Soliqni uzoq va qisqa muddatli ta’siri Soliqni alohida firma faoliyatiga ta’sirini qaraymiz. Faraz qilaylik, soliq firmaning ishlab chiqarish hajmidan olinadi va u mahsulot narxiga ta’sir qilmaydi.(11-RAsm) Biz ko’ramizki, ishlab chiqarish hajmiga qo’yilgan soliq firmani ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga undaydi. Rasmdan ko’rish mumkinki, qisqa muddatli oraliqda musbat iqtisodiy foyda bilan ishlayotgan firma hajmda mahsulot ishlab chiqarib bozor narxida sotadi. Soliq har bir ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga qo’yilganligi uchun, u firmaning chekli xarajatini dan ( t - bir birlik mahsulotga qo’yilgan soliq) holatga siljitadi. Soliq xuddi shunday o’rtacha o’zgaruvchan xarajatni ham t miqdorga yuqoriga siljitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |