Korxona va tashkilotlar moliyasining funksiyalari - 2 xil funksiyasi mavjud: taqsimlash va nazorat.
- Taqsimlash funksiyasining vositasida ta`sischilarning qo`yilmalari hisobiga birlamchi kapitalni shakllantirish, ularni ishlab chiqarishga avanslashtirish, kapitalni takror ishlab chiqarish, daromadlar va moliyaviy resurslarni taqsimlanishida alohida tovar ishlab chiqaruvchilarning, xo`jalik sub`ektlarining va to`laligicha davlatning manfaatlarini optimal hisobga olinishini ta`minlovcchi asosiy mutanosibliklarni yaratish amalga oshadi.
- Taqsimlash munosabatlari jamiyat manfaatlariga to`laligicha bo`lgani kabi, alohida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning, ularning xodimlarini, aksionerlarni, kredit va sug`urta institutlari ham manfaatlariga taalluqlidir. Shuning uchun, birlamchi vazifa – ularni optimal tashkil qilish. Bu vazifani bajarilishiga moliyaning nazorat funksiyasi yordam beradi.
Nazorat funksiyasi - Nazorat funksiyasining ob`ektiv asosi – mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatish xarajatlarini qiymat hisobi, daromadlar va pul fondlarini shakllanish jarayoni. Moliya, taqsimlash munosabatlari sifatida, takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirish manbalari bilan ta`minlaydi va bu bilan takror ishlab chiqarish jarayonining barcha davrlarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, iste`mollarni yaxlit bog`laydi.
- Xo`jalik yurituvchi sub`ekt faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi:
- - bevosita xo`jalik yurituvchi sub`ektning o`zi, moliyaviy ko`rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilish, moliyaviy rejalarni bajarilishining borishini, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushumlarning o`z vaqtida kelishini, tovar-moddiy qiymmatliklarni yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar va mahsulot iste`molchialri, davlar, banklar va boshqa kontragentlar oldidagi majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish yo`li bilan;
Nazorat funksiyasi - aksiyadorlar va aksiyalarning nazorat paketiga ega bo`lganlar, pul mablag`larini samarali joylashtirish, foyda olish va dividendlar to`lanishi ustidan nazorat qilish yo`li bilan;
- soliq organlari, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida va to`la to`lanishini nazorat qiladi;
- O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish xizmati, budjet mablag`laridan foydalanuvchi korxonalr va tashkilotlarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini nazorat qiladi;
- tijorat banklari, ssudalar berish va qaytarishda, auditorlik nazoratlarini o`tkazishda;
- mustaqil auditorlik firmalari, auditorlik nazoratlarini o`tkazishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |