Ish vaqti va undan foydalanish ko`rsatkichlari
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini tarkibini o`rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti xajmiga xar hil omillar ta’sirini o`rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi – mexnat statistikasining bir bo`limi hisoblanadi.
Ish vaqtini yo`qotishni o`rganish mexnat muammolari bilan shug’ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta’minot bo`limlari, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlarning rahbarining doimiy e’tiborida turadi.
Ish vaqti sarflangan mexnat meyorini ifodalaydi va u amaliyotda ikki ko`rsatkich yordamida o`lchanadi: 1) ishlagan kishi – kuni xodimning korxona ro`yxatida turgan va ishga kelgan kunlarini bildirib, unga ish vaqti davomida xaqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiraveradi. Ishlangan kishi-kunlariga shu korxonada o`z xodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu korxona yo`llanmasi bilan boshqa korxonada ishlangan kishi-kunlari, shuningdek xizmat safarida bo`lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi.
2) Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o`lchov birligi hisoblanadi, chunki uning tarkibiga tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va vaqtli ketib qolish vaqtlari kiritilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi ko`rsatkichlar tizimidan foydalanadi:
Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan foydalanish koeffitsienti;
Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti;
Ish vaqtidan to`liq foydalanish koeffitsienti;
Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada ishlangan barcha kishi-kunlar soni o`rtacha ro`yxatdagi xodimlar soniga bo`linadi. Bu ko`rsatkichning amaldagisini bazis darajasi bilan solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi.
Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlangan barcha kishi-soatlar soni, ishlangan kishi-kunlar soniga bo`linadi. Bunda ikki hil ko`rsatkich aniqlanadi: a) ish kunining to`liq uzunligi (bunda odatdagi va odatdan tashqari soatlar e’tiborga olinadi) va b) ish kunining odatdagi uzunligi (bunda faqat odatdagi soatlar e’tiborga olinadi). Bu ko`rsatkichning amaldagi bazis davrdagisi bilan solishtirilib ikkinchi koeffitsient aniqlanadi. Birinchi koeffitsientni ikkinchisiga ko`paytirib uchinchi ya’ni ish vaqtidan to`liq foydalanish koeffitsienti aniqlanadi.
Masalan, korxonada bazis va joriy davrda quyidagi ma’lumotlar berilgan:
№
|
Ko`rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
1
|
O`rtacha ro`yxatdagi ishchilar soni
|
900
|
1000
|
2
|
Amalda ishlangan barcha kishi-kunlar soni
|
18000
|
21000
|
3
|
Amalda ishlangan barcha kishi-soatlar soni
|
126000
|
140000
|
4
|
Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar soni (2:1)
|
20
|
21
|
5
|
Ish kunining amaldagi uzunligi, soat (3:2)
|
7,0
|
6,7
|
1) Ish oyi uzunligidan (kunlar)
foydalanish Kt = 21/20 =1,050 yoki 105,0%
2) Ish kuni uzunligidan (soat)
foydalanish Kt = 6,7/7,0 = 0,959 yoki 95,9%
3) Ish vaqtidan to`liq
foydalanish Kt = 1,05 x 0,959 = 1,008 yoki 100,8%
Demak korxonada ish oyi uzunligidan (kunlar) bo`yicha foydalanish joriy davrda bazis davrga nisbatan 5,0%ga ortgan, ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish 4,1%ga kamaygan. Natijada ish vaqtidan to`liq foydalanish darajasi joriy davrda bazis davriga nisbatan 0,8% ortgan.
Amaliyotda quyidagi ish vaqti fondlarini bir-biridan ajratish lozim:
1. Kalendar ish vaqti fondi – korxona barcha xodimlariga to`g’ri kelgan kalendar kunlar sonini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanishi mumkin:
- o`rtacha ro`yhatdagi xodimlar sonini shu davrdagi kalendar kunlar soniga ko`paytiriladi; yoki
- ishga kelgan va kelmagan kishi-kunlar soni qo`shiladi.
2. Tabel vaqt fondi – ni aniqlash uchun kalendar vaqt fondidan bayram va dam olish kunlari ayriladi;
3. eng ko`p imkoniyatli ish vaqt fondi – ni aniqlash uchun tabel ish vaqti fondidan navbatdagi mexnat tatili kunlari ayriladi. Bu fond «Mexnat xaqida»gi qonunga asosan foydalanish mumkin bo`lgan eng katta ish vaqti salohiyatini bildiradi.
Masalan, korxona bo`yicha mart oyida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi-kunlarida) xodimlar tomonidan ishlangan kishi-kunlar – 5868; kun bo`yi to`xtab turishlar – 200; ishlanmagan kishi-kunlar – 3032, shu jumladan, navbatdagi tatillar – 480; dam olish kunlari – 2400; O`rtacha ro`yhatdagi xodimlar soni – 300 kishi; ushbu ma’lumotlar asosida quyidagi ko`rsatkichlarni hisoblash mumkin:
1) ishga kelgan kishi kunlar soni – ishlangan kishi – kunlar va kun bo`yi to`xtab turishlar soni yig’indisiga teng.
5868+200 =6068 kishi/kuni
2) kalendar ish vaqti fondi
6068+3032 =9100 kishi/kuni
3) tabel ish vaqti fondi
9100-2400 =6700 kishi/kuni
4) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi
6700-480 =6220 kishi/kuni
5) may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o`rtacha ro`yhatdagi xodimlar soni o`zgarmay qolsa)
300 x 31 =9300 kishi/kuni
4. Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga xodimlarning ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, hamda odatdan tashqari ishlangan soatlar ham qo`shiladi). Ammo bunga smenalar ichidagi to`xtab turishlar, betobligi sababli ishga kelmaslik, mexnat ta’tillari va shunga o`xshashlar qo`shilmaydi.
Odatdan tashqari ishlangan vaqtlar – qonunda belgilangandan tashqari vaqtlardagi ish soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.).
5. To`langan kishi-soatlar soni – bu xodimlar tomonidan ishlangan kishi-soatlar va ishlanmagan bo`lsa ham, ammo haqqi to`langan soatlardan tashkil topadi. Ko`rsatkichda yillik mexnat tatili vaqti, qo`shimcha va o`quv tatillari vaqti, rahbariyat qarori bilan berilgan ta’tillar vaqti, malaka oshirish tizimida o`tkazilgan vaqt, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlarga jalb qilingan vaqt, 18 yoshga etmagan o`smirlar uchun qisqartirilgan ish vaqti kiritiladi, ammo betob bo`lgan vaqt uchun to`lovlar ijtimoiy fondlardan to`langan uchun to`langan soatlar kiritilmaydi.
Ish vaqti fondlaridan (kalendar, tabel, maksimal imkoniyatli) foydalanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
Bu koeffitsient taaluqli vaqt fondining qancha qismi amalda foydalanilganini ifodalaydi.
Maksimal imkoniyatli vaqt fondi tarkibini o`rganish uchun ushbu vaqt fondi 100% deb olinadi va quyidagilar necha foizni tashkil etishi aniqlanadi:
1) ishlangan vaqt; 2) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo`yicha); 3) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo`qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo`yicha).
Masalan, avvalgi misoldagi ma’lumotlar asosida quyidagilarni aniqlaymiz: amalda ishlangan vaqt, kalendar vaqt fondining 64% ini tashkil etgan (5668/9100 x 100 = 64%); tabel ish vaqti fondining 87,4% (5668/6700 x 100 = 87,4%); maksimal imkoniyatli ish vaqti fondining 94,2% (5668/6220 x 100 = 94,2%) tashkil etgan. Binobarin, bunda ish vaqtini yo`qotish 3,5%ni, uzurli sabablar bilan yo`qotish esa 2,2%ni (1336/6220 x 100 = 2,2%) tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |