Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narxlar. Aloxining yuqori daromad oluvchi qatlami harid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belglanadi.
Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k) baxosi sifatida chiqadi.
Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.
Erkin narhlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.
Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilaganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |