- yuqorida keltirilgan yo'riqoomaning l-ilovasida keltirilgan shaklda schot ochish uchun ariza; - statistika organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro’yhatiga kiritilganligi to'g'risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko'chirmasi; - yuqori organ yoki ta'sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusda tasdiqlangan ko’chirma, davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g’risida hujjat; - notariusda tasdiqlangan ko'chirma yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ko’chirma. Davlat ro’yxatidan o’tganligi to'g'risidagi hujjat faqat mazkur obyekt uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bo'lsa topshiriladi; - soliq organida ro'yxatdan o'tganligi va identifikatsiyalashgan soliq to’lovchi raqami berilganligi to'g'risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma ko'chirmsi yoki shaxs soliq to'lovchi subyekt emasligi to'g'risida ma’lumot; - imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka; - yuqorida aytib o'tilgan yo'riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so’ng bank xizmatini ko’rsatish bo'yicha shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug'i bilan korxonaga tegishli hisob-kitob schot raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag'lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Ochilgan hisob-kitob schotida bo'sh pul mablag'lari va mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi. Hisob-kitob schotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar sotib olish uchun, mol yuboruvchiga to'lanmalar, budjetdan, ijtimoiy sug'urtadan bo'lgan qarzlarni to'lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqo zaruriyatlar uchun to'langan pul mablag'lari aks ettiriladi.
Misol 1) Xaridorlarga pul o’tkazish yo’li bilan 20 mln so’mlik mahsulot sotildi. Dt 5110 20 mln Hisob-kitob schyoti. Kt 9010 20 mln. Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar. 2) Korxona ishlab chiqarish dastgohini pul o’tkazish yo’li bilan 50 mln so’mga harid qildi. Dt 0130 50 mln. Mashina va uskunalar. Kt 5110 50 mln. Hisob-kitob schyoti. 3) Xaridorlardan mahsulotni 1 haftadan keyin berish sharti bilan pul o’tkazish yo’li bilan 32 mln so’m pul olindi. 1 haftadan so’ng mahsulot yetkazib berildi. a) Dt 5110 32 mln. Hisob-kitob schyoti. Kt 6230 32 mln. Boshqa kechiktirilgan daromadlar. b) Dt 6230 32 mln Boshqa kechiktirilgan daromadlar. Kt 9010 32 mln Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar.