Korxonalarda investitsion loyihalarni baholash xususiyatlari Reja


Investitsion loyihalarni samaradorligini baholash usullarining mazmuni, mohiyati va xususiyatlari



Download 88,71 Kb.
bet2/6
Sana18.11.2022
Hajmi88,71 Kb.
#867817
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxonalarda investitsion loyihalarni baholash xususiyatlari

2.Investitsion loyihalarni samaradorligini baholash usullarining mazmuni, mohiyati va xususiyatlari


Har qanday investor yoki xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy mezon investorning boyligini ko'paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari bo'lib korxona daromadlari o'sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.
Chet el mamlakatlarining tajribasini, , shu bilan birga YuNIDO tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya'ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to'ldirib turadi.
Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo'lishini belgilashdir.
Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potentsial qobiliyati, shu loyihaga qo'yilgan mablag'larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o'sishi sur'atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi. Quyidagi 5-rasmda har bir mezon bo’yicha asosiy aniqlash usullari keltirilgan:








Investitsiyalarni ng buxgalteriya rentabelligini aniqlash usuli

Investitsiya- larning qoplanish muddatini aniqlash usuli


1-rasm. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash.


Taqdim etilayotgan ob'ektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma'lum bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy-axborot vositalari orqali yoki har xil to'plamlar holatida chop etilib, e'lon qilish normal holat hisoblanadi. Bu to'plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to'g'risida ma'lumotlar olish mumkin.Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo'lib, ularni shartli ravishda ikki katta guruhga bo'lish mumkin:

  • Oddiy (yoki statistik) baholash usullari;

  • diskontlashga asoslangan baholash usullari. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:

  • investitsiya qoplash muddati (Payback Period , PP);

  • investitsiya samaradorligi koeffitsienti (Accounting Rate of Return, ARR). Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi:

  • sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV);

  • foydaning ichki me'yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR);

  • investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI);

  • diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP).

Investitsiya loyihalarining samaradorligini diskontlash asosida baholash usullari har qanday investitsiya loyihasining daromadliligini, samaradorliligini, foydaliligini hamda ularning jalb etuvchanligini aniqlab bera oladi. Lekin ayrim hollarda investitsiya loyihalarini baholashda barcha usullarni qo'llash zaruriyati bo'lmasligi ham mumkin. Bu usullarning qo'llanilishi tahlil qilinayotgan har bir loyihaning o'ziga xos jihati va xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Loyihaning jalb etuvchanligini baholash usullari uning barcha xususiyatlarini ochib bera olmasa ham, loyihaning haqiqiy samaradorligini aniqlashda asosiy xizmat vazifasini o'taydi.



Download 88,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish