4.Tarmoqda narxning shakllanishi
Narx turli omillar ta’sirida shakllanadi:
Ishlab chiqarish harajatlari. U qanchalik kam bo‘lsa narx shunchalik past bo‘ladi va aksincha. Tovarning ishlab chiqarish xarajatlari ustiga ishlab chiqaruvchining foydasini qo‘yib sotilishi, ya’ni ishlab chiqaruvchi taklif qilgan narxda sotilishi unga qilgan harajatlarni (moddiy va mehnat xarajatlarini) jamiyat tomonidan tan olinganligini bildiradi.
Tovarning nafliligi, ya’ni uning iste’molchilarga foydalilik darajasi. Ularning ehtiyojlarini qondirilish darajasi, yuqori bo‘lsa iste’molchi yuqori narx to‘lashga rozi bo‘ladi.
Talab va taklifning nisbati, ya’ni biror bir tovarga talab katta bo‘lsayu, u tovarning taklifi kam bo‘lsa narx yuqori bo‘ladi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |