bo’lib, foyda (daromad) olish va uni ko’paytirishga qaratilgan bo’ladi. Korxonalar
hayotida u, boqibeg’amlikka berilish, turg’unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni
anglatadi. Korxona rahbari yoki mutaxas-sis tadbirkorlik va tashabbuskorlik
soatlarni o’tkazib o’tiruvchi shaxs hisob-lanadi. Aksincha, tadbirkorlik va
tashabbuskorlik “ruhiga” ega bo’lgan mutaxassis yoki mansabdor shaxslar ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va rivojlantirish, mehnat sifatini ko’tarish va
shaxsni tadbirkor yoki biznesmen deb ataydilar. Bundan tashqari bir guruh
shaxslardan tashkil topuvchi jamoa tadbirkorligi ham mavjud. Bu holatni jamoa
biznesi yoki jamoa tadbirkorligi deb atash mumkin.
Agar yakka shaxs individual tarzda yoki kichik bir jamoa vositachilik, oldi-
sotdi, maslahat va boshqa xizmatlar bilan shug’ullansa, u holda biznes-reja talab
qilinmaydi. Boshqa hollarda biznes-reja yangi korxona tashkil qilish yoki biron-
bir tijorat loyihasini amalga oshirish uchun mo’ljallanayotgan asoslangan xatti-
harakatlarni o’z ichiga oluvchi hujjat hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi,
korxonaga o’z imkoniyatlarini baholash, bozordagi istiqbolni, zaruriy xarajatlarni
aniqlash, korxona faoliyati-ning birinchi yillarida “suv ostidagi toshlar”ni aniqlash
hamda mazkur faoliyat turining foydali yoki zararli ekanligini baholash
ko’rsatkichlari yordamida hisoblashga yordam berishda deb belgilanadi.
Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan boshlash kerak?»;
«Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki
daromad qachon olinadi? », «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob
qilish mumkin?», «Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni qanday
kamaytirish mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan
foydalanish mumkin?» kabi savollarga javob olinadi.
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
- biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun
tushunarli va oson bo’lishi lozim;
- biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o’ziga kerakli
ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo’limlarga (BOBlarga) bo’linishi lozim;
- biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi
shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari
qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa,
biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg’onishi mumkin;
- biznes-rejaning obyektiv baholanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va
noto’g’ri hisob-kitoblar bo’lmasligi lozim;
- biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda
biznes to’g’risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo’ladi.
Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo’lim va ko’rsatkich-lardan
iborat bo’ladi. O’ntagacha bo’limni o’z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va
tuzilishiga ko’ra, eng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi
bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:
1. Tanlangan biznes konsepsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari
tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Marketing harakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyihaning samaradorligi.
Tanlangan biznes yo’nalishining konsepsiyasini tuzishda uning raqo-
batbardoshligi (sifat, narx, iste’molchiga yetkazib berish shakli, tayyorlash
texnologiyasi va hokazo); mablag’larga bo’lgan ehtiyojlar; o’ziga jalb qilish-ning
asoslanganligi (taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlar-dan
afzalliklari, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi bosqichda ekanligi va hokazo) ga
katta e’tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: