larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb etish orqali hal etib kelmoqda.
Shu sababli “O'zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-2019 yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
E`tibor qaratish lozim bo'lgan yana bir muammo – asosiy texnologik uskunalarning eskirganidir. Buning oqibatida ishlab chiqarishning texnologik tartiblari izdan chiqmoqda, mablag' yetishmasligi sababli uskunalar joriy va kapital ta`mirdan o'tmayapti.
Davlat rahbari joriy va kapital ta`mir ishlarini amalga oshirish yuzasidan tarmoq rejasini ishlab chiqish zarurligini ta`kidladi.
Qishloq xo'jaligini fosforli o'g'itlar bilan ilmiy asoslangan darajada ta`minlash masalasi muhokama qilinar ekan, bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo'lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2019 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 177 ming tonnaga, 2021 yilda yangi fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga yetkazish ko'zda tutilmoqda.
2018 yil I choragi davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1153 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 478,9 mln. AQSH dollari va 2 888,0 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 152,4 mln. AQSH dollari va 1 111,2 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9913 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bugungi kunda ,,Farg’ona azot AJ’’ da texnologiyada asosiy o’rin tutadigan tipik reaktorlarni investitsiya kiritish orqali almashtirish va yuqori samaradorlikka erishish bo’yicha bir qancha loyihalar ishlab chiqilgan. Bunga yorqin misol men loyihalayotgan Ammiak-3 sexida Hindiston bilan hamkorlikda yuqori samaradorlikda ishlovchi yangi reaktor ya’ni trubkali pech olib kelinishi bo’yicha investitsion shartnomalar tuzilgan. Bu investitsion shartnoma unumdorligi 40000 m3 bo’lgan trubkali pechni unumdorligi 70000 m3 bo’lgan trubkali pechga almashtirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va energiya sarfi tejaladi. Oldingi tehnlogiya bo’yicha bizga kerakli energiya miqdori yangi tehnalogiya bo’yicha yoqilg’i sarfini 30% va undan yuqori foizlarda kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari yana bir yangi invistitsion loyiha bo’yicha fosforli o’g’itlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan zamoniy yangi sex qurilishi bo’yicha investitsion shartnomalar imzolanmoqda. Bu loyihani ishlab chiqarishga joriy qilish 2019 yil boshlaridan boshlanishi ko’zda tutilgan. Bu zavot uchun juda katta yangilik hisoblanadi , chunki bu orqali zavod o’z faoliyatini kengaytiradi hamda 100 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratiladi.


Download 222,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish