Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati


Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish



Download 0,52 Mb.
bet9/28
Sana06.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#483863
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar b...

Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish. Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada nuqsonli bo’lgan bolalar ko’pchilikni tashkil etadilar. Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og’rish, zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab bo’lishi mumkin. Qulog’i og’irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko’ra: nasliy, tug’ma va kelib chiqqan tarzda turlanadi.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalari surdopedagogika (yunoncha “surdus” – kar) tomonidan o’rganiladi.
Eshitish analizatorining mo’’tadil ishlashi bolaning umumiy rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo’lib, uning buzilishi natijasida bolaning nutqi, psixologik rivojlanishi yomonlashadi, umumiy rivojlanishi ortda qoladi.
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish mumkin. O’qituvchi bolaning eshita olishiga e’tibor berishi lozim. Bolani birinchi yoki ikkinchi partaga, iloji bo’lsa o’rta qatorga o’tkazish kerak. SHu bilan birga o’qituvchi bola darsni tushuna olganligi, topshiriqni to’g’ri bajarayotganligini nazorat qilib turishi kerak. Ba’zida eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida eshitadigan tengdoshlari bilan birga muvaffaqiyatli o’qiydilar.


Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalarini tiflopedagogika (yunoncha “typhlos” – ko’r) o’rganadi.
Ko’rish qobiliyatining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’ladi.
Ommaviy maktablarda ta’lim olganda ko’rishda nuqsoni bo’lgan bola jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi predmetlarni tanib olish, shaklini ajratish, o’ziga xos belgilari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lishda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bolalar satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o’qish texnikasini egallash, o’qilganlarning mazmunini tushunishga halaqit beradi. Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida ko’rishda nuqsoni bo’lgan bola qarab bajariladigan ishni tashkil etishda tez charchaydi, natijada ish qobiliyati pasayadi. U tuzatuvchi ko’zoynak taqishi kerak. Lekin ko’zoynak taqishda bola pedagogning unga diqqat bilan munosabatda bo’lishiga ehtiyoj sezadi. Maktabda va uyda o’quv ishlarini bajarishda sanitar-gigienik talablarga amal qilishi lozim.
Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ish olib borayotgan o’qituvchi korrektsion ishlarning o’ziga xos jihatlarini bilishi zarur. O’qituvchi o’quvchining doska, jadval va xaritadagi o’quv materiallarini qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak. Kurishida nuqsoni bo’lgan bolada ko’zi charchashi ko’p kuzatiladi. SHuning uchun dars paytida unga ko’rish ishlarini boshqa turdagi ishlar bilan almashtirib turishga imkon beriladi. Bola 10-15 minut davomida intensiv ko’rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki derazaga) qarashi kerak. Bu ko’rish charchog’ining bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bola uchun ish o’rni to’g’ri va yetarlicha yoritilgan bo’lishi kerak. Bunday bola deraza yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o’tkaziladi. Yaqinni ko’radigan bola ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o’tkazilishi zarur. Uzoqni ko’radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o’tkazilishi talab etiladi.
O’z sinflarida og’ir ko’rish qobiliyati buzilgan bola bo’lgan o’qituvchilar bolaga tabaqalashgan yondashuv asosida munosabatda bo’lishlari zarur. Bunday holatda o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolaning ish o’rni esa ko’shimcha yoritilgan bo’lishi kerak. O’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o’qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi zarur. O’qituvchi o’zining har bir harakati mohiyatini so’z yordamida sharhlab borishi,
Sinfida ko’r yoki yomon ko’radigan bola bo’lgan o’qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko’radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchilar ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolani o’z vaqtida aniqlash, unga maxsus ta’lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga yuborishdan iborat. Yomon ko’radigan bolalarni o’qitish va tarbiyalash asosan maxsus (korrektsion) maktablarda amalga oshiriladi.
Ko’rishidagi nuqsoni ancha og’ir bo’lgan – ko’r va yomon ko’radigan bolalarni o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish