3.Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash
Korxona salohiyati raqobatbardoshligini o’zgarishi – bu uning tijorat sirining o’zagidir. SHuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Yetakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy bo’ladi. SHunga qaramasdan biznes bo’yicha g’arb adabiyotlarini ko’rib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va ko’proq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobat- bardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga bo’linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular yetarlicha ko’p yoki nisbatan kam bo’lishi mumkin. Bu o’tkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bog’liqdir. Bizning minimum korxona salohiyati- ning iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi. Ushbu indikatorlardan kelib chiqqan holda korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashning u yoki bu metodikasini tanlash mumkin.Ularni aniq misolda namoyish qilamiz.
Misol.
Indikatorlar va ularga mos ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olamiz:
Kdp( Pchp ) va Krp (Ra ) koeffitsentlari o’rtasidagi nisbat,
Dpb+Dpf Rprim
bu yerda PCHP – korxonaning sof foydasi, qolgan ko’rsatkichlar - oldin qabul qilingan belgilanishlarda. Bunda:
KR = Kdp max;
Kpn
korxonaning sof foydasi va korxona ish joylarining qiymati o’rtasidagi nisbat (RMp):
KT = Pchp max
RMP
Korxona ish joyining o’rtacha yillik qiymati asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymati va ish joylarining o’rtacha yillik sifati nisbati sifatida belgilanadi. Korxonadagi ish joylari umumiy sonining miqdori xodimlarning o’rtacha yillik soni va ish joylarining hisoblab chiqilgan koeffitsient(ish joylarining o’rtacha yillik miqdoriga bo’lingan xodimlar soni)ning nisbati kabi belgilanadi.
Korxonaning balansli foydasi (Pbp) va ushbu tovar bozor sig’imining nisbati (ERp):
Pbp
KE = YeRp max
Bozorning foydali sig’imi iste’molchilarni tovarga xarid qiluvchi yig’ma pulli talabi bilan talabning tovarni ishlab chiqarish va sotishga ketadigan xarajatlarini qoplashga ketadigan qismini ajratib olingan holda belgilanadi.
Korxonaning bitta xodimga, shu jumladan korxona mulki egalarining ham, to’g’ri keladigan yalpi daromadi (VDrsp) va umuman xalq xo’jaligi bo’yicha faoliyatning tijorat sohasida vujudga kelgan xuddi shunday daromad (VDrenk)ning nisbati:
Vdsp
KD = VDren max
korxonaning olingan yalpi daromadini o’lchash uchun leriod sifatida qabul qilingan vaqt (tvd) va yalpi daromadni ikki marta ko’paytirish uchun talab qilinadigan vaqt ( t2vd) o’rtasidagi nisbat:
KU = tvd max
t2vd
Bu barcha ko’rsatkichlar raqiblardagi xuddi shunday me’yoriy yoki haqiqiy ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi. SHunday qilib, solishtirish uchun qabul qilingan indikatorlarning har biri bo’yicha korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligining shaxsiy darajasi o’lchanadi:
UKP = KR; UKT + KT; UKE + KE; UKD =KD UKU = KU
KRn/x KTn/x KEn/x KDn/x KUn/x;
bu yerda KRn/x, KTn/x, KEn/x, KDn/x, KUn/x raqiblardagi xuddi shunday me’yoriy va haqiqiy ko’rsatkichlar.
Barcha ko’rsatilgan indikatorlar (yoki ularning boshqa majmuasi) faqat majmuaviy holda quyidagi savolga javob berishga imkon beradi: korxona salohiyati qanchalik raqobatbardosh? Va baribir bunday indekslarning hatto eng mukammal majmuasiga ega bo’lish ham yetarli bo’lmaydi. Yana raqobat kurashining har xil darajalari va ularda berilgan indikatorlarning miqdorlari haqidagi axboratlar olinishi va tartibga solinishi kerak.
Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me’yoriy ko’rsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga ko’ra bir nechta bo’lishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon yetakchisi (etakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar); jahon standarti (ekspert yo’li bilan olingan me’yoriy ko’rsatkichning o’rtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-mo’ljallar safiga kiritilgan- ligini bildiradi ); xalq xo’jaligi yetakchisi; xalq xo’jaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin korxona raqobatbardosh bo’la olmaydi). Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga aniq ko’rsatkichlar ko’rinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan ko’rsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval).
Ushbu matritsani aniq ko’rsatkichlar bilan to’ldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud bo’lishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qo’shish va o’zinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan xorijnikini qo’shimcha o’rganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin yoqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq a’zolari va boshqalarning oddiy ishi bo’lsa ham. Bunday ishsiz obro’li va o’zini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Bunday ishning sifati va hajmi ko’proq firmaning iqtisodiy salohiyatiga bog’liq va yetarlicha oddiy shaklda bo’lishi mumkin.
Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori – ekspert yo’li bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga ko’ra 100 ball bo’ladi. Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar bo’yicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi bo’yicha balli hisoblanishlarini berish mumkin. Bunda yettita ehtimol bo’lgan darajalardan tanlab olingan korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligining umumiy haqiqiy darajasini hisoblash formulasi- ning o’zi quyidagicha ko’rinadi:
UEKpf = KR8b + KT8b + KE8b + KD8b + KU8b
KRub + KTub + KEub + KDub + KUub
U - raqobotbardoshlikni baholash uchun tanlab olingan daraja ( U= 1, 2,...,7).
Raqobatbardoshlik matritsasi unga kiritilgan axboratlar qanchalik aniq bo’lsalar, shunchalik foydali bo’ladi. Uning asosida korxona salohiyati rezervlari va yo’qotishlarining jadvalini tuzish va uning tahlilini o’tkazish maqsadga muvofiqdir ( - jadval).
7 va 8 qatorlarda yo’qotishlar minus belgisi bilan aks ettiriladi (ular – salohiyatdan ajratilishdir). U yoki bu indikatorning yuqoriroq ko’rsatkichi va korxonaning o’zining ko’rsatkichi miqdori o’rtasidagi farq korxona uchun rezervlar bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, u bir vaqtning o’zida ham yo’qotishlarga va ham rezervlarga ega bo’la olmaydi. Yo unisi, yoki bunisi, Yo’qotishlar bor joyda – rezervlar yo’q (raqiblarga sof yutqazish). Rezervlar bor joyda esa yo’qotishlar yo’q (raqiblarga shartli yutqazish). Ammo baholarning butun majmuasi bo’yicha, turgan gapki, ham yo’qotishlar va ham rezervlvr bor. Xususan,... ( va h.k. har qanday turdagi rezervlar uchun). Agar... (va h.k. har qanday darajadagi barcha yo’qotishlar uchun). Jadval aniq sonlar bilan to’ldirilgan holda quyidagilarga ega bo’lamiz. Agar yo’qotishlar ustunida nolь bo’lmasa, unda indikator ustunidagi barcha rezeralar nolga teng va aksincha.
Etarlicha ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lgan holda, korxona o’z salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha ustivor tadbirlarni tanlab olishda bozorning eng muhim va barqaror talablari (“ko’rinmas qo’lini”) tanlab olish va nafaqat texnologik siyosat yo’nalishini savodli tasniflash, balki ulardan eng ishonchli va birinchi navbatdagilarini tanlashga qodirdir. Tabiiyki, har qanday baholarda ham tavakkalchilik elementi saqlanib qoladi. Ammo usiz na raqobat va na bozorning o’zi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |