Qo’shimcha resurslarni olish; ishlab chiqarish va bandlike darajasining oshishi; raqobatning kuchayishi;
Iqtisodiy tartiblarning birxillashuvi; boshqa mamlakatlar iqtisodiyotigata’sir etish darajasining oshishi; daromadlarning oshishi;
Globallashuvning kuchayishi; jahon xo’jaligida hamjihatlikning oshishi; ijtimoiy jahon xo’jaligining yaxshilanishi uchun sharoitlar yaratish;
Salbiy natijalar
Jahon xo’jaligida mamlakatlar ixtisoslashuvini tanlashda tashqi nazoratning kuchayishi; milliy biznesning o’rnini boshqa turdagi sohalar egallashi;
Davlat nazorati rolining kamayishi; kapitalni investitsiyalar shaklida olib chiqilishi natijasida ish joylarining qisqarishi;
Xususiy manfaatlarga xizmat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizim markazlarishing paydo bo’lishi;
Transmilliy korporatsiyalar faoliyati rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
Zamonaviy milliy iqtisodiy tizimning va jahon iqtisodiyotining muhim xususiyati bo‘lib, xo‘jalik faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarish va kapital to‘planishining jadallashgan o’sishi hisoblanadi. Zamonaviy korporatsiyalar shubhasiz, mamlakatda va jahonda yirik iqtisodiy va moliyaviy markazga aylanishi mumkin. Ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi yangi iqtisodiy hududning tashkil topishida, milliy va jahon moliya bozorlarini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Yirik korporatsiyalarning sotish hajmi dunyoning ko‘plab mamlakatlari YIM hajmidan oshib ketadi. Dunyodagi ikki yuzta yirik transmilliy kompaniyalarning umumiy sotish hajmi AQSH, Yaponiya, Gcrmaniya. Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, XRR , Braziliya, Kanada, Ispaniyadan tashqari barcha mamlakatlarning YIM hajmidan ortiqdir. Oxirgi 25 yilda ushbu ko‘rsatkich mazkur tuzilmalar uchun ishchilar soni 14,4 foizga oshgani holda deyarli 4 marta ko‘paygan.1
Ma’lumki, TMKlar zamonaviy jahon xo‘jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalarining xarakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning o‘zlarini xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko‘rsatishlarining ulushi kattadir.
Jahon mamlakatlarida TMKlarning xorijiy bo’linmalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga hamda ular faoliyat yuritayotgan mamlakatlardagi mahsulotlarga bo'lgan ichki talab darajasini doimiy o‘rganib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. TMKlar o‘z faoliyatlarini milliy iqtisodiyotlardagi ichki talab darajasiga mos holda muvofiqlashtirib bormoqdalar. Bu holat ularning eksport va sotish hajmining oshishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.