O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI O`RTA MAXSUS,KASB-HUNAR TA`LIMI MARKAZI , TOSHKENT VILOYATI O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MAXSUS KURSI ( 8 SOAT) -
O`QUV DASTURI (Akademik litsey va kasb -hunar kollejlari bitiruvchi kurs o`quvchilari uchun) KIRISH - Davlat va jamiyatning barqarorligi va taraqqiyotiga tahdid soladigan omillardan biri korrupsiyadir.O`quvchi yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo`yish arafasida korrupsiya va uning salbiy oqibatlari to`g`risida muayyan tushunchaga ega bo`lishlari ,kelgusida ular tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini shakllantirishda o`ziga xos ahamiyat kasb etadi.Maxsus kursni o`qitish orqali o`rta-maxsus,kasb-hunar ta`limi muasasalarinig
- o`quvchilarida bu illatga qarshi kurashish to`g`risida huquqiy va ijtimoiy tushunchalarni shaklantirish nazarda tutilgan.
O`quv dasturining maqsad va vazifalari - Maxsus kursning maqsadi- o`quvchilar ongida ushbu salbiy illatni kelib chiqish sabablari va unga qarshi kurashishning ijtimoiy va huquqiy asoslari haqida tushuncha hosil qilishdan iborat
- Maxsus kursning vazifasi- korrupsiyaning ijtimoiy va huquqiy tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari va bu boradagi qonunchilik va javobgarlik masalalari haqida umumiy tushunchalarni o`rgatish,o`quvchilar ongida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va ijtimoiy jihatlari to`grisida tushuncha hosil qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida bilim, ko`nikma, malakani shakllantirishdir.
O`quvchilarning bilimi ,ko`nikma va malakasiga qo`yilgan talablar - Korrupsiya tushunchasi ,oqibatlari va unga qarshi kurashishning ijtimoiy ,huquqiy asoslari va javobgarlik to` g`risidagi tushunchalar bo`yicha bilimga ega bo`lish;
- Korrupsiyani anglash, uni salbiy illat sifatida qabul qilish ,unga qarshi huquqiy normalar asosida kurashishni his qila olish ko`nikmalariga ega bo`lishi;
- Korrupsiyaning mohiyati va uning salbiy jihatlari haqida tushuncha bera olish va umumiy bilim orqali korrupsiyaviy qilmish va uning oqibatlarini anglash malakasiga ega bo`lishi lozim
MAXSUS KURSNING O`QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN O`ZARO BOG`LIQLIGI, USLUBIY JIHATDAN UZVIYLIGI VA KETMA-KETLIGI - O`zbekiston Konstitutsiyasi va Huquqshunoslik fanlari maxsus kurs bilan huquqiy jihatdan bog`liqligini bildirsa ,Tarix, Ma`naviyat asoaslari,Oila psixologiyasi ,Shaxs va jamiyat, Dinshunoslik va Estetika fanlari esa maxsus kurs bilan ijtimoiy va uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma- ketligini namoyon qiladi.
ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR - Zamonaviy axborot texnologiyalari :maxsus kurs o`quvchilarga slaydlar ,multimedia vositalaridan foydalangan holda o`qitiladi .
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar :maxsus kursni o`qitish jarayonida “aqliy hujum “,”Keys –stadi”, ”amaliy o`yin”,”mumoli vaziyat”, ”nima uchun “ va boshqalar qo`llaniladi
NAZARIY, SEMINAR MASHG`ULOTLARI VA MUSTAQIL ISHLARI TASHKIL ETISH BO`YICHA KO`RSATMALAR - Nazariy mashg`ulotni tashkil etish:o`qituvchi huquqiy adabiyotlar,tegishli huquqiy normativ hujjatlar, OAVmateriallaridan foydalangan holda, mavzu yuzasidan tushunchalarni reja asosida taqsimlab bilim beradi.
- Seminar mashg`ulotini tashkil etish:savol-javob; asosiy tushunchalarni ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan mustahkamlash; mustaqil topshiriqlar berish; tadbirlar tashkil etish.
- Mustaqil ishlarni tashkil etish:o`qitivchi o`tilgan mashg`ulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro`yhatini shakllantiradi
№
|
MAXSUS KURS MAVZULARINING
MAVZULARI NOMI
|
HAMMASI
|
JAMI
|
NAZARIY
|
SEMINAR
|
MUSTAQIL
ISH
|
1
|
Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy xa vfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy -huquqiy asoslari
|
2
|
2
|
2
| | |
2
|
O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar
va ularning vazifalari
|
1
|
1
|
1
| | |
3
|
O`zbekiston Respublikasining korrupsiyaga
qarshi kurashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlari
|
2
|
1
|
1
| |
1
|
4
|
Korrupsiyaviy xuquqbuzarlik va jinoyatlar uchun javobgarlik
|
3
|
2
| |
2
|
1
|
5
|
Jami
|
8
|
6
|
4
|
2
|
2
| 1-mavzu:Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy xa vfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy -huquqiy asoslari - Korrupsiya tushunchasi mohiyatini yoritish ;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida yoritilgan, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini mazmun mohiyatini ochib berish
- Korrupsiyaning kelib chiqishi va ijtimoiy xavfliligi haqida bilimlarni berish
- Korrupsiyaga qarshi kurashishning asoslari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`quvchilarga yetkazish
2-mavzu:O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar va ularning vazifalari - Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan ,davlatni mazkur sohadagi siyosatini olib boradigan maxsus davlat organlari to`g`risida .
- Mamlakatimizda barcha sohalarida ushbu illatga qarshi kurashni takomillashtirishda, mansabdor shaxslarning suiste`moliklariga barham berishda prokuratura organlarining o`rni va ahamyati
- Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish bo`yicha faoliyati yo`nalishlari
3-mavzu:O`zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlari - Davlat boshqaruv sohasida korrupsiyani oldini olishga
va unga qarshi kurashga qaratilgan normativ- huquqiy hujjatlar - Davlatning moliya -fiskal siyosatini amalga oshirishda, korrupsiya va turli suiste`molliklarni oldini olishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar
- Davlatning iqtisodiyotini erkinlashtirishga qaratilgan
siyosatini amalga oshirishda , korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar - Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda,korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar
4-mavzu: Korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun javobgarlik Seminar mashg`uloti: - Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik tushunchasi
- Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni vujudga kelish asoslari va oqibatlari
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |