O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering.
Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering.
Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud?
Ularning afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering.
Narx siyosati nima?
O‘zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud?
10-mavzu. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari (2 soat)
10.1.Korxona daromadlari
10.2. Korxonaning foydasi, uni taqsimlash
10.3. Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash
10.4. Korxona rentabelligi
1.Korxona daromadlari
Sanoat korxonalari daromadi – foydasi to‘g‘risida tushuncha.
Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum.
Ishlab chiqarish samaradorligi xar bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi xisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari xamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |