Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan in’eksion dori turlari. Ampulalar va ularni in’eksion eritma bilan to‘ldirishga tayyorlash. - Reja
- In’eksiya uchun ishlatiladigan dorilarga qo‘yiladigan talablar.
- In’eksion dori turlarini tayyorlash uchun yaratiladigan shart-sharoitlar.
- In’eksion dorilarni rivojlanish istiqbollari va hozirgi muammolari.
- In’eksion dori tayyorlash uchun mo‘ljallangan xonalar, ularga qo‘yiladigan texnik talablar.
- Ampula tayyorlash uchun ishlatiladigan shishalar ularga qo‘yilgan texnik talablar.
- Ampula shishasining navlari.
- Naylar (drot) ularni saralash.
- Naylarni yuvish usullari.
- Aylanma tarzda ishlaydigan "Karusel"."Matver","IO-7" avtomatlarini ishlash jarayoni. Ularning unumdorligi.
- Qo‘shaloq ampulalarni kesish va kassetaga joylashtirish.
- Ampularini yuvish usullari.
- Ampulani kimyoviy va termik barqarorligini aniqlash.
- SHishani suvga va ishqorga chidamliligini aniqlash.
- Ampulani toblashdan maqsad.
In’eksiya uchun ishlatiladigan dori turlariga suvli, suvli bo‘lmagan eritmalar, suspenziya va emulsiyalar hamda steril holdagi tolqon va tabletkalar kiradi. Tabletka va tolqonlar ishlatilishidan oldin sterillangan erituvchida eritilib, keyin organizmga yuboriladi.
XI Davlat farmakopeyasiga binoan, in’eksiya uchun ishlatiladigan dorilar toza, apirogen,
barqaror, steril, ayrim hollarda tegishli moddalarda ko‘rsatiganidek, izotonik, izogidrik va izoionik bo‘lishi kerak.
In’eksiya uchun ishlatiladigan dorilarning hajmi 100 ml va undan ko‘p bo‘lsa, infuzion eritmalar deyiladi.
Birinchi marta 1885 yili Peterburgli farmatsevt professor A.V.Pel bir marta ishlatishga mo‘ljallangan steril dori eritmasi soladigan shisha idishlarni - ampulalarni taklif qildi. SHu davrdan boshlab, steril va aseptik sharoitda tayyorlanadigan eritmalarni ishlab chiqish keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yildi. Bu ancha mukammal va qulay usul bo‘lib, aniq dozalarga bo‘lingan steril dorilarni ko‘p miqdorda g‘amlab qo‘yishni imkonini beradi va ular farmatsevtika korxonalarining ampula sexlarida ishlab chiqarila boshlandi.
Hozirgi vaqtda in’eksion dori vositalari tabletkalardan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi, ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarish keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilgan. Bu dori turini ishlab chiqaradigan ampula sexlari xozirgi zamon dastgohlari va asbob-uskunalari bilan jixozlangan,
jarayonlarning asosiy qismi mexanizatsiyalashtirilan.
Farmatsevtika korxonalarida yiliga turli farmakologik va
kiyoviy guruhlarga mansub bo‘lgan
300 dan ortiq moddalardan 5 millird dona ampula ishlab chiqarilmoqda. Bu esa shu dori turiga bo‘lgan alabning faqat bir qisminigina qodira olyapti, xolos. SHuning uchun dorixona sharoitida yiliga 200 000 tonnadan ko‘proq in’eksion eritalar tayyorlanadi. Bu esa dorixona ishining hajmining 50% ni tashil qiladi. Korxona sharoitida tayyorlanadigan in’eksion eritmalaring keskin ko‘paytirilishi dorixona ishini ancha osonlashtiradi. Lekin ularning ishiga to‘siq bo‘lib turgan muammolardan korxonalarni modernizatsiyalash yo‘li bilan ishlab-chiqarish quvvatini oshirish, shishalarning barqarorligini oshirish, ularning va eritmalarning tozaligini ta’minlash, turg‘unligini oshirish, suvda yomon eriydigan moddalar erishini yaxshilash kabi muammolarni hal qilish lozim.
Bu dori turini ishlab chiqarish ko‘p bosqichli va murakkab jarayon bo‘lib, asosiy ilmiy- tekshirish ishlari Xarkovdagi oliygoxda jamlangan. Professor F.A.Konev shu sohaning atoqli yirik
mutaxassisi hisoblanadi. Ayniqsa, uning va shogirdlarining suzish mexanizmi va eritmalarning barqarorligini oshirish, yomon eriydigan moddalardan turg‘un eritmalar tayyorlashga bag‘ishlangan nazariy va amaliy ishlari diqqatga sazovordir.
In’eksion dori turlari quyidagi afzalliklarga binoan tayyor dori vositalari ichida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi:
imkoniyati
- steril xolda ko‘p miqdorda g‘amlab qo‘yish mumkinligi;
- tez va to‘la so‘rilishi;
- bemorlarga behush holda ham yordam berish mumkinligi;
- aniq dozalarga bo‘linganligi;
- ko‘p qon yo‘qotilgan organizmga uning o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuborish borligi;
- dorixona sharoitida kasallarga tez hizmat ko‘rsatish mumkinligi;
- dori ta’sirini uzaytirish imkoniyati borligi.
SHu bilan birga bu dori turi kamchiliklardan ham xolis emas:
- og‘riq bo‘lishi, tibbiyot xodimining kerak bo‘lishi;
- in’eksiya qilish jarayonida organizmga infeksiya tushishi;
- dori moddalarning ma’lum chegarada erishi;
- eritmalarning etarli darajada barqaror emasligi;
- tashish vaqtida texnologik jarayon vaqtida va saqlashda
ampulalarning ko‘p sinishi.
Ampulalar har hil hajm va shakldagi idish bo‘lib, steril dorilarni solishga mo‘ljallangan kengaygan qismi tanadan, dorilarni to‘ldirish va olishga mo‘ljallangan kapillyardan tashkil topgan (rasm).
Bizda chiqariladigan ampulalar o‘lchov TU 1357-55 orqali belgilanadi.
Ko‘p ishlatiladigan ampulalar 1 ml 10 ml gacha bo‘lib, asosiy qismini sig‘imi 1 ml li ampulalar tashkil qiladi. Ampulalar silindrsimon, dumaloq, sigaretsimon, 4 yoki 6 qirrali shakllarda bo‘lishi mumkin.
Ikkita kapillyarli ampulalar reaktivlar va ko‘z tomchilari solishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Buyini (sheyka) ingichkalangan ampulallar maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki ampula tanasidagi suyuqlik kapillyarlarga o‘ta olmaydi, bu esa ampulalarni kavsharlash va ochishda katta ahamiyatga ega. Amaliyotda asosan, tubi tekis ampulalar ishlab chiqariladi. Farmatsevtika
korxonalari shisha zavodlarda ishlab chiqariladigan tayyor qo‘shaloq ampulalardan yoki shu korxonada shisha naylardan tayyorlangan ampulalardan foydalanishlari mumkin.
In’eksion dorilarni tayyorlashni aseptikadan boshlab aseptika bilan tamomlash kerak. Korxona sharoitida in’eksion dori turi tayyorlanadigan sex boshqa sexlardan alohida joyda
joylashgan bo‘lishi kerak. Agar ko‘p qavatli imorat bo‘lsa, bu sex eng yuqorida joylashgan bo‘lishi kerak. Bu dori turini tayyorlashdagi asosiy shartlardan biri bu tozalikdir. Bu dori turini tayyorlanadigan xonalar tozali.
Do'stlaringiz bilan baham: |