Korrupsiyani bir nechta asosiy turlarga ajratish mumkin:
subyektlarning maqomiga ko’ra:
hokimiyat organlaridagi korrupsiya;
xususiy sektordagi korrupsiya;
siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;
darajasiga ko’ra:
quyi darajadagi korrupsiya;
yuqori darajadagi korrupsiya;
vertikal korrupsiya;
ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra:
korrupsiya – qilmish;
korrupsiya – jinoyat.
Ayrim tadqiqotchilar siyosiy korrupsiyani korrupsiya jinoyatlarining alohida turi sifatida ajratadilar. Korrupsiyaning uchta asosiy shaklini ajratishni taklif qiladi:
1.Siyosiy. Mansabdor shaxs yuzaga kelgan qarindosh-urug’chilik munosabatlari tufayli qonunga zid harkat qiladi.
2.Jinoyat faoliyati bilan bog’liq bo’lib, mansabdor shaxslarni sotib olishga asoslangan. Ular esa mukofot puli olish evaziga g’ayoriqonuniy xizmatlar ko’rsatadi.
3.Taraflardan biri o’ziga eng qulay tartib vujudga keltirish uchun jinoyatga mansabdor shaxslarning tegishli toifalarini izchillik bilan jalb etishni nazarda tutadi. Korrupsiyaning bu shakli uyushgan jinoyatchilik bilan mustahkam bog’langan bo’lib, mansabdor shaxslarga nisbatan sotib olish, provakasiya qilish va tahdid solishni anglatadi.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning mohiyati va sabablari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq fuqarolar qonunda belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga majburdirlar.
Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat tomonidan belgilangan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamasligi, foyda (daromad)ni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishi, kamaytirib ko‘rsatishi, shuningdek, soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan o‘zga tarzda, jumladan, nazorat-kassa mashinalarining fiskal xotirasi xizmati dasturini noqonuniy o‘zgartirish yo‘li bilan qasddan bo‘yin tovlashi budjet siyosati barqarorligiga putur yetkazadi. Soliqdan yashirilgan mablag‘lardan, aksariyat hollarda, jamiyat manfaatlariga zid ravishda foydalanilishi soliq qonunchiligi sohasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavfliligini oshiradi.
Sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, sudlar soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik belgilovchi qonunlarni asosan to‘g‘ri qo‘llashmoqda.
Shu bilan bir qatorda, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha huquqbuzarlik faktini va soliqdan yashirilgan daromad (foyda) miqdorini aniqlashda, aybdor shaxslar harakatini kvalifikatsiya qilish va ularga qilmishiga yarasha jazo tayinlash kabi masalalarda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilovchi qonunlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarga tushuntirilsinki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 174-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash deganda, foyda (daromad)ni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, miqdori eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan ko‘p bo‘lmagan, davlat tomonidan belgilangan soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan o‘zgacha bo‘yin tovlash tushunilmog‘i lozim.
Ancha miqdorda (eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha) soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 174-moddasining 2-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana ancha miqdorda soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, basharti bunda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 184-moddasining 1-qismi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 184-moddasi 2-qismining “b” bandi yoki 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilishda uning muqaddam soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi huquqiy ahamiyatga ega emas.
2. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasida bayon etilgan “foyda”, “daromad”, “soliq solinadigan boshqa obyektlar”, “soliqlar”, “yig‘imlar”, “bojlar”, “boshqa majburiy to‘lovlar” kabi tushunchalar mazmunini aniqlashda Soliq kodeksi va iqtisodiyot sohasidagi boshqa qonunchilik normalaridan kelib chiqish lozim.
3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqishining zarur sharti — soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga nisbatan qasdning mavjudligi bo‘lib, u ham harakat, ham harakatsizlikda namoyon bo‘lishi mumkin.
Foyda (daromad)ni qasddan yashirishning belgilari:
hujjatlarni soxtalashtirish (o‘chirish, g‘ayriqonuniy tuzatish);
qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga qo‘shib hisobdan chiqarish;
korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish haqi yozish yo‘li bilan mehnatga haq to‘lash xarajatlarini oshirish;
sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromad (foyda)ni qasddan kamaytirish);
moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) miqdorini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto‘g‘ri qo‘llash;
hujjatlarni yo‘q qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish;
buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larni sotish;
davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va soliq organlarida hisobda turmasdan xo‘jalik faoliyatini yuritish;
davlat soliq xizmati organining yozma bildirishnomasi mavjud bo‘lgani holda ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan barcha daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etmaslik va boshqalardir.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha aybdorning qilmishida soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashning yuqorida qayd etilgan yoxud boshqa biror-bir belgisi mavjudligi isbotlangan bo‘lishi shart.
4. Surishtiruv, tergov organlari va sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturining noqonuniy o‘zgartirilishi, daromad (foyda)ning haqiqiy miqdorini yashirishga sharoit yaratganligi tufayli soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashning bir usuli hisoblanadi.
Bu toifadagi ishlar bo‘yicha surishtiruv, tergov organlari hamda sudlar javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga amal qilinishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
5. Soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha shuni e’tiborga olish kerakki, agar soliq to‘lovchi subyektlarning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, ular Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (205—209, 227, 228-moddalari) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qo‘shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi.
6. Qonunga ko‘ra (Soliq kodeksining 133-moddasi), agar bir turdagi soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlar uchun to‘langan pul summasi boshqa turdagi majburiy to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Soliq to‘lovchi o‘z xatolarini soliq organlari tomonidan hujjatli (sanoqqa asoslangan) tekshiruv o‘tkazilgunga qadar mustaqil ravishda tuzatgan taqdirda ham ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Agar bir turdagi soliq, yig‘im, boj va boshqa to‘lovlar uchun ortiqcha to‘langan summaning miqdori boshqa turdagi to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning aybdorlik masalasi to‘langan va to‘lanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan kelib chiqqan holda hal etiladi.
Shunga ko‘ra, surishtiruv, tergov organlari va sudlar soliq qonunchiligini buzishga oid ishlar bo‘yicha soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarning har bir turi uchun amalga oshirilgan to‘lovlar holatini batafsil aniqlashlari zarur.
7. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyati soliq solinadigan tegishli moliya yili (Soliq kodeksining 123-moddasi) uchun soliq qonunchiligida belgilangan muddatda soliq to‘lanmasligi holati kelib chiqqan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
8. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda surishtiruv, tergov organlari va sudlar, barcha hollarda, ushbu huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdorini to‘g‘ri aniqlashlari, ya’ni uni aybdor tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib ko‘rsatilgan soliq solinadigan obyekt miqdori (qiymati)dan emas, balki faqat to‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda belgilashlari lozim.
9. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar to‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov miqdorini aniqlashda, barcha turdagi soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlar summasidan kelib chiqishlari zarur. Bu summaga soliq qonunchiligida nazarda tutilgan penya va jarima sanksiyalari qo‘shilmaydi.
To‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlar miqdorini belgilashda, soliq, tergov organlari va sud, Soliq kodeksining 6-bobi (chegirmalar va zararlar) talablarini inobatga olishlari shart. Unga ko‘ra, soliq solinadigan daromad (foyda)ning miqdorini belgilashda, jami daromaddan xodimlarga ish haqi to‘lash, asosiy vositalarni ta’mirlash, ijara haqi bilan bog‘liq va boshqa xarajatlar chegiriladi.
10. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning subyekti 16 yoshga to‘lgan, soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega bo‘lgan va qonunga muvofiq davlat soliq organlariga daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishga majbur bo‘lgan jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) hisoblanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida belgilangan javobgarlikka soliq to‘lovchi tashkilotning boshlig‘i va bosh (katta) buxgalteri yoki boshliq va bosh buxgalter vazifalarini amalda bajarayotgan xodimlari, shuningdek, buxgalteriya, bank-moliya hujjatlarini tuzish, imzolash huquqiga ega bo‘lgan va buxgalteriya hujjatlariga daromad yoki xarajatlar to‘g‘risida soxta ma’lumotlar kiritgan yoxud soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirgan o‘zga xizmatchilari tortilishlari mumkin.
11. Soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari yuzasidan surishtiruv, tergov yuritish hamda ularni sudda ko‘rishda bunday jinoyatlarni yashirishga ko‘maklashgan barcha shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilishi shart.
Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatga rahbarlik qilgan yoki ushbu jinoyatni sodir etishga soliq to‘lovchi tashkilot boshlig‘i, bosh (katta) buxgalteri, boshqa xizmatchilarini undagan yoxud o‘zining maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan jinoyatni sodir etishga ko‘maklashgan shaxslar tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida Jinoyat kodeksining 28-moddasi va 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan daromad (foyda)ni yashirishda soliq to‘lovchiga ko‘maklashgan, shu jumladan, ushbu mashinalarni ishlab chiqargan, yetkazib bergan, ularga texnik xizmat ko‘rsatgan shaxslar ham soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortiladilar.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qasddan ko‘maklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik sifatida Jinoyat kodeksining 28-moddasi hamda 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Agar, ayni paytda ular g‘araz yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ham ko‘zlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatni yashirishga ko‘maklashgan bo‘lsalar, ularning harakatlari Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, shu jumladan pora olganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205, 209, 210-moddalari) bilan ham qo‘shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
12. Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan qilmishni ikki va undan ortiq marotaba alohida qasd bilan sodir etgan aybdorning harakati soliq to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda shaxs jinoyatni bajaruvchi yoki uning ishtirokchisi ekanligining, muqaddam sodir etilgan qilmish tugallangan jinoyat yoki jinoyatga suiqasd bo‘lganligining ahamiyati yo‘q.
Shaxsning harakatlarida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash belgisi mavjudligi masalasini hal etishda Jinoyat kodeksining 32-moddasida ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqish lozim.
13. Qilmishni soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksi 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lgan soliq miqdorini pul summasida belgilashda, jinoyat tugallangan vaqtda amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqish lozim. Bunda Soliq kodeksining 3-moddasi va Jinoyat kodeksining 13-moddasi talablariga rioya etilishi shart.
14. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash aybdor tomonidan soliq qonunchiligining muayyan normasi talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq. Shu tufayli, Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha surishtiruv, tergov organlari va sudlarning e’tibori shaxsni ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortish haqidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda ayblanuvchi yoki mahkum tomonidan soliq qonunchiligining jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan aynan qaysi normasi talablari buzilganligi ko‘rsatilishi shartligiga qaratilsin.
Ushbu talablarga rioya etmaslik protsessual qonun normalarini jiddiy buzish sifatida qaralmog‘i lozim.
15. Jinoyat kodeksining 184-moddasi sanksiyasida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmagan bo‘lsada, ushbu jazo Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq qo‘shimcha jazo sifatida tayinlanishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo tayinlash masalasini sud, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan sudlanuvchining shaxsi va jinoyat ishi holatlaridan kelib chiqqan holda, muhokama qilishi shart.
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 184-moddasining 4-qismiga ko‘ra, qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliq va boshqa to‘lovlar to‘liq to‘langan taqdirda, aybdorga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
17. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, sudlanuvchining harakatlarida jinoyat tarkibi bor-yo‘qligi bilan bog‘liq holatlar boshqa dalillar bilan bir qatorda ekspert xulosasi, hujjatli tekshiruv va moliya-xo‘jalik faoliyati taftish aktlari asosida ham aniqlanishi mumkin.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, korrupsiya murrakab ijtimoiy hodisa bo’lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo’llash samarali hisoblanmaydi. Ushbu faoliyat kompleks-majmuaviy tarzda amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va obyekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo’ladi.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ko‘pchilik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni faoliyat yuritish normasiga aylandi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash qoidalar va qoidalarga rioya qilish bilan amalga oshiriladi, shu bilan birga soliq qonunchiligidagi har qanday bo‘shliqlarni topib, bunday kamchiliklardan foydalanadi. O‘zbekiston soliq qonunchiligida “soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash –soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash, shuningdek, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etmaslik yoki unga atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish” tushunchasidan foydalaniladi.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan samarali kurashish uchun, birinchi navbatda, nega ko‘pchilik soliq to‘lovchilar uni to‘lashdan bo‘yin tovlashni tanlashlari sababini aniqlab olish muhimdir. O‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra soliqlar har bir fuqaroga beriladigan ijtimoiy boyliklar evaziga ixtiyoriy to‘lovlardir. Ammo amaliyotda masalaning bunday hal etilishiga bir necha sabablar to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |