Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga aniq koʻrsatkichlar koʻrinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan koʻrsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval). Ushbu matritsani aniq koʻrsatkichlar bilan toʻldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud boʻlishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qoʻshish va oʻzinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan xorijnikini qoʻshimcha oʻrganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin yoqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq a’zolari va boshqalarning oddiy ishi boʻlsa ham. Bunday ishsiz obroʻli va oʻzini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori – ekspert yoʻli bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga koʻra 100 ball boʻladi. Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar boʻyicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi boʻyicha balli hisoblanishlarini berish mumkin. Korxona salohiyati raqobatbardoshligi va bozor foydaliligini baholashning biz tomonimizdan taklif qilingan metodikasi yagona va universal emas. Bunday metodikalarning eng turli tuman variantlari boʻlishi mumkin. U aniq detallarni, korxona iqtisodiyotining nozik tomonlarini hisobga olishi, ammo shuning bilan bir vaqtda oʻz ichiga umumiy qabul qilingan indikatorlarni, salohiyatning koʻrsatkichlarini va bozor jarayonlarini olishi kerak. Korxona salohiyati raqobatbardoshligi va bozor foydaliligini baholashning biz tomonimizdan taklif qilingan metodikasi yagona va universal emas. Bunday metodikalarning eng turli tuman variantlari boʻlishi mumkin. U aniq detallarni, korxona iqtisodiyotining nozik tomonlarini hisobga olishi, ammo shuning bilan bir vaqtda oʻz ichiga umumiy qabul qilingan indikatorlarni, salohiyatning koʻrsatkichlarini va bozor jarayonlarini olishi kerak. - Korxona qudratini belgilovchi omillar:
- Korxona qudratini belgilovchi omillar:
- Mahsulot sifati;
- Korxona imidji;
- Raqobatbardoshlik;
- Hamkorlar bilan aloqadagi mavqening yuqoriligi;
- Innovatsion texnologiya va texnika bilan ta’minlanganlik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |