Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli. Reja



Download 91,2 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi91,2 Kb.
#924282
Bog'liq
Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli .


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

Guruh : Mirb-15

Bajardi : Ergashev Ibroxim
Tekshirdi : Bayaliev.J

Toshkent 2022



Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli .
Reja :

  1. Korrupsiya .

  2. Korrupsiyaga qarshi kurash .

  3. Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli .

  4. Xulosa .

  5. Foydalanilgan adabiyotlar .

Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan sharoitda davlat xizmatchilari tomonidan mansab mavqeini suiste’mol qilish,poraxoʻrlik, mulkni talon taroj qilish hollari davlar hokimiyatining obroʻsizlanishiga olib keldi, boshqaruv tizimining buzilishiga yoki zararsizlanishiga sabab boʻladi, davlatning siyosiy, iqtisodiy,huquqiy tizizmiga putur yetkazadi, davlat hokimiyati shaxsiy manfaatlarga boʻysundirilgani bois, xalqning noroziligiga sabab boʻladi. ,,Xalqimiz bizdan rozi boʻlsin “degan siyosat asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev xalqimiz azaldan qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qoʻyadigan adolat tuyg’usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda .


Bu borada “bugungi kundagi yana bir ustuvor vazifamiz – mamlakatimiz rivojiga toʻsiq boʻlayotgan yovuz illat,ya’ni korrupsiya va uyushgan jinoyatchikikka qarshi kurash ish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali hal etishdan iborat1”ekanligini alohida ta’kidlab oʻtganlar.
Davlat va jamiyat qurilishi tizizmini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan 2017-2021yillarga moʻjallangan “Harakatlar strategiyasi”2 ning 2-ustuvor yoʻnalishi bevosita Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud- huquq tizimini isloh qilishga qaratilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qonunchilik asoslarini takomillashtirishda davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan”Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻg’risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu qonunning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik,fuqarolarning huquqlari, erkinliklari,va qonuniy manfaatlari ustuvorligi ,ochiqlik ,shaffoflik va tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining oʻzaro hamkorligi ;korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi boʻyicha choralar ustuvorligi keltirib oʻtilgan.
Shu bilan birga qonunning 7-moddasida oʻtilgan“ keltirib boʻlib, ular quyidagilardan iborat:
-Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Ushbu huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolati doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish,ularni aniqlash, ularga qarshi kurashish va poraxoʻrlik jinoyatlarining tizimli tahlili va holatini amalga oshiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi har bir davlat organi har yili davlat dasturini ishlab chiqadi va ushbu datur asosida faoliyat olib boradi. Shuningdek, ushbu davlat dasturida korrupsiya holati davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holati,rivojlanishi va tahlili oʻz aksini topgan boʻladi.
Davlat dasturi Idoralararo komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi.Komissiya Prezident tomomidan tuziladi va unga rahbar tayinlanadi.
Mamlakatimizda korrupsiya darajasini amalda pasaytirishga erishish va keng yoyilishini oldini olish maqsadida nafaqat bitta antikorrupsiyaviy chorani qoʻllash , balki Korrupsiyaga qarshi kurashishni ta’minlashga xizmat qiluvchi barcha tizimni qoʻllash maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan davlatlarda korrupsiya darajasini baholashda 2ta katta guruhga alohida e’tibor berishimiz lozim:
1.Muammoni muvaffaqqiyat bilan hal etayotgan;
2. Muammoning bartaraf etilishi qiyin boʻlgan davlatlar.
Ushbu davlatlarni hisobga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan va korrupsiyadan holi davlatlar 20 taligiga quyidagilarni koʻrsatish mumkin:Finlandiya, Kanada, Islandiya, Singapur va boshqalar. Ushbu davlatlar milliy qonunchiligini bevosita tahlil qiladigan boʻlsak, qonun ustuvorligi, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining roʻlini bevosita guvohi boʻlamiz.
1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslarning xulq- atvor kodeksida: “Korrupsiya tushunchasi milliy huquq tizimida belgilanishi lozim” degan qoida kiritilgan.
Shu oʻrinda Qadimgi yunon faylasufi Aristotelning “har qanday davlat tizimida qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslarning noqonuniy yoʻl bilan boyisgiga yoʻl qoʻymaslik lozim”. Faylasuf bu oʻrinda qonun ustuvorligi prinsipini,insonning shaxsiy boyliklarini halollik yoʻli bilan topishi uchun mansabdor shaxslar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari halollik vaksinasi bilan emlanishi kerakligini aytib oʻtgan.
Fransuz mutaffakkiri Sharl Lui Monteyske esa “…har qanday hokimiyat vakolatiga ega boʻlgan shaxs, uni suiste’mol qilishga moyil boʻladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yoʻnalishda yuradi” deb ta’kidlagan.
Korrupsiyaning kelib chiqish tarixi va rivojlanishi masalasini oʻrgangan Nikollo Makiavelli uni yoʻtalga qiyoslab shunday deydi: “Korrupsiyani ham yoʻtalga oʻshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni oʻtkazib yuborsangiz, uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”.
Ushbu o‘rinda shuni ta’kidlash va e’tiborga olish lozimki, korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiruvchi har bir davlat organi xodimi chuqur bilim va malakaga ega mustahkam tajribali va halol inson boʻlishi davlat mafaatini 1- oʻringa qoʻymog’i lozim.
Germaniya, AQSh, Fransiya va boshqa shu kabi davlatlar qonunchiligiga e’tibor qaratadigan boʻlsak,deklaratsiya tizimi, moliyaviy kirimlar va chiqimlar roʻyxatini shakllantirish tizimi ishlab chiqilgan.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida esa manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida “Axloq kodeksi”(Kanada, 1985 yil) ishlab chiqilgan.
Singapur tajribasiga koʻra, korrupsiyalashganlik prezumpsiyasi asosida Avtonom Byuroning tergovchisi tomonidan tergov qilinishi qonun ustuvorligidan dalolat beradi.
Ushbu davlatlar tajribasi asosida Oʻzbekistonda ham bir qator davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasini belgilamoqda va kurashmoqda.
Yuqoridagi davlatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, ulardagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bir biridan istisno tariqasida oʻz faoliyatini amalga oshiradi va bu davlatlarda jamoatchilik nazoratining oʻrni ham katta. Korrupsiyaning oldini olishda fuqarolarning huquqqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish muhimdir.
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda, eng birinchi navbatda, yosh avlodning bilim darajasi, mansabdor shaxslarning xalq bilan birgaligi va ularning xalq bilan birga ishlashi muhim ahamiyatga ega. Sababi jaholatga qarshi ma’rifat kuchli boʻlsa, hech kim jinoyatga qoʻl ura olmaydi, korrupsiya ham, huquqbuzarlik tushunchalari ham bizni tark etadi.
Har bir yosh avlod, Oʻzbekistonning har bir fuqarosi “Halollik vaksinasi” bilan emlanishi lozim. Shu maqsadda ta’lim va tarbiya jarayonida maktablar va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash nomli dasturlar asosida darslar tashkillashtirilishi lozim.
Shu bilan birga halollik, ezgulik va yaxshilikka oid va hikmatli soʻzlarga boy kitoblarni oʻqitish tizimini ishlab chiqish, konstitutsiya va shu kabi qonunlarni oʻrganish boʻyicha yoshlar oʻrtasida musobqalar tashkillashtirilishi lozim.
Korrupsiya qarshi kursh to’g’risidagi xalqaro huquqiy normalarni samarali bajarishning muhim omili xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, ichki davlat mexanizmlarini tashkil qilish hisoblanadi. Ko’pgina davlatlar xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish normalarini o’z milliy huquqiy tizimlarida aks ettirganlar.
O’zbekiston ham mustaqillikka erishgan kunlaridan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qarab, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsionerlardan tozalash bo’yicha izchil va muntazam ishlar olib bormoqda. Xalqaro va milliy qonunchilik hujjatlari asosida, mansabdor shaxslarga korrupsiyaviy harakatlarni sodir etishi uchun imkoniyat yaratayotgan omillarni bartaraf qilishhar bir davlat organining muhim vazifasiga aylanmoqda.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻg’risida3”gi qonunning 26-moddasiga ko’ra” davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko’ndirish maqsadida biron-bir shaxs o’zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to’g’risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o’xshash huquqbuzarliklarning o’zlariga ma’lum bo’lib qolgan har qanday faktlari haqida o’z rahbarini, yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmaganlik javobgarlikka sabab bo’ladi” degan g’oya ilgari surilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish yo’lida jamoatchilik nazoratining va fuqarlarni o’zini o’zi boshqarish organlarining ahamiyati ham kattadir.
Prezidentimiz Sh.M Mirziyoyevning 2019 yil 27 maydagi “PF-5729-son” Farmoniga asosan Idoralararo komissiya tarkibida maxsus komissiya tuzilgan bo’lib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
korrupsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratining amaliy charalarini va qo’llanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil etish;
korrupsiyaga va boshqa jinoyatlarga qarshi tizimli kurashayotgan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari ,ichki idoraviy nazoratni amalga oshirish ;
korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umume’tirof etilgan standartlar va chet el tajribasini o’rganish;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ushbu Farmonning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda, shu jumladan chet el ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamdagi axborot-targ‘ibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini doimiy asosda amalga oshirib, ularda taniqli olimlar, davlat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillarining chiqishlarini nazarda tutsin hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion ko‘rsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini ta’minlash belgilab qo’yilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, jamiyatda ta’sirchan nazorat o’rnatish tizimini korrupsiya degan baloga qarshi samarali kurashni jamoatchilik nazorati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga qarshi kurashish kerakligi g’oyasini xalqimiz ongiga singdirishimiz zarur. Buning uchun hozirdanoq har bir xodim har bir fuqaro o’z ishiga mas’uliyat hissini tuygan holda xalq manfaatini o’ylab ish ko’rishi kerak.
Qadimgi yunon faylasufi Аristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”. Hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko’tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq bo’lishi, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma'lum. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Eng avvalo, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxo’rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 y.) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 yil 31 oktyabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo’lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to’liq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi. Barcha mamlakatlar korrupsiya illatini tag-tomiri bilan qo’porib tashlashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilayotgan bo’lsa-da, unga qarshi kurash har bir davlatning o’zida olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Zero, yuqoridagi Konvensiya milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish yo’nalishlarini belgilab beradi. O’zbekiston bu borada qat'iy qadam tashlab bormoqda. Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasida korrupsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri, deya e'tirof etildi. Shu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning yuqorida ko’rsatib o’tilgan Konvensiyasiga qo’shildi. Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo’shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Yevroosiyo guruhi to’g’risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan. Davlat organlarida ham tashkiliy jihatdan qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O’zbekiston Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi maxsus tuzilmalar (boshqarma va bo’limlar) tashkil etilib, qator vazirlik va idoralarda ichki xavfsizlik inspeksiyalari tuzilgan. Ularning faoliyatini yanada jonlantirish, huquqiy targ’ibotini kuchaytirish, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash maqsadida internet va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Аytish joizki, O’zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun ijrosini ta'minlash yuzasidan Аdliya vazirligi tomonidan bir qator idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro’yhatidan o’tkazilgan. Bunga lizing xizmatlari ko’rsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O’zbekiston Markaziy banki tomonidan qo’llaniladigan choralar va sanktsiyalar to’g’risida nizomni misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, Аdliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan Konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining aksilkorrupsiyaviy ekspertizasini o’tkazish metodikasi ishlab chiqilgan va 2011 yil 20 oktyabrda tasdiqlangan. “O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishni yanada takomillashtirish Milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hozirda takomiliga yetkazilmoqda. Shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda O’zbekiston Respublikasi-ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e'lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kontseptsiya talablaridan kelib chiqib, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini ta'minlash bo’yicha adliya organlarining rolini kuchaytirish choralari ko’rildi. Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarning oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma'muriy to’siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruhsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur chora-tadbirlarning yangi va yanada samarali tizimini yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2016 yil 14 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan va 24 noyabrda quyi palata tomonidan qabul qilingan hamda Oliy Majlis Senatining 8-sessiyasida ma'qullangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab qo’yilgan. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g’ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga ko’maklashadi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo’lib, unda korrupsiya; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik; manfaatlar to’qnashuvi atamalari asosiy tushunchalar sifatida berilgan. Qonunda «korrupsiya» tushunchasi «shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish» deya ta'riflangan. «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik» deganda, «korruptsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish»ni tushunish lozim.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi va bu munosabat 2008 yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi.
2010 yilda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qo‘shildi.
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi.
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi:
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.
Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”- deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. 

Xulosa
Xulosa qilib aytganda , korrupsiya qarshi kursh to’g’risidagi xalqaro huquqiy normalarni samarali bajarishning muhim omili xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, ichki davlat mexanizmlarini tashkil qilish hisoblanadi. Ko’pgina davlatlar xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish normalarini o’z milliy huquqiy tizimlarida aks ettirganlar. O’zbekiston ham mustaqillikka erishgan kunlaridan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qarab, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsionerlardan tozalash bo’yicha izchil va muntazam ishlar olib bormoqda. Xalqaro va milliy qonunchilik hujjatlari asosida, mansabdor shaxslarga korrupsiyaviy harakatlarni sodir etishi uchun imkoniyat yaratayotgan omillarni bartaraf qilishhar bir davlat organining muhim vazifasiga aylanmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar .



  1. https://fayllar.org/download/sabirov-shahzod-oybek-ogli-milliy-gvardiya-hti-kursanti-korrup.doc

  2. https://fayllar.org/download/referat-mavzu-korrupsiyaga-qarshi-kurash-tayyorladi-djurayeva.doc

  3. https://fayllar.org/download/1-korrupsiyani-oldini-olishda-huquqiy-choralar-korrupsiyaga-qa.doc




1 Prezident Sh.M.Mirziyoyevning milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.-T.;O’zbekiston, 2017. 52-b.

2 O’zbekiston respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi PF-4947-sonli 11-bet.

3 Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida gi O’RQ-419-sonli. WWW.LEX> UZ



Download 91,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish