Korxonalarni qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash


Mehnatni va atrof muhitni muxofaza qilish



Download 222,56 Kb.
bet12/22
Sana16.07.2022
Hajmi222,56 Kb.
#810218
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
BMI-Abdulaziz Xokimov-Sintez Ammiak-kolonna-116103t-yil

9. Mehnatni va atrof muhitni muxofaza qilish

Unumdorligi 116103 t/yil bo’lgan ammiak ishlab chiqarish sexini loyihalash. Asosiy qurilma sintez kalonnasi.


68-modda. Aholining ayrim toifalari uchun ishga joylashishdagi qo‘shimcha kafolatlar
Davlat: ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy o‘quv yurtlarining davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilariga;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga;
nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
odam savdosidan jabrlanganlarga qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Qo‘shimcha kafolatlar qo‘shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish, korxonalarga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun minimal ish joylarini belgilash yo‘li bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar orqali ta’minlanadi.
Ish beruvchi ish joylarining belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga
qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
77-modda. Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh
Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Tsex bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun maxsus ishchi kiyimlari, oyoq kiyimlari, ximoya vositalari joriy etilgan.
Mehnat muxofazasini boshqarish tizimiga ishchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muxofazasini targ‘ib qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini va jihozlarining xavfsizligini ta’minlash, ish sharoitini sanitar-gigienik axvolini meyorlashtirish kiradi.
Yangi loyihalangan ammiak ishlab chiqarish tsexida mehnat muxofazasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish korxonada ro‘y bo‘lishi mumkin bo‘lgan jaroxatlanish va kasbiy kasalliklarni oldini olishda, texnologik jarayonlarni xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu hizmatni to‘g‘ri tashkil qilish mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va mehnat muxofazasiga aloqador bo‘lgan normativ xujjatlar va yo‘llanmalarga asoslanadi.
Ishchi – xodimlarning ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmidagi fiziologik jarayonlar ayniqsa organizm termoregulyatsiyasiga meterologik (iqlimiy) sharoitini ifodalovchi omillar-havoning harorati, nisbiy namligi, barometrik bosim va ish joylaridagi havo harakatining tezligi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Texnologik rejimning buzilishi yoki jihozlar nosozligi natijasida faqat mexanik buzilishlariga emas, balki ishchi zonasiga katta massadagi zararli moddalarni
chiqishiga olib keluvchi portlashlar sodir bo‘lishi mumkin.
Loyixalanayotgan sexdagi ishlab chiqarish zararli faktorlariga quyidagilar kiradi:

  • yuqori parametrlar (yuqori bosim va harorat)ga ega bo‘lgan bug‘larning qo‘llanilishi;

  • ko‘p miqdordagi mexanizmlarning siljuvchi qisimlarini mavjudligi;

  • portlash mumkin bo‘lgan ammiak havo aralashmalari hosil bo‘lishi,

  • o‘z-o‘zidan yonuvchi surkov moylari mavjudligi;

  • bug‘ va eritmalarning, ammiakning teriga termik ta’siri;

  • hosil bo‘layotgan zaharli moddalar konsentratsiyasining ruxsat etilgan me’yori (REK)dan ortib ketishi

Yong‘in xavfsizligi darajasiga ko‘ra ammiak ishlab chiqarish tsexi “A” toifaga kiradi, binolar ikkinchi darajali yong‘inga chidamli hisoblanadi, elektr jihozlari va qurilmalari portlashga chidamli materiallardan tayyorlanadi.
Ammiak ishlab chiqarish tsexidagi zaharli moddalarga ammiak NH3, ammiakli suv, is gazi, CO, azot oksidlari kiradi.
Ishchi hududining havosida zaharli moddalaning ruxsat etilgan konsentratsiyalari
Jadval 9.1

Moddalarning nomlanishi

Ruxsat etilgan konsentratsiyasi(REK) mg/m3

Xavf sinfi

Azot oksidi

5

2

Ammiak

20

5

uglerod oksidi

20

4

Xlor

1

2

Uyuvchi ishqorlar

0.5

2

Ishlatib bo’lingan oltingugurt tozalash, metan konversiyasi,is gazi konversiyasi metanlashtirish va ammiak xosil qilish jarayon katalizatorlari maxsus omborlarga vaqtinchlik saqlash uchun jo’natiladi.


Ikkinchi reformingdan kegin konvertirlangan gaz:


  1. Tashlama chiqindilari soni – 1 ta.

  2. Chiqindi gazlarning umumiy xajmi – 7 300 000 m3

  3. Davriyligi : davriy ravishda – ishga tushirish, to'xtatish, texnologik rejimning buzilishi tashlash xarorati: 330 – 380 0C

  4. Zararli moddalarning atmosferaga tashlanishini ruxsat etilgan miqdori.

CO – 41.316 kg/d ; NO ­– 18.612 kg/d ;
NO2 – 14.429 kg/d ; SO2 ­- 3.528 kg/d ;

  1. Tashlama tarkibi:

SO2 – 10.01% ; CO – 117.21% ;
NO – 52.81% ; N2 – 40.94 % ;
Sexda texnologik jarayonlar va uskunalardan foydalanish xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda shikastlanishlarni oldini olish uchun xavfsizlikning maxsus texnik vositalari qo‘llaniladi. Ularga xavfsizlik himoyalovchisi va tuzuvchi tuzilmalar, xavfsizlik masofalari va o‘lchamlari, yorug‘lik signalizatsiya va xavfsizlik belgilari, xavfli mintaqalar ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishlarni kirsh mumkin.
Elektr qurilmallarining tok o‘tkazuvchi hamma qismlari (magnitli tushirgichlar, taqsimlash shitlari, boshqarish tugmalari, kalitlari) ham doimiy to‘siqlar bilan himoyalangan bo‘lishi zarur.
Tuzilishiga ko‘ra, doimiy to‘siqlar uskunaning ajralmas qismi kabi tayyorlanadi. Ularning tashqi sirti uskunaning rangida, ichki sirti esa to‘siqni olib yoki ochib qo‘yib ishlash xavfli ekanligidan ogoxlantiruvchi qizil rangda bo‘ladi.
Texnologik va umum tsex uskunalari ishini blokirovkalashdan maqsad ulardan xavfsiz foydalanish imkonini yanada oshirishdan iborat.
Blokirovkalash tizimlari quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
-texnologik jarayon va umum tsex uskunalarining to‘g‘ri boshqarishga barham

berish;
-xavf paydo bo‘lganda ishlayotgan uskunani darxol to‘xtatish;


-ayrim mexanizm va detallarning xavfli zonadan tashqari harakatlanishga imkoniyat yaratish uchun.
Me’yordagi ish sharoitining buzilishi, ayrim mexanizmlarning ishlamay qolishi oqibatida mazkur qurilmaga hizmat ko‘rsatadigan kishi salomatligiga putur yetishi mumkin.
Blokirovkalash uchun ko‘pincha har xil relelardan foydalaniladi.
Texnologik uskunalarga hizmat ko‘rsatishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, falokatlar oldini olish, bino hamda inshoatlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun mashinalar bilan tuzilmalar, xavfsizlik masofalari va o‘lchamlari deganda, uskunalar yoki ob’ektlar o‘rtasidagi ruxsat etilgan eng kichik masofalar tushuniladi. Bu masofalar qisqartirilganda shikastlanish xavfi paydo bo‘ladi.

Download 222,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish