Inqirozga qarshi qoʻllaniladigan chora-tadbirlar
ma’lum bir miqdordagi moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Mazkur jarayonda yuzaga
kelgan inqiroz oqibatlarini bartaraf etish uchun xavf darajasiga mos moliyaviy
xarajatlarni amalga oshirish lozim. Aks holda amalga oshirilgan xarajatlar oʻz
samarasini bermasligi mumkin. Masalan, kutilayotgan moliyaviy yoʻqotishlar
darajasidan yuqori miqdorda moliyaviy xarajatar amalga oshirilsa, pul
mablagʻlarining ma’lum bir qismi besamar ishlatilgan hisoblanadi, yoki aksincha
moliyaviy xarajatlar kutilyotgan xavf darajasidan kam miqdorda amalga oshirilsa,
yuzaga kelgan xavf-xatar toʻliq bartaraf etilmasdan qoladi. Shu boisdan korxonalar
inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvida yuqoridagi prinsipga ham jiddiy e’tibor
qaratish talab etiladi.
5.
Inqirozning oldini olish uchun oʻz ichki imkoniyatlaridan maksimal foydalanish prinsipi. Mazkur prinsip korxonalarda inqirozlarning salbiy moliyaviy
oqibatlari haqida ogohlantirish va ularga qarshi kurash jarayonida birinchi navbatda
oʻz ichki imkoniyatlarini maksimal darajada hisobga olish va ulardan samarali
foydalanish lozimligini nazarda tutadi. Chunki inqirozning oldini olish yoki uning
salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida chetdan mablagʻlar jalb qilish uchun
ham qoʻshimcha moliyaviy xarajatlar, shuningdek vaqt talab qilinadi.
6.
Koʻp tomonlama kompleks chora-tadbirlar qabul qilish prinsipi. Moliyaviy
inqiroz yuzaga kelish shakllari, ularga sabab boʻluvchi omillar m’lum bir
kompleksligi bilan tavsiflanishidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan
inqirozga qarshi chora-tadbirlar ham kompleks tarzda qabul qilinishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Shundagina yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy
oqibatlarning samarali oldini olish mumkin boʻladi.
7.
Qoʻllanilayotgan mexanizmlarning muqobilligi prinsipi. Inqirozga qarshi
kurash boʻyicha qoʻllaniladigan har qanday chora-tadbir yoki qabul qilinadigan
qarorlar koʻrib chiqilgan variantlardan eng optimalini tanlashga asoslanishi lozim.
Har bir muqobil variantni baholash ularning samaradorlik darajasi va amalga
oshirish uchun talab qilinadigan moliyaviy xarajatlar miqdori tahlilini oʻz ichiga
oladi.
8.
Moslashuvchanlik prinsipi. Inqiroz yuzaga kelish dinamikasi sharoitlar
oʻzgarib borishiga muvofiq ravishda qarorlar qabul qilishni talab etadi. Inqirozga
qarshi moliyaviy boshqaruvning qayishqoqligi va tezkor moslashuvchanligi
inqirozga qarshi qoʻllaniladigan chora-tadbirlarning samaradorligiga xizmat qiladi.
9.
Samaradorlik prinsipi. Bu prinsip inqirozga qarshi chora-tadbirlar va ularni
amalga oshirish uchun yoʻnaltirilgan xarajatlarni baholash orqali amalga oshiriladi.