Aloqalar
Qimmatli qog‘ozlar bozori bozor iqtisodiѐtining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblansa, fond birjasi esa bozor iqtisodiѐtining zaruriy bo‘g‘ini hisoblanadi. Toshkent Respublika fond birjasi – bu qimmatli qog‘ozlar bozoriga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar (Markaziy depozitariya, Hisob-klirin palatasi, ikkinchi pog‘onali depozitariyalar, brokerlik idoralari) bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo jaraѐnlarini yanada takomillashtirib borish orqali fond bozorining barcha sub’ektlari uchun investitsiya manbalariga erkin kira olish imkoniyatini yaratib beruvchi tashkillashgan va doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qimmatli qog‘ozlar bozoridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21-yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Toshkent Respublika fond birjasi bugungi kunda iqtisodiѐtning barqaror o‘sish sur’atlarining asosiy shartlaridan biri bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishida va uning rivojlanishida faol ishtirok etmoqda.
Zero, mazkur muassasa aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlarini birlamchi joylashtirish va ularning ikkilamchi bozorda erkin muomalada bo‘lishi hamda investorlarning qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi jaraѐnlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib kelmoqda.
Birja savdolari orqali, xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ko‘rinishidagi mamlakat iqtisodiѐtining turli sohalari xaqiqiy mulkdorlarga, va shunga mutanosib ravishda keng ko‘lamdagi tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiyalash uchun yirik mablag‘lar jalb qilinishiga, yangidan tashkil etilaѐtgan aksiyadorlik jamiyatlari esa o‘z investitsiya loyihalarini amalga oshirishlari uchun qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ega bo‘lmoqdalar.
Korporativ qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishning birja mexanizmi taxlili( Toshkent RFB) misolida
Toshkent Respublika fond birjasi mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy savdo maydoni hisoblanadi. 2011 yil natijalari bo‘yicha birja savdo hajmi qimmatli qog‘ozlar bozori umumiy aylanmasining 13,3% foizini tashkil qildi (2010 yilda bu ko‘rsatkich 3,8%ni tashkil qilgan edi).
Birja savdo hajmlarining so‘nggi besh yillikdagi natijalari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2011 yilda birja savdo aylanmasi o‘z faoliyati davridagi eng yuqori ko‘rsatgichga erishdi. 2007-2008 yillarda birja savdo aylanmasi 100 mlrd. so‘mdan ko‘proqni tashkil qilgan bo‘lsa, 2010 yilda esa bu miqdor eng past ko‘rsatkichni, ya’ni 64,4 mldr. so‘mni tashkil qilgan edi. 2011 yil birja faoliyatida sezilarli jonlanish kuzatilib, birja savdo aylanmasining umumiy hajmi 213,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi va bu 2010 yil natijalariga nisbatan 3,3 barobarga ko‘p demakdir. Yil mobaynida 112 ta aksiyadorlik jamiyatining 224,7 mln. dona aksiyalari va 3 ta emitentning 69 ming dona korporativ obligatsiyalari bilan jami 1134 ta birja bitimlari amalga oshirildi.
4-rasm. “Toshkent” Respublika fond birjasi savdo
Do'stlaringiz bilan baham: |