II bob. Korporativ tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilishning
amaldagi holati tahlili
2.1 Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliq organlari tomonidan
nazorat qilishning amaldagi mexanizmi va uning tahlili
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari, xususan korporativ
tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilishda soliq organlari eng asosiy nazorat
qiluvchi organ hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatmizda soliq
nazoratini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda faoliyat olib
borayotgan ko’p sonli tadbirkorlar takliflari inobatga olinib, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 apreldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini
tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish
tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-
4296-sonli Farmoni bilan tekshirishlar soni yanada qisqardi, ularni tashkil etish,
o’tkazish tizimi takomillashdi. Shuningdek, Farmonda Nazorat kiluvchi organlar
faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan
tekshiruvlar reja-jadvaliga tushgan korxonalardan soliq va boshqa majburiy
to’lovlarni o’z vaqtida to’lagan, ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o’sishi va
rentabelligini ta’minlaganlarini 2014 yilgi reja-jadvaldan chiqarib tashlanishi qayd
etib o’tilgan.
Xususan, NQOFM respublika kengashi tomonidan tasdiklangan 2014 yilgi
tekshirishlar reja-jadvaliga jami 5 310 ta tadbirkorlik sub’ekti qo’yilgan bo’lib,
Farmon ijrosi bo’yicha ulardan 595 tasi (yoki 11,3%) yuqorida qayd etilgan
me’zonlar asosida chiqarib tashlandi, shu bilan birga, bo’lib o’tadigan kompleks
tekshirishlarning 32 tasida (yoki 0,6%) soliq va ayrim nazorat kiluvchi
organlarning ishtiroki bekor kilindi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining
“O’zbekiston Savdo - sanoat palatasi to’g’risida” gi Qonuni 3-moddasiga ko’ra
Palata tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishchanlik
muxitini takomillashtirish, Palata a’zolarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini
ifoda etish xamda ximoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan
aloqalarini yo’lga qo’yishga ko’maklashish maqsadida tashkil etilgan bo’lib,
Qonunning 13-moddasida uning a’zosi xisoblangan tadbirkorlik sub’ektlari
faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etish huquqi berilgan.
Ushbu vazifalar yuzasidan ishlarni sifatli tashkil etish, tekshirishlarga doir
qonun xujjatlari talablarining bajarilishi, tekshirishlar shaffofligini ta’minlashning
tizimli ravishda amalga oshirilishiga erishish maqsadida Savdo-sanoat palatasi
xuzurida “Tadbirkorlik sub’ektlari murojaatlari va tekshirishlarni monitoring qilish
markazi” (keyingi o’rinlarda - Monitoring markazi deb yuritiladi) tashkil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |