Ish vaqti balansi
Ish vaqtidan foydalanish darajasini tahlili ish vaqti balansi asosida amalga oshiriladi. Ular kishi-kunlari va kishi-soatlarida tuzilib, ikki qismdan iborat bo`ladi: chap qismida «ish vaqtidan foydalanish» ko`rsatiladi.
Chap qismi quyidagilardan tashkil topadi:
kalendar vaqt fondi;
bayram va dam olish kunlari;
tabel vaqt fondi;
navbatdagi mexnat tatillari;
maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi.
Ish vaqti resurslarini kishi-soatlarida ifodalash uchun, ko`rsatkichlarni belgilangan ish vaqti uzunligiga ko`paytiriladi.
«Ish vaqtidan foydalanish» qidalanish"n , ko`rsatkichlarni belgilangan ish a вақти узунлигига кўпайтирилади.
malda ishlangan ish vaqti fondi – belgilangan rejim asosida ishlangan vaqtni ifodalaydi. Odatdan tashqari ishlangan vaqt (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan)lar balansdan tashqarida ko`rsatiladi.
Uzrli sabablar bilan yo`qotishlarga quyidagilar kiradi:
betobligi sababli, yoki betob bolalarni boqish;
o`quv ta’tillari (sirtqi talabalar uchun, korxona tomonidan yuborilgan o`qish va malaka oshirishlar va h.k.);
qonun bilan belgilangan ishga kelmasliklar (davlat topshiriqlarini bajarish, masalan, voenkomatga yoki sudga chaqirilishi).
Ish vaqtini yo`qotuvlariga quyidagilar kiradi:
kun bo`yi to`xtab turishlar;
kechikib kelishlar, vaqtli ketishlar;
rahbariyat ruxsati bilan ishga kelmaslik;
yalpi ishga kelmaslik (ish tashlashlar va h.k.)
Balansning o`ng qismi yuqorida keltirilgan uch bo`limning yi¼indisidan tashkil topadi va kishi-kunlar va kishi-soatlarda ifodalangan maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini bildiradi.
Masalan, avvalgi misolda keltirilganlarni quyidagi ma’lumotlar bilan to`ldiramiz: Aprel oyida ishga kelmasliklar (kishi-kunlarida): betobligi sababli – 56, o`qish tatillari – 20, progullar-4, rahbariyat ruxsati bilan – 12, qonun bo`yicha ishga kelmaslik – 60.
Ish vaqti balansini tuzamiz (kishi-kunlarida).
Ish vaqti resurslari
|
Ish vaqtidan foydalanish
|
1. Kalendar fondi - 9100
2. Bayram va dam olish kunlari – 2400
3. Tabel fondi – 6700
4. Navbatdagi mehnat ta’tillari – 4800
5. Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi – 6220
|
1. Amalda ishlangan vaqt – 5868
2. Uzurli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish – 136
shu jumladan:
betobligi sababli – 56
o`qish vaqti sababli – 20
qonun bo`yicha – 60
3. Ish vaqtini yo`qotish – 216
shu jumladan:
kun bo`yi to`xtab turishlar – 200
progullar – 4
rahbariyat ruxsati bilan – 12
4. Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi – 6220 (5868+136+216)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |