Aktivqism – asosiy va aylanma mablag‘larning holatini ko‘rsatib, moliyaviy xo‘jalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklardan foydalanadi. Mulk to‘plangan moliyaviy hamda davlat tashkilotlari mablag‘i, xususiy shaxslar jamg‘armasi, hissador va ta’sischilarning ulushi, bank krediti, chetellik sarmoyadorlar va hokazo mablag‘lar evaziga sotibolinadi. Ayrim hollarda ta’sischilar asosiy vosita va moddiy boyliklarning o‘zini berishi ham mumkin. Asosiy va aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish faoliyati uzluksiz yuritishga xizmat qiladi. O‘z-o‘zidan bu faoliyat davomida o‘zgaradi, harakatda bo‘ladi va tarkibi yanada yangilanadi.
Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini ko’paytirish imkoniyati;
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash;
v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.
Passiv qism- xo’jalik yurituvchi subyektning qarzdorlik majburiyatlari va korxonaning kapital qismini o’zida aks ettiradi. Passivni shuning uchun 2 qismga ajratish mumkin: Majburiyatlar va Xususiy kapital.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Тarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda o’zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi.
Passivining 1-bo‘limi “O‘z mablag‘lari manbalari”deb nоmlanib, bunda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan fоyda yoki qоplanmagan zarar, maqsadli tushum va fоndlar kelgusi davr sarflari va to‘lоvlari uchun rezervlar, kelgusi davr darоmadlari aks ettiriladi. Passivning «Ustavkapitali» bandida xo‘jalik faоliyatini yuritish uchun ajratilgan mablag‘lari ko‘rsatiladi. Hissadоrlik jamiyatlarida esa har bir qatnashchining qo‘shgan hissasi ustav fоndida ko‘rsatiladi. Dividend sifatida taqsimlanadigan sоf fоyda hajmi ham qo‘shilgan hissaga qarab aniqlanadi. Har bir qatnashchi shaxsiy hissasiga qarab kоrxоnaning xo‘jalik va mоliyaviy faоliyatiga aralashadi. Hamkоrlikdagi, hissadоrlik, qo‘shma va kichik kоrxоnalarning nizоm jamg‘armasi hajmi qatnashchilar qo‘shgan badallar miqdоriga bоg‘liq bo‘ladi.
Balans passivining ikkinchi bo‘limi “Majburiyatlar” deb nоmlanib, undakоrxоnaning uzоq muddatli va jоriy majburiyatlari aks ettiriladi. Uzоq muddatli majburiyatlarga uzоq muddatli bank kreditlari va uzоq muddatli qarzlarva shu kabi uzоq muddatli majburiyatlar kiritiladi. Bank kreditlari ishlab chiqarishni texnik jihоzlash,asоsiy vоsitalar sоtib оlish va ko‘rish, asоsiy pоda tashkil qilish va bоshqa ko‘pgina istiqbоlli lоyihalarni mablag‘bilan ta’minlash maqsadida оlinishi mumkin. Qarzlar bandida esa bоshqa kоrxоnalardan (bankdan tashqari) оlingan qarz summalari ko‘rsatiladi. Bu bandlarni to‘ldirish uchun zarur ma’lumоtlar «Banklarning uzоq muddatli kreditlari» va «Uzоq muddatli qarzlar» schyotlar qоldig‘idan оlinadi.
Manbalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning majburiyatlari bu oldingi amalga oshirilgan operatsiyalarning natijasi yoki kelajakda o’zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi.
Majburiyatlarni uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan to’lashni vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o’zida majassamlashtirishi;
b) subyekt uchun majburiyatning bajarilishi shartligi va qariyb muqarrarligi;
v) oldingi bitim yoki voqealar natijasi bo’lishi.
Balans passivi ma’lumotlari asosida quyidagilarni bilib olish mumkin:
-Mablag’lar qaysi manbalardan kelib tushganligini;
-Mablag’lar kimga tegishli ekanligi ( o’ziniki yoki jalb qilingan);
-Mablag’larning belgilangan maqsadi qanday ekanligi.3
3Abdibayeva T. Xotamov K. «Buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza matni Oz Res DSQ Soliq akademiyasi Toshkent -2015
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag’lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so’zi bilan belgilanadi.Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir.
Buxgalteriya balansining asosiy elementlari – aktivlar, kapital va majburiyatlardir.
Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga ko‘ratasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |