Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
 
11.3. Iqtisodiyotni rivojlantirishda korporativ boshqaruvning ahamiyati 
 
Korporativ  boshqaruv  yirik  biznes  yuritish  zarurati  obyekti  sifatida  shakllangan. 
Tabiiyki, bundan oldin Korporatsiyalar shakllanishining uzoq muddatli jarayoni ro‘y 
bergan.  Ma’lum  bir  bosqichda  xalqaro  hamjamiyat  korporativ  strukturalar 
joylashuvidan  qat’iy  nazar  ularni  boshqarish  jarayonlarini  soddalashtirish  va  bir 
xillashtirishga  imkon  beradigan  umumiy  me’yorlar  va  andozalar  ishlab  chiqishga 
majbur bo‘ldi. 
Korporatsiyalar  shakllanishi  umumjahon  tendensiyalarini  tahlil  qilib,  mutaxassislar 
uchta  asosiy  bosqichni  ajratib  ko‘rsatadilar.  Har  bir  bosqich  jamiyatda  o‘sha  paytda 
shakllangan Korporatsiyalarga xos jihatlarni aks ettiradi. 
 
XX 
asrning 
boshlarida 
sanoat 
inqilobi 
davomida 
paydo 
bo‘lgan 
Korporatsiyalar  ularning  egalari  mulki  sifatida  qabul  qilingan.  Ular  kiritilgan 
mablag‘larga  mos  keluvchi  qaytim  (samara)  ta’minlash  maqsadi  uchungina  xizmat 
qiladi  deb  hisoblangan.  Korporatsiya  mashina  sifatida  ko‘rib  chiqilgan,  xodimlar  va 
boshqaruvchilar  bu  mashinaning  qismlari  hisoblangan.  Bu  davrda  boshqaruvning 
mexanistik modeli hukmronlik qilgan. Ushbu davrga quyidagi sharoitlar xos bo‘lgan: 
■  Korporatsiya  egasi  xodimlar  ustidan  cheksiz  hukmronlik  qilgan  va  ularni 
xohlaganicha xo‘jayinchilik qilgan; 
■  xodimlarning  malaka  darajasi  juda  past  bo‘lgan  va  takomillashuv  uchun 
stimullar bo‘lmagan; 
■  ma’lumot  va  so‘rovlar  darajasi  past  bo‘lgan,  chunki  ishsizlik  bilan  bog‘liq 
iqtisodiy muhtojliklar tahdidi muntazam bo‘lgan. 
Iqtisodiy rivojlanishning mazkur bosqichi korporativ boshqaruvning nazariy asoslari 
negizi hisoblangan quyidagi ishlarda o‘z aksini topgan. 
Korporativ  boshqaruvning  nazariy  asoslari  firmani  boshqarish  elementlarini  qamrab 
oladi  hamda  belgilangan  boshqaruv  va  ishlab  chiqarish  tashkiliy  strukturasiga  ega 
firmaning ko‘p profilli yirik biznesgacha rivojlanish tendensiyalarini modellashtiradi. 
 
Firma nazariyasi - bu xo‘jalik subyekti ishlab chiqarish omillari to‘plami sifatida 
ko‘rib  chiqiladi:  u  =  f  (K,  L).  Klassik  ma’noda,  tashqi  muhit  va  ichki  tashkiliy 


 
 
195 
strukturasi  ifodalangan  xo‘jalik  subyekti  tushunchasi  mavjud  emas.  SHu  sababli 
tashqi  ta’minotchilarsiz,  huquqiy  tartibga  solishsiz,  siyosiy  muhit  ta’sirisiz  yopiq 
tashkilot tizimi ko‘zda tutiladi. Xo‘jalik subyektlarini moliyalashtirishning qoidasiga 
ko‘ra, tashqi qarzlarni qamrab oladigan murakkab jarayonlari ham bekor qilingan. 
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  davrda  Korporatsiyalar  mexanistik  konsepsiyasi 
barbod bo‘ldi, bu davr Korporatsiyani organizm sifatida qabul qilish bilan tavsiflana 
boshladi.  Firmalar  sonining  o‘sishi  raqobat  va  markazlashuv  jarayonlariga  sabab 
bo‘ldi. O‘sha davrdagi Korporatsiyalar maqsadi ikkita muhim vazifa – kun ko‘rish va 
o‘sishdan  iborat  bo‘ldi.  Ishlab  chiqarish  va  boshqaruvning  sifat  tavsifnomalar 
kuchayishi sababli foyda olish ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Korporatsiya murakkab 
struktura  va  uning  faoliyatidagi  muvaffaqiyat  yoki  muvaffaqiyatsizlik  uning  ichki 
strukturasida  yashiringan  deb  hisoblangan.  Tashqi  muhitning  mavjudligi  ko‘zda 
tutilmagan, tabiiyki, uning ta’siri ham hisobga olinmagan. Mazkur bosqich quyidagi 
sharoitlar bilan tavsiflanadi: 
■  mehnatning  texnik  mazmunini  murakkablashuvi  xodimlar  ma’lumoti 
darajasining sezilarli o‘sishiga olib keldi; 
■  ish  beruvchilarning  xodimlarga  bog‘liqlik  darajasi  ortdi,  xodimlarni 
boshqarish mexanizmlari takomillashdi

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish