Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy toʻlovlar toʻlanganidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qoʻshilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, toʻlovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yoʻqotishlar va h.k.) koʻrinishida undirib olinadigan daromadlarga boʻlinadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablagʻlar, avans qilib berilgan yoki qoʻllanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sigʻimining oʻzlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yoʻli bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator koʻrsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh boʻladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari gʻoyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda. Bunday baho bir qator koʻrsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh boʻladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari gʻoyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda. Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini oʻzgarishi – bu uning tijorat sirining oʻzagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Etakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy boʻladi. Shunga qaramasdan biznes boʻyicha gʻarb adabiyotlarini koʻrib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va koʻproq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |