Korruptsiyaга qarshi kurash mexanizmlari.
Reja:
1.Dunyo O’zbekistonda korrapsiya korrupsiyaga qarshi kurashda tizimli yondashuvning zarurati. Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha xalqaro qonunlar va qarorlarning O’zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati va mexanizmlari.
2.Korrupsiyaga qarshi fanlararo yondashuvning zarurati.
3.Korrupsiyaga qarshi kurashning tarixiy ahamiyati.
Har bir mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va boshqa shu kabi barcha jabhalari rivojlanishi uchun avvalambor korrupsiya holatlarining oldini olish, bu borada aytarli islohotlar amalga oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi tizim yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Аna shu faktorlarni inobatga olgan holda “Mikrokreditbank” ATB faoliyatida ham bu boʼyicha salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Mikrokreditbank” Boshqaruvining 2020-yil 21-avgustdagi 65-2-sonli qarori bilan bank Yuridik deprtamenti tashkiliy tuzilmasida Komplaens-nazorat xizmati tashkil etildi.
Mazkur Xizmat Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʼzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-6013-sonli farmoniga asosan Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini muvofiqlashtirish, Bank faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga moslashtirish, bu sohadagi Bank ichki meʼyoriy hujjatlar bazasini yaratish va doimiy takomillashtirib borish, Bank tizimida korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratishga qaratilgan.
Shuningdek, “Mikrokreditbank” xodimlarining korrupsiya haqidagi tushunchasini shakllantirish va bilimini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonunchilik va xalqaro hujjatlar, komplaens-nazorat tizimi, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashishda komplaens-nazoratni amalga oshirish tushunchasi va tartibi, bu borada Bank tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar va amalga oshirilayotgan ishlar haqida xodimlarga maʼlumot berish maqsadida muntazam ravishda oʼquv tadbirlari tashkil qilib kelinmoqda.
Joriy yilning 20-sentyabr kuni Bank Boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari T.T. Аtamurodov, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi vakili hamda “Mikrokreditbank” tarkibiy boʼlinma rahbarlari, mintaqaviy hamda shahar (tuman) filiallari rahbarlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʼzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-6013-sonli farmoni, “Mikrokreditbank” АTB tizimida “Qonun ustuvor-jazo muqarrar” tamoyili asosida korrupsiyaga chek qoʼyish, komplaens-nazorat kabi taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish masalalariga bagʼishlangan onlayn-yigʼilish oʼtkazildi.
Joriy yilning 1, 18-dekabr kunlari esa Komplaens-nazorat xizmati va Oʼquv markazi tomonidan Bank filiallarining yuridik xizmat va kredit boʼlimi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bank siyosati yoʼnalishlari, korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat mexanizmlari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va Bank oldida turgan vazifalar masalalari boʼyicha ZOOM ilovasi orqali onlayn oʼquv-seminarlari oʼtkazildi.
Bu boradagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida “Mikrokreditbank” АTBda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʼyicha 2020-2021-yillarga moʼljallangan “Yoʼl xaritasi” qabul qilinib, hozirgi kunda Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratish, Bank xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qator bank ichki meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Korrupsiya – jamiyat kushandasi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda, “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.
Bugun fuqarolarimiz tomonidan agentlik faoliyatiga doir turli fikrlar bildirilmoqda, savollar tugʻilmoqda. Keng jamoatchilik oʻrtasida yuzaga kelayotgan turfa qarashlarga oydinlik kiritish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal BURXONOV bilan suhbatlashdik.
Yaqinda agentlik boshqaruv apparatiga 10 nafar xodim tanlov asosida ishga qabul qilinganidan xabarimiz bor. Ular orasida xotin-qizlar yoʻqligi muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Tanlovning qanday oʻtkazilgani, umuman, tashkilotga xodimlarni saralash bilan bogʻliq jarayon haqida gapirib bersangiz?
Prezidentimizning agentlikni tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonida tashkilot boshqaruv xodimlarini xalqaro mezonlar asosida tanlov yoʻli bilan ishga qabul qilish belgilangan. Bu jarayonda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tajribalarini oʻrgandik, ular bilan muzokaralar oʻtkazdik, tavsiyalarini inobatga oldik. Dastlab tanlov komissiyasini tashkil qildik. Komissiya aʼzoligiga Prezident Administratsiyasi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning qatʼiy tavsiyasiga koʻra jamoat tashkilotlari vakillarini, psixologlarni jalb qildik.
Komissiya aʼzolari yordamida tanlovning xalqaro standartlarga asoslangan nizomini ishlab chiqdik. Tanlovning birinchi bosqichida 13 186 talabgordan onlayn shaklda arizalar kelib tushdi. Ular orasidan 146 nomzod saralab olindi va test sinovlari bosqichiga oʻtdi. Test savollari orqali qonunchilikni bilish, xalqaro hayotdan, korrupsiya bilan bogʻliq tendensiyalardan xabardorlik darajasi, tarix, falsafa kabi fanlarni oʻzlashtirgani va psixologik qobiliyati sinaldi. Test jarayoni toʻgʻridan-toʻgʻri “Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻi orqali translyatsiya qilindi, OAV va jamoat tashkilotlari vakillarini ham kuzatuvchi sifatida taklif qildik.
Test natijalariga koʻra, 23 nomzod toʻrtinchi bosqichga yoʻl oldi. Bu bosqichda talabgorning kasbiga layoqatliligi, tayyorligini koʻrsatuvchi psixofiziologik test boʻldi. Jarayondan barcha oʻtdi. Beshinchi bosqichda tanlov komissiyasi aʼzolari talabgorlar bilan birma-bir suhbatlashdi. Suhbatda ularning malakasi, oʻzlari tanlagan lavozimga mos yoki aksincha ekani, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha salohiyati baholandi. Pirovardida 10 nafar nomzod agentlikka ishga qabul qilish uchun tavsiya etildi.
Nima uchun tarkibda xotin-qizlar yoʻq, degan savolingizga javoban aytishim mumkinki, avvalo, bu men uchun ham kutilmagan natija boʻldi. Agentligimiz boshqaruv apparati xodimlari soni 50 kishidan iborat. Biz tanlovni 30 lavozim uchun eʼlon qilgandik. Talabgorlarning 10 foizga yaqini xotin-qizlar edi. 1200 dan ziyod xotin-qizdan uchinchi bosqichga 15 nafari, toʻrtinchi bosqichga esa 2 ayol oʻtdi. Ular ham suhbat chogʻida maʼqul koʻrilmadi. Albatta, bu bizning xohishimiz emas edi. Hammaga bir xil imkoniyat berildi...
Shu oʻrinda tanlovdan oʻtib, yaqinda ish boshlagan mutaxassislarimiz tarjimayi holiga eʼtibor qaratsak, ular turli sohada faoliyat yuritganiga guvoh boʻlamiz. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, moliya-iqtisod sohasida, jamoat tashkilotlarida ishlaganlar, tadbirkorlik bilan shugʻullanganlar ham bor. Bir soʻz bilan aytganda, oʻz sohasini mukammal bilgan, yetarli bilim va tajribaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmini tushunadigan kadrlar tanlab olindi.
Endi 20 ta boʻsh ish oʻrnimizni tezroq toʻldirishimiz kerak. Buning uchun, avvalo, uchinchi bosqichga oʻtgan, nisbatan yaxshi natija koʻrsatgan talabgorlarning ayrimlarini suhbatga taklif qilyapmiz. Ular orasida ayollar ham bor, albatta. Shu bois, agentlikka ayollar ishga olinmadi, degan xulosaga kelishga hali erta. Qolaversa, vazirlik va idoralardan ham tanlovimiz talablariga javob beradigan ayollar nomzodini tavsiya qilishni soʻrayapmiz.
Lekin talab va qoidalar oʻzgarmay qoladi, aslo yumshatilmaydi. Bunga haqqimiz yoʻq. Komissiya aʼzolari talabgorlar qobiliyatini qatʼiy iroda bilan koʻrib chiqadi. Agar biz talablarimizni xotin-qizlar uchun istisno qiladigan boʻlsak, boshidan yoʻnalishimizni notoʻgʻri tanlagan boʻlamiz.
Bugun barcha boshqarmalarimizda vakillar ishlayapti. Bundan tashqari, bizda texnik va yordamchi personallar bor. Hozirgacha 20 ga yaqin xodimni ishga qabul qildik. Yaʼni biz toʻlaqonli ish boshladik.
Bu juda yaxshi, albatta. Yana bir mulohazali savol tugʻiladi – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻz zimmasidagi vazifa va yoʻnalishlarni bajarishi uchun qay darajada huquqiy asosga ega. Taʼsir mexanizmi bormi? Yoki shunchaki monitoring yurituvchi, mamlakatda korrupsiya holatlarini tahlil qiluvchi, shu asosda tegishli tashkilotlarga maʼlumot yetkazuvchi tashkilot boʻlib qoladimi? Umuman, yangi tuzilma korrupsiyaga qarshi qanday kurashadi, demoqchimiz.
Toʻgʻri aytdingiz. Agentlik tashkil etilganiga yaqinda 3 oy boʻldi va xalqimiz bizdan koʻp narsa kutyapti. Shaxsan oʻzimga ham murojaatlar boʻlyapti, ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat bildirishimizni, qaysidir jinoiy xatti-harakatlarga baho berib, ularga tegishli choralar koʻrishimizni soʻrashyapti. Hatto agentlikdan hali natija koʻrmadik, degan fikrlar ham yoʻq emas.
Men bugun “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi orqali aytmoqchimanki, normal demokratik-huquqiy mamlakatda bitta siyosiy davlat tuzilmasining tashkil etilishiga bir necha oy, baʼzan yillar kerak boʻladi. Bizda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil qilish gʻoyasi shu yil boshida Prezidentimiz Murojaatnomasida aytilgan edi. Koʻp tayyorgarlik koʻrildi. Buning uchun farmon tayyorlash, tashkilot faoliyat mexanizmini ishlab chiqish, bunda boshqa bir huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyatini takrorlab qolmaslik yoki oʻxshash vakolatlar boʻlmasligi kabi tamoyil va mezonlar hisobga olindi. Nihoyat, oradan 6 oy oʻtib Prezident farmoni eʼlon qilindi. Agentlikning tashkil etilishi katta ishning debochasi, xolos. Endi agentlik toʻlaqonli choralar koʻrishi, u yoki bu vazifalarni bajarishi, turli masalalarga munosabat bildirishi, reaksiya qilishi uchun mustahkam huquqiy asos kerak. Bu farmonda ham koʻrsatib oʻtilgan.
Shuning uchun ham biz hozir agentlik faoliyatini bevosita tartibga soluvchi qonun loyihasi ustida ishlayapmiz. Bu qonunda fuqarolarimiz tomonidan koʻtarilayotgan, turli gap-soʻzlarga mavzu boʻlayotgan muhokamalarga chek qoʻyamiz. Muhimi, har bir murojaat, har bir korrupsion holat chetda qolmasligi, davlat idoralari, birinchi oʻrinda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oxirigacha yetkazilishi, jinoyat uchun jazo muqarrarligini taʼminlovchi mexanizmga asos boʻladigan qonun maromiga yetkazilyapti. Jumladan, qonun loyihasiga koʻra, bizda davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining qarorlarini, agar agentlikda shu qarorga doir korrupsion holatlar boʻyicha shubha boʻladigan boʻlsa, toʻxtatib turish, vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritish vakolati boʻladi. Korrupsion jinoyatlarni fosh etish jarayonlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birga agentligimiz vakillari ishtirok etishini ham taʼminlaymiz.
Hozirda bu qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan.
Taʼkidlash joizki, bu qonun faqatgina agentlik faoliyatini tartibga soladi. Agentlik faoliyatining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi, umuman, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizim, yangi mexanizm yaratish uchun esa yana bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ham tamomila qayta koʻrib chiqish kerak. Shu kunlarda amaldagi qonun hujjatlariga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ham ishlar boshlab yuborilgan.
Agentlik faoliyati doirasida mamlakat hayotining turli jabhalarida yangi yoʻnalishlar ochilyapti. Demoqchimizki, oldimizda davlat xaridlarini, davlat xizmatchilari faoliyatini nazorat qilish vazifasi turibdi. Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashni biz yaqin yillargacha rivojlangan davlatlarda kuzatardik. Prezidentimiz topshirigʻiga koʻra, bu amaliyotni Oʻzbekistonda ham tez orada yoʻlga qoʻyamiz. Har bir vazirlik, idora faoliyat mezonlari asosida odob-axloq kodeksini ishlab chiqish masalasini koʻtaramiz. Bular boʻyicha alohida qonunlar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, korrupsion jinoyatlar boʻyicha tergov, surishtiruv harakatlarini olib borish, umuman, jinoyat-protsessual qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish zarurati tugʻilmoqda. Chunki yangi tuzilma tashkil etildi. Uning samarali ish yuritishi, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizim yaratish uchun bizda mustahkam huquqiy poydevor boʻlmogʻi kerak.
Hozirdan aytish mumkinki, yangi qonun qabul qilinishi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tegishli majburlov choralarini koʻrishga, tegishli protsessual vakolatlarga ega, eng asosiysi, korrupsion jinoyatlarga jazo muqarrarligini taʼminlovchi idoraga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |