O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI TA’LIM BO’LIMI
“MOLIYA-KREDIT” kafedrasi
MOLIYA FANIDAN
“KORXONALARDA INVESTITSION QARORLAR QABUL QILISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH” MAVZUSI BO'YICHA
KURS ISHI
Bajardi: SMM-55 guruh Zebo Abdualiyeva
Qabul qildi: __________________________________
TOSHKENT – 2022
Mavzu: Korxonalarda investitsion qarorlar qabul qilishni samarali tashkil etish
Reja:
Kirish.
Korxonalarda investitsion qarorlar qabul qilishning mohiyati va ahamiyati.
Korxonalarda investitsion qarorlar qabul qilishning me’yoriy-huquqiy manbalari.
Korxonalarda investitsion qarorlar qabul qilishni samarali tashkil etishda korxonaning moliyaviy samaradorligi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
O'zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirib, bir qancha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklar bilan o'zaro foydali aloqalar o'rnata boshladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, kengaytirish uchun huquqiy asoslarini yaratib bergan asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko'plab Prezident Farmonlari va Hukumat qarorlari ishlab chiqildi. Bular, avvalo, "Xorijdan mablag' jalb qilish to'g'risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi, "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi (yangi tahrir), "Chet el investitsiyalari to'g'risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida"gi Qonunlar hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar bo'lib, ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart-sharoitlarni yaratib berdi. O’zbekiston prezidentining “Hech qaysi davlat investitsiyani rivojlantirmasdan, hech qanday natijaga erishmaydi. Eng murakkab yo’l, bu investitsiya jozibadorligini sarmoyadorlarga yetkazish bo’yicha katta ishlarni qilishimiz kerak.”1- degan gaplari investitsiyaga qratilgan e’tibor kuchli ekanini bildiradi.
Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklar bilan aloqasi ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim vazifalarni birga qo'shish maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda, birinchidan, O'zbekistondagi barcha xo'jalik sub'ektlarining tashqi dunyo bilan o'zaro aloqalari uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keladigan shart-sharoitlar yaratish asosida xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga qo'shilish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, respublikaning joriy muammolarini hal etishga bevosita ko'maklashish, mavjud xalqaro tajriba asosida moliyaviy, texnikaviy yordam va maslahat olish yo'li bilan o'tkazilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlash ko'zda tutiladi.
Respublikamiz iqtisodchi-olimlaridan - D.G'ozibekov, Sh.Abdullaeva, A.Vaxobov, D.Tojiboeva, Sh.Xojibakiev, N.Muminov, A.Jo'raev, D.Xo'jamqulov, B.Mamatov, B.Xodiev, Sh.Shodmonov, U.G'afurov, N.Karimov, Sh.Axmadjonov va boshqalarning ilmiy ishlarida investitsiyalarning, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning zarurligi, turlari, shakllari, investitsiya loyihalarining moliyaviy ta'minoti, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli, investitsiyalar tahlili masalalari aks ettirilgan. Biroq, bugungi kunda xorijiy banklar kredit liniyalari mablag'laridan foydalanish mexanizmi va uni tartibga solish masalalarini yanada chuqurroq o'rganish talab etilmoqda.
Bugungi kunda respublika iqtisodiyotida xorijiy banklar bilan o'zaro hamkorlik faollashib bormoqda. Shuning uchun ham bu hamkorlikning iqtisodiy mohiyatini, uning iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi ahamiyatini va zaruratini asoslash va tahlil etish, xorijiy kreditlarni jalb qilish shakllarini takomillashtirish va qulay investitsiya muhitini yaratish yo'lidagi muammolarni bartaraf etish va xorijiy banklar kredit liniyalari mablag'lari hisobiga investitsiya loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirish bo'yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |