qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati - bu korxona ixtiyorida bo'lgan resurslarning majmuasi va uning xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning iqtisodiy salohiyati to'rtta asosiy alomatlar bilan ta'riflanadi.
IQTISODIY SALOHIYAT ALOMATLARI
Korxonaning iqtisodiy salohiyati - uning iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Har qanday korxonaning imkoniyatlari ko'proq unda mavjud bo'lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, sotsial)ga bog'liq
Mavjud resurslardan foydalanishni bilmoq kerak
Korxona salohiyatini amalga oshirishning darajasi va natijalari, tanlangan tadbirkorlikning shakli va korxonaning unga mos keluvchi tashkiliy tuzilmasi bilan belgilanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda korxonalar salohiyati raqobatbar-doshligini baholashda sotsial standartlar ham katta rol o'ynaydilar. Bu ko'rsatkichlar - korxona salohiyati sotsial raqobatbardoshligini yoki korxonaning sotsial sifatini ta'riflovchi me'yorlardir. Xorijiy va qisman mamlakatimiz tajribasini ko'rsatishicha, keyingilar quyidagi o'ziga xos reytinglardan vujudga keladilar. Ya'ni:
Rivojlangan mamlakatlarda korxonalar salohiyati raqobatbar-doshligini baholashda sotsial standartlar ham katta rol o'ynaydilar. Bu ko'rsatkichlar - korxona salohiyati sotsial raqobatbardoshligini yoki korxonaning sotsial sifatini ta'riflovchi me'yorlardir. Xorijiy va qisman mamlakatimiz tajribasini ko'rsatishicha, keyingilar quyidagi o'ziga xos reytinglardan vujudga keladilar. Ya'ni:
iste'molchilar va jamoatchilik tomonidan korxona faoliyatining ahamiyatini baholanishi (korxonaning iste'molchilik reytingi);
korxona faoliyatining raqiblar tomonidan baholanishi (ishga doir reyting);
xodimlar va mulk egalari tomonidan o'z korxonasini o'zlari baholashlari (obro'li reyting);
korxonaning xo rijiy baholanishi (xalqaro reyting)dan.
O'zimizdagi va raqiblardagi reytinglarning yig'ma balli baholarini solishtira turib, korxona salohiyati sotsial raqobatbardoshligining haqiqiy darajasini aks ettiruvchi ko'rsatkichni olamiz. Bunday solishtirish natijasida raqib korxonalar tomonidan qabul qilingan meyorlar bizdagi korxonadagi meyorlardan ustun kelmasa, ushbu paytda korxona o'zini sotsial munosabatlar nuqtai nazaridan g'oyatda obro'li va raqobatbardosh hisoblashi mumkin. Agar solishtirish natijalari buning aksini ko’rsatsa, unda korxona iqtisodiy raqobatbardoshligini yo'qotish xavfiga ega. Chamasi, bunday korxona ishbilarmonlik dunyosida hurmatga ega emas, iste'molchilar uning mahsulotlari va xizmatlaridan voz kechadilar, u ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsaiadi, xodimlar esa ish haqi va mehnat sharoitlardan norozilar.