Bosh moliyaviy strategiya alohida turlarini amalga oshirishni
ta’minlovchi strategik moliyaviy holat modellari
Bosh moliyaviy strategiyani tanlash jarayonida korxonaning hayotiy tsikl bosqichlarini, mulkdorlar moliyaviy mentalitetini, moliyaviy menejerlar malaka darajasini hisobga olgan holda boshqa omillar ham hisobga olinishi mumkin.
Korxonaning istiqboldagi moliyaviy faoliyati asosiy jihatlari bo’ycha moliyaviy siyosat ifodalanishi.Strategik moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonining bu bosqichida moliyaviy faoliyatning alohida yo’nalishlari, moliyaviy siyosat turlari qamrab olinadi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy faoliyatning eng muhim jihatlari kesimida korxona moliiyaviy asoslari va bosh moliyaviy strategiyalarini amalga oshirish shaklini o’zini aks ettiradi.
Moliyaviy siyosat butun strategik davrga yoki alohida strategik vazifalar (masalan, emissiya siyosati)ni hal qilishni ta’minlovchi aniq bosqichlar uchun ishlab chiqilishi mumkin. SHuningdek, moliyaviy siyosat orqali strategik davr alohida bosqichlariga tashqi moliyaviy muhitdagi nazarda tutilmagan o’zgarishlar ta’siri ostida bosh moliyaviy strategiyani amalga oshirishga yo’naltirilgan muhim o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Korxona moliyaviy faoliyatining alohida jihatlari bo’yicha moliyaviy siyosat ishlab chiqilishi odatda ko’p darajali xususiyat kasb etadi. Bunday darajalar miqdori moliyaviy faoliyat ko’lami va alohida strategik vazifalarni hal qilishga katta ahamiyat qaratish zarurligi bilan aniqlanadi. Moliyaviy siyosat birinchi navbatda korxona strategik moliyaviy rivojlanishining dominant sohalari alohida segmentlari bo’yicha, shuningdek ularning tarkibida moliyaviy faoliyatning alohida turlari bo’yicha ishlab chiqiladi.
Funktsional moliyaviy siyosat turlaridan har biri ularni amalga oshirish tiplari bo’yicha tabaqalashtirilgan bo’lishi shart. Moliyaviy siyosat tiplari natijalar darajasi (strategik moliyaviy maqsadlarni amalga oshirish jarayonida moliyaviy faoliyat daromadliligi, foydaliligi, o’sish sur’atlari va risk darajalari) o’zaro nisbatini, bog’liqligini tavsiflaydi
№
Moliyaviy siyosat tiplari
Eng yaxshi
modellar
Mumkin bo’lgan modellar
Agressiv
Korxonaning jadallashgan o’sishini moliyaviy qo’llab-quvvatlash strategiyasi
“Kuch va
imkoniyatlar”
“Kuch va to’siqlar” “Barqarorlik va imkoniyatlar”
O’rtamiyona (mo’tadil)
Korxonaning barqaror o’sishini moliyaviy ta’minlash strategiyasi
“Barqarorlik va imkoniyatlar”
“Kuch va to’siqlar”
“Barqarorlik va to’siqlar”
Konservativ
Korxonaning inqirozga qarshi moliyaviy strategiyasi