Korroziya



Download 18,04 Kb.
Sana25.06.2021
Hajmi18,04 Kb.
#101307
Bog'liq
Korroziya
8 - Amaliy mash-WPS Office, 8 - Amaliy mash-WPS Office, 8 - Amaliy mash-WPS Office, O'T DTICH #2, Xursanov Fazliddin, Voprosy - Istorija Uzbekistana - 2018-2019 UZB, Voprosy - Istorija Uzbekistana - 2018-2019 UZB, Tarixdan 5topshiriq, yig'lama yurak matn, ТЕСТ МИГ2020, Milliy kurashning atamalari, tasniflash va tizimlashtirish, qq tip, qq tip, qq tip, 001

Korroziya (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jinslar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari K.si zanglash deb ham ataladi (yana q. Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-boʻyoq materiallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yoʻli bilan K.ning oldini olish mumkin; 2) tibbiyotda — oʻyuvchi moddalar taʼsirida toʻqimalarning yemirilishi; 3) geologiyada — kimyoviy yoki mexaniq jarayonlar taʼsirida togʻ jinslarining yemirilishi, kanallar, oʻralar, gʻorlar va boshqa hosil boʻlishi. Kimyoviy K.da suvning kimyoviy taʼsirida jinslar sirti eriydi va yeyiladi (oʻyiladi), mexanik K.da esa jinslarning sirti yediriladi.[1]

Metallar korroziyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jump to navigationJump to search

Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi.

Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi (mas, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi).[1]

Kimyoviy ingibitorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search

Kimyoviy ingibitorlar - kimyoviy reaksiyalarni sekinlashtiruvchi yoki toʻxtatib qoʻyuvchi moddalar. Faol markaz yoki faol zarrachalar ishtirokida boradigan katalitik va zanjir reaksiyalarda qoʻllaniladi. K.i. reaksiya jarayonida katalizatorning faol markazlarini toʻsadi yoki faol zarrachalar bilan taʼsirlashib, zanjirni davom ettira olmaydigan nofaol radikallar hosil qiladi va natijada reaksiyaning toʻxtashiga sabab boʻladi. K.i. sistemaga reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasiga nisbatan juda kam miqdorda (10~2— 10 s mol) qoʻshiladi. K.i. nomaqbul jarayonlarni, mas, metallarning korroziyalanib yemirilishini, yoqilgʻi, surkov moylari va oziq-ovqat mahsulotlarining oksidlanishini sekinlashtirish yoki toʻxtatishda keng qoʻllaniladi. Reaksiyalarning sekinlashuvi yoki toʻxtashi K.i,ning miqdoriga, tabiatiga va reaksion muhitga, qoʻshilgan vaqtga, t-raga va K.i. samaradorligiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar borligiga bogʻliq. Korroziya ingibitorlari metallarni korroziyadan saqlash uchun korrozion faol muhitga qoʻshiladi. Ular metall yuzasiga yutiladi yoki metall ionlari bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar metall yuzasida oʻta yupqa parda hosil qilib, uni himoyalaydi. Mashina detallarini saqlash va tashish vaqtida korroziyadan himoyalash uchun K.i. keng qoʻllaniladi. Metallarni korroziyadan saklash uchun K.i. yoqilgʻi, moy va polimer qoplamalarga ham qoʻshiladi.

Oziq-ovqatga xushboʻy hid beradigan va uning oksidlanishini toʻxtatadigan tabiiy K.i. sifatida zira, zigʻirak, marmarak, mavrak va b. dorivorlar qadimdan ishlatilib keladi. Tabiiy yogʻ va moylardagi ingibitorlar (tabiiy K.i.), mas, tokoferollar yogʻ va moyni tozalash vaqtida yoʻqoladi, shuning uchun tozalangan yogʻ va moyga odatda K.i. qoʻshiladi, xom paxta moyi yoki soya moyi ham shu maqsadda ishlatiladi. K.i.ning taʼsirini boshqa moddalar, mas, sitrat (limon) va askorbat kislotalar kuchaytirishi mumkin.



Polimerizatsiya ingibitorlari monomerlar saqlanganda yoki qayta haydalganda ularning polimerlanishini toʻxtatadi yoki sekinlatadi. Oltingugurt, fenollar, tannin, kanifol, mis tuzlari va b. polimerizatsiya ingibitorlaridir.[1]
Download 18,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti