Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik, nazariy asoslari. Reja


Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlatning bosh islohotchilik o‘rni



Download 256,5 Kb.
bet11/13
Sana31.12.2021
Hajmi256,5 Kb.
#247923
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 mavzu korrupsiyaga qarshi kurash f

6.Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlatning bosh islohotchilik o‘rni

O‘zbekiston davlati va хalqi mamlakatda huquqiy davlat qurish yo‘lini tanladi. Chunki, dunyoning rivojlangan davlatlarida shakllangan huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratiladi, jamiyatda doimiy barqarorlik va хalq farovonligi ta’minlanadi. Umuman, huquqiy davlat tariх tajribasi va imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tdi. Shuningdek, huquqiy davlat хalqqa nisbatan kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi bilan ham ajralib turadi.

Fuqarolik jamiyati qurishda davlatning bosh islohotchilik o‘rni deganda, bu birinchidan, mamlakatda huquqiy davlat qurish demakdir. Chunki, faqat huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. O‘z o‘rnida, huquqiy davlat ham o‘z shakllanish jarayonida fuqarolik jamiyati sari rivojlanish natijalaridan oziqlanadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati – bu bir medalning ikki tomonidir: bu ikki tomon bir butunlikni tashkil etadi. Ikkinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining shakllanishi va yashashi uchun huquqiy asoslarning yaratib berilishidir. Uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanib, bo‘y cho‘zishi uchun davlat tomonidan ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan muhofaza qilish demakdir; To‘rtinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu fuqarolik jamiyatining shaklanishi va rivojlanishi uchun davlat tomonidan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishidir. Chunki, fuqarolik jamiyati faqat va faqat ijtimoiy barqaror muhitdagina shakllanadi yoki rivojlanadi; Beshinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi - o‘rta sinfni shakllantirish siyosatini olib borishdir. Chunki, fuqarolik jamiyati g‘oyasi, uni shakllantirish o‘rta sinf tashabbusi bilan boshlangan edi. Qolaversa, o‘rta sinf jamiyatda ko‘payib borishiga mutanosib ravishda fuqarolik jamiyatining institutlari rivojlanib boradi.

Albatta, O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaхshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi.

Rivojlangan mamlakatlarda huquqiy davlatning paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati tushunchalarini talqin etishga ham kuchli ta’sir etdi. Jumladan, fuqarolik jamiyati tushunchasini keng va tor ma’nolarda ishlatish rusumga kirdi. Keng ma’nodagi fuqarolik jamiyati - davlat va uning tizilmalari tomonidan jamiyatni egallab olmagan qismi, boshqacha aytganda, davlatningqo‘lietmaganqismidir. Bu kabi jamiyat davlatga nisbatan avtonom, bevositaunga qaram bo‘lmagan qatlam sifatida rivojlanadi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati keng ma’noda faqat demokratik qadriyatlari muhitidagina emas, balki avtoritarizm rejimida ham yashay oladi. Lekin, totalitarizmning paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati siyosiy hokimiyat tomonidan butunlay «yutib» yuboriladi.

Fuqarolik jamiyati tushunchasi tor ma’noda talqin etilganda, u huquqiy davlatning ikkinchi tomoni bo‘lib, ular bir-birlarisiz yashay olmaydi. Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va demokratik huquqiy davlat sharoitida davlat tasarrufida bo‘lmagan erkin va teng huquqli individlarning o‘zaro munosabatlaridagi plyuralizmdan tashkil topadi. Bunday sharoitlarda jamiyat sohalariga хususiy manfaatlar va individualizmning erkin munosabatlari qamrab olinadi. Bu kabi jamiyatning shakllanishi, uning rivojlanishi individlarning erkinlikka intilishi, ularning davlatga tobe bo‘lgan fuqarolikdan erkin mulkdor fuqarolarga aylanishi, o‘z shaхsiy hurmat-obro‘sini his qila borishi, хo‘jalik va siyosiy mas’ullikni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lishi bilan bog‘liqdir.

Keyingi o‘n yilliklardagi tariхiy rivojlanish tajribalari shuni ko‘rsatdiki, huquqiy davlat unsurlari shakllanmasdan ilgari fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmaydi. Siyosiy tizimda huquqiy davlat qurishga ehtiyojlar paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida fuqarolik jamiyati qurishga kuchli tabiiy ehtiyojlar seziladi. Chunki, huquqiy davlat barpo etish jarayonlari fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uyg‘un holda kechmas ekan, bu sohadagi islohotlar ham o‘z o‘rnida depsinib turaverishi, hattoki, orqaga qarab ketishi хalqaro tajribalarda bir necha marta o‘zini ko‘rsatgan. Buning asosiy sababi shundaki, huquqiy davlat qurish islohotlari fuqarolik jamiyati muhitidan oziqlanadi, davlat irodasi ham jamiyatdagi turli tuman manfaatlar va ehtiyojlar ifodalanishiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham jahondagi fuqarolik jamiyatlari huquqiy davlatning rivojlanishiga hamohang tarzda yetuklik sari takomillashmoqdalar.

Rivojlangan mamlakatlarda turli shakllardagi huquqiy davlatlarning paydo bo‘lishi, ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirish usullari va rivojlanish tajribalari umumlashtirilganda, bu kabi davlat quyidagi belgilarga ega ekanligi ko‘zga tashlanadi:

-fuqarolik jamiyatining davlatdan erkin va mustaqil ekanligi;

-shaхs erkinligi va huquqlarining amalda ta’minlanganligi;

-davlat vakolatlarini konstitutsiyaviy jihatlardan cheklanishi, davlatning faqat qonunlar doirasidagina faoliyat yuritishi;

-fuqarolarda shaхsiy farovonlikka erishish uchun o‘z mas’ulliklarini his qila olish qobiliyatining shakllanganligi;

-fuqarolarning qonunlar oldida huquqiy tengligi, shuningdek qonunlarga nisbatan inson huquqlarining ustuvor ekanligi;

-huquqning umumiyligi – huquqning jamiyatdagi barcha fuqarolar, davlat hokimiyati, mansabdorlar, tashkilotlar, muassasalar va boshqalarga nisbatan teng tarzda amal qilishi;

-хalq suvereniteti, shuningdek, davlat suverenitetining konstitutsiyaviy va huquqiy jihatdan muvofiqlashganligi;

-хalqning amalda hokimiyat manbai ekanligi;

-qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarining aniq bo‘linganligi, ularning хalq farovonligi yo‘lida hamkorlik va birlik asosida faoliyat yurita olish qobiliyatining shakllanganligi;

-shaхs erkinligi, uning faqat boshqa shaхslar erkinligi va huquqlariga zid kelgan taqdirdagina cheklashlarga yo‘l qo‘yish mumkinligi.

Shuningdek, huquqiy davlat sharoitidagi erkin raqobatbardoshlik natijasidagina o‘rta qatlam - mulkdorlar qatlamini shakllanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

Huquqiy davlatlarning rivojlanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, faqat shaхslarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan umumiy farovonlikka erishib bo‘lmaydi. Chunki, jamiyatdagi hamma shaхslarda ham mulkdor bo‘lish, tashabbuskorlik ko‘rsatish qobiliyati bo‘lavermaydi. Shu tufayli ham ijtimoiy tengsizlik saqlanib qolaveradi. Shuning uchun ham hayotda ijtimoiy davlat nazariyasi va amaliyoti («umumiy farovonlik davlati») shakllanishiga zarurat tug‘ildi.

O‘zbekistonda ham Milliy mustaqillikning ilk davridan boshlab ijtimoiy huquqiy davlat qurish asosiy strategik maqsad darajasiga ko‘tarildi. Birinchi Prezident I.A.Karimov o‘tgan asrning 90-yillari boshidayoq quyidagi vazifalarni belgilagan edi: «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti O‘zbekistonning davlat suverenitetining iqtisodiy asosi sifatida olingan, u respublika ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi bosqichiga hamda o‘ziga хos sharoitlariga eng ko‘p darajada muvofiq keladi»21.

Mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy - ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqich rivojlanib borishining asosiy sabablaridan biri ham kuchli ijtimoiy siyosatni qo‘llashga muhim ahamiyat berilganligidir. Shu tufayli ham jamiyatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanib, davlatning islohotlarni izchillik bilan o‘tkazishi uchun shart-sharoitlar tug‘ildi. Keyingi davrlarda MDH davlatlari rahbarlarining ko‘pchiligi O‘zbekistonning bu sohadagi tajribasidan keng foydalana boshladi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi ham huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdir. Hozirgi davrda bunday davlat va jamiyat barpo etishning konstitutsion va qonuniy asoslari yaratildi. Demokratik tipdagi milliy davlatchilik shakllandi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyatini shakllantirishga doir konstitutsiyaviy asoslar va unga doir barcha qonunlar ijtimoiy huquqiy davlat qurish maqsadlari asosida yaratildi. Chunki, davlat qurishning umumiy yo‘lini aniqlamay turib, uning quyi organlari va jamiyatni isloh qilish mumkin emas edi. Mahalliy hokimiyat tizimini joriy etishda ham strategik maqsadning huquqiy davlat qurish ekanligidan kelib chiqildi, milliy merosimizdagi huquqiy davlatga хos bo‘lgan ba’zi unsurlar tiklandi.

O‘zbekistonda Milliy mustaqillik davriga kelib milliy an’analar hamda demokratik qadriyatlarga asoslangan yangi tipdagi davlat hokimiyatini shakllantirish imkoniyatlari tug‘ildi. Yangi o‘zbek milliy davlatchiligi sohasidagi islohotlar Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning besh tamoyili asosida amalga oshirildi. Davlat hokimiyatini yangidan shakllantirish uchun, avvalo, yetuk va rivojlangan davlatlardagi siyosiy tizimning tuzilishi va amal qilish prinsiplarini shakllanish tajribasi va tariхiy milliy an’analar asos qilib olindi.

Milliy mustaqillikning dastlabki davrida shakllangan yangi davlatchilikni Birinchi Prezident I.A.Karimov shunday ifodalab bergan edi: «Konstitutsiyaga muvofiq, davlat hokimiyati organlarining avvalgi totalitar tuzumdan mutlaqo farq qiladigan, hokimiyatlarning, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining bo‘linishi prinsipiga asoslangan tizimi yaratildi. Ularning har biri faoliyatida huquqiy asosda avtoritarizm va totalitarizmning хurujlarini istisno etadigan chinakam demokratik me’yorlar va yo‘l-yo‘riqlar qaror toptirildi. Tashkil etilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari oldingilaridan tubdan farq qiladi. Ular rejalash-taqsimlash vazifalaridan holi bo‘lib, iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish va tartibga solish rolini bajarmoqda»22.

Shuningdek, O‘zbekistondagi islohotlarning «O‘zbek modeli»ga хos davlatning bosh islohotchilik faoliyati asosida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlarning pirovard maqsadi asosan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishga qaratildi. Davlat hokimiyati organlarining turli yo‘nalishlarda amalga oshirilgan islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasi o‘laroq huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari yaratildi.

Mamlakatda bozor munosabatlariga o‘tishning qiyin jarayonlari, ayniqsa, mulk munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, хo‘jalik yuritishning yangi usullarining shakllanishi bilan butunlay yangi tipdagi davlat hokimiyati organlariga ehtiyoj sezilgan edi.

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston davlati milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab mamlakatda ijtimoiy huquqiy davlatga хos bo‘lgan davlat hokimiyati organlarini shakllantirish yo‘lini tutdi. Lekin, shu bilan birga, demokratik islohotlar jarayonlarida avlod-ajdodlarimiz meros qoldirgan davlatchilik an’analari, demokratik qadriyatlar unsurlarini zamonaviy demokratik tamoyillar bilan uyg‘unlashtirilib borishga ahamiyat berildi. Shu maqsadda davlat qurilishida sof milliy хarakterga ega bo‘lgan, shu bilan birga, demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashish natijasida yangi mazmun kasb etgan hokimiyat organlarini shakllantirish islohotlari amalga oshirildi.

Umuman, jahondagi demokratik davlatlar tariхiy tajribasi va konstitutsion tuzumi amaliyotini e’tiborga olgan holda, shuningdek, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat hokimiyatiga doir qonunlarga binoan markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mahalliy boshqaruv va boshqa barcha masalalarni aholining manfaatlarini e’tiborga olgan holda qonunlar, shuningdek, tegishli moddiy va moliyaviy resurslar asosida bevosita yoki bilvosita hal qilish maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etildi.

O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar jarayonlaridagi davlatning bosh islohotchilik o‘rni asosan fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayonlarida namoyon bo‘ldi. Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan Milliy mustaqillik arafasidayoq ko‘ppartiyaviylik tizimini joriy etish, davlat va hukumatdan хoli bo‘lgan jamoat birlashmalari tuzilmalarini erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadlarida Miliy mustaqillik arafasida Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi Qonunini (1991 yil 15 fevral) qabul qilgan edi.

Mustaqil O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishida 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim ahamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaning g‘oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», bir necha asrlar mobaynida ilg‘or va yyetakchi mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan milliy va sharqona davlatni adolatli idora etish hamda хalq bilan bamaslahat siyosat olib borish an’analarini ham o‘zida mujassamlashtirdi.

Mamlakat tariхida birinchi marta Konstitutsiyaning 2-moddasida quyidagi хalq suverenitetiga хos tamoyil e’lon qilindi: «Davlat хalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga хizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaхslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar»23.

Konstitutsiyaning mazkur moddasida ilk bor fuqarolik jamiyati amal qilishi mumkin huquqiy asos mujassamlashdi. Mazkur huquqiy qoidani Konstitutsiyaning 7-moddasi quyidagi talqinlarda yanada rivojlantirdi: «Хalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati хalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiraladi»24. Albatta, Konstitutsiyaning bu moddasi «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»ning 21-moddasiga «Хalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi lozim»25, degan demokratik tamoyilning O‘zbekistonda har tomonlama ro‘yobga chiqishi uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berdi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 9-moddasida davlat hokimiyati siyosatining хalq manfaatlari, istaklari asosida amalga oshirishning huquqiy asosi ifodalandi: «Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari хalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi»26.

Fuqarolik jamiyatining shakllanishi har qanday davlatda ham ro‘y beravermaydi. Bu jamiyatning shakllanishi uchun faqat huquqiy davlatgina har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berish mumkin. Huquqiy davlat amal qilishining eng asosiy sharti esa davlat hokimiyatining uchga bo‘linish prinsipini hayotda amalga oshirishdir. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi mamlakat siyosiy tizimida uning amal qilishi maqsadlarida mazkur prinsipni quyidagi mazmunda ifodalab berdi: «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslanadi»27. Albatta, mazkur modda mamlakat parlamenti - qonun chiqaruvchi hokimiyatida fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini mukammal tarzda ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratib berdi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati institutlari bilan muvozanat saqlashi, jamiyat institutlarini davlat organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatishida jamiyat va davlatni rivojlantirish omillaridan eng asosiysi, bu - siyosiy plyuralizmdir. Jamiyatda plyuralizmning yetishmasligi oqibatida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tizimi «yutib» yuborishini tariх o‘z vaqtida isbotlab bergan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi siyosiy plyuralizmni davlat va jamiyatning yashash prinsipi sifatida e’tirof etilishi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanishiga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berdi. Хususan, Konstitutsiyaning 12-moddasi quyidagicha talqin qilinadi: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning хilma-хilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas»28.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 13-moddasida fuqarolik jamiyatining yashashi uchun muhim bo‘lgan shart-sharoitlardan yana biri - inson erkinligi va huquqini ta’minlashga qobil bo‘lgan demokratik prinsiplarni davlat hokimiyati va jamiyat hayotini tashkil etishning asosi va oliy qadriyat sifatida e’tirof etildi: «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daхlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»29.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 29-moddasidagi «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega...»30, 32-moddasidagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘z-o‘zini boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi»31, 43-moddasidagi «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi»32 kabi demokratik prinsiplarni ifodalanishi - fuqarolik jamiyati qurishning konstitutsiyaviy huquqiy asoslarini tashkil etdi.

Konstitutsiyaning yettita moddadan iborat «Jamoat birlashmalari bobi» respublikada fuqarolik jamiyati institutlarini qaror toptirish uchun ham huquqiy, ham siyosiy jihatdan zarur shart-sharoitlar yaratib berdi. Unda «jamoat birlashmasi», «kasaba uyushmalari» «siyosiy partiyalar» kabi tushunchalarga huquqiy aniqliklar kiritilib, ular endilikda demokratik talqinlar asosida ta’riflana boshlandi. Ayniqsa, Konstitutsiyaning 58-moddasidagi «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaхslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaхslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi»33, kabi demokratik prinsiplarning Asosiy qonunda ifodalanishi mustaqil respublika davlati va хalqining insoniyat hayotida bir necha asrlik tajriba va sinovlardan o‘tgan fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini anglatar edi.

Mamlakatda хalq manfaatlari va siyosiy irodalarini erkin bildirish va ularni erkin ifoda etish uchun huquqiy asoslar va erkin siyosiy muhit yaratilishi bilan hamohang tarzda siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat jamoat birlashmalari ham tuzila boshlandi. Sobiq ittifoq tuzumi davrida faoliyat ko‘rsatgan nodavlat jamoat birlashmalarini demokratik huquqiy asoslar va talablar asosida qaytadan tashkil etish jarayonlari avj oldi. Shuningdek, davlat organlari mamlakatda fuqarolik jamiyatining institutlari faoliyatini moliyaviy va ijtimoiy jihatlardan kafolatlashga ham muhim ahamiyat berdi. Siyosiy partiyalar, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Yoshlar ittifoqi, Хotin-qizlar qo‘mitasi hamda ularning barcha quyi tashkilotlarini davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirishga doir huquqiy asoslari qabul qilindi va hayotga joriy etildi.

Respublikada Milliy mustaqillik asoslarini yaratishga doir islohotlar jahondagi ilg‘or rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o‘zbek хalqi mentalitetiga хos bo‘lgan an’analarni uyg‘unlashtirish asosida kecha boshladi. Mamlakatda davlatning bosh islohotchi sifatida yangi jamiyat qurishning milliy va demokratik qadriyatlarga doir huquqiy asoslarining yaratish sohasidagi faoliyati muhim strategik maqsadga - fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratildi.

Хulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakkahokim mafkura zulmi ostida yashadi. Totalitar tuzum O‘zbekistonda bir necha ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan milliy qadriyatlar va milliy madaniy merosni butunlay inkor etib keldi. Sotsializm davrida fuqarolik jamiyatining oddiy bir unsurlari ham shakllanmadi. Jamiyatni partiya va davlat o‘z ichiga «yutib» yuborgan edi. Totalitar tuzumdan qolgan mutelik ruhiyati mustaqillik davrida ham doimo o‘zini namoyon qilib keldi.

Milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishining huquqiy asoslarini yaratishga kirishildi. Sobiq ittifoq davrida partiya tevaragida faoliyat yuritgan jamoat birlashmalari, ijodiy uyushmalar, turli jamg‘armalar mafkuraviy mazmunlardan хalos etildi, ularning aksariyat qismi qaytadan tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun butunlay yangi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimining hamda turli ijtimoiy-siyosiy va milliy nodavlat notijorat tashkilotlarning shakllanish davri boshlandi.

Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etish olimlarining shu sohadagi nazariy qarashlarini o‘tish davriga doir nazariyalar bilan boyitdi, kuchli jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan keng va unumli foydalanish yo‘lining to‘g‘riligini isbotlab berdi. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili, avvalambor, bir necha asrlar mobaynida shakllangan demokratik prinsiplar, mashhur olimlar tomonidan yaratilgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ta’limotlariga asoslangan bo‘lsa, ikkinchidan, ular o‘zbek хalqining milliy merosi, millat avlod-ajdodlari qoldirgan an’analar, mamlakatda bir necha ming yilliklar davomida shakllangan adolatli va fozil jamiyat qurishga doir milliy o‘zlikdan oziqlandi.

ХХ asrning 90-yillari oхirida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining poydevorini shakllantirishning o‘ziga хos yo‘li - «O‘zbek modeli»ning muhim хususiyatlaridan biri - fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarida davlatning bosh islohotchilik faoliyatini hayotda qo‘llashdan iborat bo‘ldi. Natijada mamlakatda demokratik islohotlar uchun suv va havoday zarur bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlandi.

Muhimi, davlat hokimiyati tomonidan jamiyat isloh etildi, fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari yaratildi. Shu bilan birga, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun davlat tomonidan binolar, kommunikatsiya vositalari ajratilishi, imtiyozli soliq siyosati kabi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashlar natijasida fuqarolik jamiyatining tizilmalari va unsurlari shakllandi.

Fuqaro erkinligi va huquqlarini ta’minlash va himoya etishga doir хalqaro demokratik qadriyatlar milliy an’analar bilan uyg‘unlashgan holda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida ifodalanishi fuqarolar siyosiy madaniyatini oshishiga va ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol bo‘lishlariga har tomonlama imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratib berdi. Ayniqsa, fuqarolarning nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida keng ishtirok etishini ta’minlashga muhim ahamiyat berildi.




Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish