«Korrupsiya darajasi — mamlakat taraqqiyoti va demokratiyasining ko‘rsatkichi hisoblanadi» — Akmal Burxanov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov «Gazeta uz»



Download 276,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana01.01.2022
Hajmi276,08 Kb.
#288098
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
korrupsiya

olish bo‘yicha ishni boshlash. Kengash qarori bilan ishchi guruhlar tuzildi. 

Bundan tashqari, biz Milliy Kengashni korrupsiyaga qarshi kurashning besh yillik milliy strategiyasini qabul qilish kerakligiga ishontira oldik. Xalqaro 

t

ashkilotlar ishtirokida ushbu hujjatni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar allaqachon boshlangan. 




— Prezident chet el davlatlari, jumladan Janubiy Koreya, Singapur va Yevropa davlatlari tajribasini o‘rganishga e’tibor 

qaratishingizni so‘radi. Ushbu mamlakatlar strategiyasining qaysi elementlarini O‘zbekistonga moslashtirish mumkin? 

— Prezident faoliyatimizning birinchi kunlaridanoq O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etishning eng yaxshi yo‘lini topish 

uchun xorijiy tajribani o‘rganishni buyurdi. Xalqaro tashkilotlar bizga Singapur, Janubiy Koreya va Yevropa mamlakatlaridan mutaxassislarni jalb 

qilishda yordam berishdi. Ular korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha katta tajribaga ega. Hozir biz ushbu mamlakatlar tajribasini o‘rganmoqdamiz. 

Masalan, Singapurda korrupsiyaga qarshi islohotlar boshlanganda, avvalo, qonunchilik bazasi isloh qilingan. Hech qanday jazo choralari 

ko‘rilmagan, ammo qonunchilikdagi barcha bo‘shliqlarni yopishga qaratilgan qonunchilik inventarizatsiyasi boshlangan. Agar biz qonunchilikni 

Singapur tajribasidan olsak, Malayziyadan jinoiy jarayonlardan misollar olamiz. Janubiy Koreya tajribasidan biz davlat xizmat

ini o‘rganamiz, Yevropa 

mamlakatlaridan esa davlat xaridlari, deklaratsiyalash jarayonlari amaliyotlarini va boshqalarni olamiz. 

Ya’ni, biror bir mamlakat tizimini to‘liq qabul qilamiz, deb aytolmayman. Biz faqat O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi tajribani 

olamiz. 


— Yagona davlat strategiyasini qabul qilishda u yoki bu vazirlik / idoraning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadimi? 

— Barcha davlat organlari uchun majburiy bo‘lgan yagona strategiya qabul qilinadi va ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ular 

o‘zlarining korrupsiyaga qarshi mexanizmini ishlab chiqadilar. Biz birinchi bosqichni boshlab bo‘ldik. Barcha davlat idoralari o‘z bo‘limlarida 

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zlarining yo‘l xaritalari va dasturlarini ishlab chiqdilar. Hisob palatasi, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura 

bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzdik va 

«yo‘l xaritalari» loyihalarini takomillashtirdik. 

 

Biz yil oxiriga qadar tatbiq qilinishi kerak bo‘lgan 26 ta «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqdik. «Yo‘l xaritasi» tanlov asosida ishga qabul qilish, odob-axloq 



qoidalari, taqiqlar va cheklovlar, shu 

jumladan sovg‘alar, manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiyalash va hal qilish mexanizmlari, davlat xaridlarining 

shaffof mexanizmi va 

ochiqligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Ishonchim komilki, bunday ichki nazorat tizimlarining joriy etilishi korrupsiya xavfini 

sezilarli darajada kamaytiradi. 

Shuningdek, 2 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi va 5 yilga mo‘ljallangan strategiya qabul qilingandan so‘ng har bir vazirlik va idora o‘z rejalarini 

ishlab chiqadi va 

boshqa vazirliklar bilan muvofiqlashtiradi. Ushbu dastur hujjatlari, albatta, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni ham nazarda tutadi, ular 

kompleks xarakterga ega bo‘ladi. 

— Agentlikning vazifalariga davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalash kiradi. Siz bir 

suhbatda mazkur mexanizmni 2021 yil boshida ishga tushirishni rejalashtirayotganingizni aytgan edingiz. Bu 



yo‘nalishda olib borayotgan ishlaringizni qanday baholaysiz? Mexanizm «Davlat xizmatlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi 

talablarini ham inobatga oladimi? 

— Qonun loyihasi bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga ko‘plab vazirliklar va idoralar, Soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, 

bizning agentligimiz, Respublika Davlat xizmatlari rivojlantirish agentligi vakillari kiradi. Shuningdek, chet ellik mutaxassislar ham jalb qilingan. 

Ushbu tizimni 2021 yil 1 yanvardan b

oshlab ishga tushirish uchun biz bir vaqtning o‘zida platformani ishlab chiqishimiz kerak. Hozir biz mazkur 

platforma qaysi tashkilot negizida bo‘lishi ustida bosh qotiryapmiz. Davlat soliq qo‘mitasining mavjud axborot tizimlari asosida platforma yaratish 

imkoniyati to‘g‘risida fikr bildirilmoqda, qo‘mita umumiy deklaratsiyalashda ma’lum tajribaga ega, bu masala muhokama qilinmoqda. Bir oy ichida biz 

qonun loyihasini yakunlab, Prezident Administratsiyasiga topshirishimiz kerak. 

— Agentlik barcha davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat «compliance control» (komplayens-kontrol) 

tizimini joriy qilishi kerak. Ushbu tizim to‘g‘risida gapirib bersangiz. 

— Compliance-control — qandaydir munosobatlar yuzaga kelganda huquqiy va moliyaviy xatarlarni baholash va boshqarish uchun ichki tizimdir. 

Eng muhimi, shu yo‘l bilan korrupsiyaga moyil bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlarini aniqlash va tahlil qilishning samarali mexanizmlarini yaratish mumkin. 

Shuningdek, bu tizim turli xil reputatsion tahdidlardan har tomonl

ama himoyani ta’minlaydi. Ya’ni, bu davlat organining ichki qoidalari. Umumiy qabul 

qilingan xalqaro standartlar asosida har bir tashkilotda compliance control tizimlari bo‘lishi kerak. 

Oddiy qilib aytganda, bu ichki xavfsizlik tizimi. Afsuski, bizda bunda

y tizim asosan huquqni muhofaza qilish idoralarida bo‘lgan. Negadir korrupsiya 

hodisalari faqat huquqni muhofaza qilish idoralarida mavjud deb o‘ylangan. 

2021 yildan boshlab barcha davlat idoralarida compliance control tizimini amalga oshirilishi uchun siyosiy iroda va mamlakat rahbariyatining 

ko‘rsatmasi mavjud. Bunda nafaqat o‘zining xavfsizligi, balki korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimi ham hisobga olinadi. Chet davlatlarda,ayniqsa 

biznes tuzilmalarida bu odatiy hodisa. 

Ko‘plab davlat idoralari bu borada ish boshladilar, ular o‘zlari compliance control tizimi uchun maxsus bo‘linmalar yaratish tashabbusi bilan chiqdilar. 

Kelgusi yildan boshlab biz barcha vazirlik va idoralar uchun ushbu tizimni tatbiq etish va 

alohida compliance controlbo‘limini ochishni majburiy 

qilmoqchimiz. Toki, biror tashkilotda ishlashni istagan kishi qonundan tashqari qanday o‘yin qoidalari borligini, u yoki bu tashkilotda ishlash uchun 

qanday mutaxassis bo‘lishi kerakligini bilishi uchun alohida tizimga ega bo‘lsin. 

— Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks yondashuvga ega bo‘lib, unda mustaqil sudlar muhim rol o‘ynaydi. Mustaqil 

sudlarning rolini ushbu vazifada qanday baholaysiz? 

— Sudlar juda muhim rol o‘ynaydi. Avvalo, biz sudlar va sudyalarning mustaqilligini ta’minlashimiz kerak. So‘nggi tendensiyalar va o‘zgarishlar shuni 

ko‘rsatadiki, aynan korrupsiyaga qarshi kurashda sud tizimida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. 



Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash nuqtai nazaridan sudyaning vakolat muddati muhim rol o‘ynaydi

Uch yil mu

qaddam inqilobiy islohot bo‘lib o‘tdi, sudyalarga umrbod ishlashga ruxsat berildi: birinchi muddat besh yil, ikkinchi muddat 10, benuqson 

xizmat qilgan taqdirda esa uchinchi muddatdan boshlab u umrbod tayinlanishi mumkin. Bu ham katta siljish. Ammo biz hali ham ishlashimiz kerak. 

Masalan, rotatsiya 

— o‘rin almashish tizimini joriy qilish kerak. Yaponiyada sudyalar har ikki yilda bir marta o‘zgarib turadi. 

Oxirgi paytlar sudyalarni tanlash jarayoni ham ochiq o‘tkazilayotganini ko‘ryapmiz. 5−6 yil oldin tanlov jarayoni oshkora bo‘lmagan holatlar bo‘lgan. 

Endi esa sudyalar hamjamiyati vakillaridan iborat maxsus Sud kengashi tuzildi, ular sudya kim bo‘lishini o‘zlari hal qiladilar. Tanlov jarayonida 

qatnashish uchun ommaviy axborot vositalariga ham ruxsat beriladi. 

Sudyalar faoliyatining shaffofligi, ularning mustaqilligi, tomonlarning protsessual tengligi va sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini 

tekshirishning aniq protsessual mexanizmi korrupsiyaga qarshi samarali kurashning asosiy omilidir. 

— Siz CPI (Transparency Int.) reytingida O‘zbekistonning mavqeini yaxshilash kerakligi to‘g‘risida bir necha bor 

ta’kidlagan edingiz. 2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 153-o‘rinni egallab turibdi. 

Sizningcha, mamlakat qanday sharoitlarda bu 

reytingda ko‘tariladi? Umuman, bu reyting nima uchun muhim? 

— Korrupsiya nafaqat davlatning ichki siyosatiga, balki mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘siga ham ta’sir qiladi. Korrupsiyaning holati xalqaro 

aloqalarni yaratish, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-madaniy sohalarda salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun xalqaro reytingdagi pozitsiyalarimiz 

yaxshi bo‘lishi uchun ishlashimiz kerak. Bu mamlakat taraqqiyoti va demokratiyasining barometri hisoblanadi. 

Ko‘pchilik hozirda O‘zbekiston faqat xalqaro reytingdagi o‘rnini yaxshilashga intilmoqda, deyishadi. Bu noto‘g‘ri fikr. Xalqaro reytinglarda o‘z 

mavqeimizni qachon yaxshilaymiz? Faqat davlat ichidagi mavqeimizni yaxshilaganimizda. Xalqaro reytinglar esa ushbu ishlarimizning tan olinishidir. 

Afsuski, biz korrupsiyani qabul qilish indeksida 153-

o‘rinni egallab turibmiz. Ob’ektiv ravishda nazar solsak, biz u yerda 120-o‘rinda bo‘lishimiz 

mumkin edi. Bureyting qanday tuziladi va 

ma’lumotlar qayerdan olinadi? Ochiq ma’lumotlardan. Bizda esa ochiq ma’lumotlar umuman yo‘q. 

Hozir biz ma’lumotlar nafaqat agentlikda yoki qaysidir bir huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarda, balki barchada bo‘lishini ta’minlash uchun 

ish 


olib bormoqdamiz. Ma’lumotlar ommaga va jamoatchilikka, shu jumladan xalqaro jamoatchilikka ham taqdim etilishi kerak. Shunda har xil 

reytinglar ham ishonchli, ham ob’ektiv bo‘ladi. Hozircha biz bunday reytinglardan xafa bo‘lolmaymiz va ularni xolis emas deb aytolmaymiz, 




Download 276,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish