Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Aksiyadorlarni xukuk va manfaatdor tomonlari



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
2.5. Aksiyadorlarni xukuk va manfaatdor tomonlari 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan ishlab chiqilgan 
korporativ boshqaruv qoidalari mazkur boshqaruv tartibining eng muhim tomonlarini 
o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unda aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish jihatlariga 
alohida e’tibor qaratilgan. 
Korporativ  boshqaruvning  asosiy  qoidalarida  qayd  etilganidek,  ushbu 
boshqaruv  tuzilmasi  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilishga  yo‘naltirilgan 
bo‘lishi  kerak.  YA’ni,  aksiyadorlik  jamiyati  kapitaliga  o‘z  mablag‘ini  qo‘shgan 
investorda  muayyan  darajadagi  mulkiy  huquq  mavjud  bo‘ladi.  Masalan,  u  oddiy 
aksiyani  sotishi,  sotib  olishi  yoki  biror  shaxs  nomiga  o‘tkazishi  mumkin.  Bundan 
tashqari,  oddiy  aksiya  investorga  korporatsiya  foydasining  bir  qismiga  egalik  qilish 
imkoniyatini  beradi  va  bu  borada  yuklatiladigan  mas’uliyat  uning  investitsiyasi 
hajmidan  kelib  chiqadi.  SHuningdek,  oddiy  aksiya  investor  uchun  aksiyadorlar 
Umumiy  yig‘ilishida  ishtirok  etish  va  unda  ovoz  berish  yo‘li  bilan  korporatsiya 
haqida ma’lumot olish, korporatsiya faoliyatiga ta’sir o‘tkazish huquqini beradi. 
Aksiyadorlarning  korporatsiya  faoliyatiga  nisbatan  ko‘rsatadigan  ta’siriga  oid 
huquqlari  aksiyadorlik  jamiyatlari  to‘g‘risidagi  qonunda  va  kompaniyaning  ichki 
hujjatlarida  belgilangan  boshqaruv  a’zolarini  saylash,  kompaniya  ustaviga 


 
 
54 
o‘zgartishlarni kiritish, favqulodda xususiyatga ega bitimlarni ma’qullash kabi qator 
asosiy masalalarni o‘zida jamlaydi. 
Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkilotining  korporativ  boshqaruv  asosiy 
qoidalarida aks ettirilgan aksiyadorlarning huquqlari bilan bog‘liq jihatlar tashkilotga 
a’zo  mamlakatlar  qonunchiligida  qayd  ettirilgan  bo‘lib,  ba’zi  hollarda  auditorlarni 
saylash  va  tasdiqlash,  boshqaruv  a’zoligiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  nomzod  ko‘rsatish, 
aksiyani garovga qo‘yish, foydani taqsimlashni tasdiqlash kabi qo‘shimcha huquqlar 
ham uchraydi. 
Asosiy  qoidalarga  ko‘ra,  aksiyadorlarning  huquqlari  va  manfaatlari  qatoriga 
Umumiy  yig‘ilishlarning kuni, vaqti, kun tartibi, shuningdek,  ko‘riladigan masalalar 
haqida  etarlicha  va  o‘z  vaqtida  ma’lumot  olish  kabilar  ham  kiradi.  SHu  bilan  birga 
aksiyadorlarga  Umumiy  yig‘ilish  kun  tartibiga  masalani  taklif  etish,  yig‘ilish 
chog‘ida savol bilan murojaat qilish uchun imkoniyat yaratib berish kerak hisoblanib, 
bu jarayon ularning huquqlari doirasida amalga oshiriladi. 
Ba’zi  kompaniyalar  tomonidan  aksiyadorga  Umumiy  yig‘ilishda  ishtirok 
etishda  qulaylik  yaratish  maqsadida  taklif  va  savollarni  taqdim  etish  jarayoni 
soddalashtiriladi yoki savollarni oldindan berish va tegishli javoblarni olish bo‘yicha 
imkoniyatlarni  kengaytirishga  e’tibor  qaratiladi.  Aksiyadorlar  ishtirokining 
samaradorligini  oshirishda  elektron  kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanish 
ham muhim vosita sifatida ayrim tajribalarda kuzatilmoqda. 
Korporativ  boshqaruvning  asosiy  qoidalarida  qayd  etilganidek,  uning 
tuzilmasida  aksiyadorlarga  teng  munosabat  huquqi  alohida  ahamiyatga  ega.  Uning 
mazmuni  mayda  va  xorijiy  aksiyadorlarni  ham  qo‘shib,  barcha  aksiyadorlarga  teng 
munosabatda bo‘lish hamda ularning barchasi o‘z huquqlari poymol qilingan holatda 
samarali  himoya  mexanizmidan  foydalanish  huquqiga  egaligidan  iborat.  Zero, 
investor  o‘z  kapitalining  korporatsiya  boshqaruvchisi  yoki  uning  a’zolari  yoxud 
nazorat  aksiya  paketiga  ega  bo‘lgan  aksiyadorlar  tomonidan  qonunga  xilof  ravishda 
ishlatilishi  yoki  suiiste’mol  qilinishidan  himoya  qilinishi  shart  va  bu  muhim  omil 
sanaladi.  Bunday  munosabat  korporativ  boshqaruv  jarayoni  ishtirokchisi  sanalgan 
ham  mahalliy,  ham  chet  el  investorlariga  taalluqli  bo‘lib,  bu  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 


 
 
55 
investitsiyalarni  boshqarish  bo‘yicha  hukumat  siyosatiga  daxldor  hisoblanmaydi. 
E’tirof  etilishicha,  haqiqatan  ham  huquqlari  buzilgan  taqdirda  mayda 
aksiyadorlarning  sudga  da’vo  bilan  murojaat  qilish  huquqiy  mexanizmi  tizimining 
qo‘llanilishi ushbu investorlarning ishonchini oshiradi.  Ammo bunday tizim  mazkur 
masalani  sudda  ko‘rish  ishlari  ko‘payib  ketishiga  sabab  bo‘lishining  oldini  olish  va 
ayni  paytda  investorlar  huquqlarining  poymol  qilinmasligi  maqsadida  ko‘pgina 
davlatlarda  mojarolarni  hal  etishning  muqobil  turi,  ya’ni  qimmatli  qog‘ozlar  bozori 
faoliyatini  tartibga  soluvchi  organlar  yoki  boshqa  tashkilotlar  tomonidan 
uyushtiriladigan ma’muriy eshituv yoki hakamlik sudidan foydalaniladi. 
Aksiyadorlarning  Umumiy  yig‘ilishlarini  o‘tkazish  tartibida  ham  barcha 
aksiyadorlarga  bir  xil  sharoitni  yaratish  va  teng  munosabatda  bo‘lish  talabi  asosiy 
qoidalarda  o‘z  aksini  topgan.  SHu  boisdan  Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot 
tashkilotiga  a’zo  davlatlarda  ko‘pgina  kompaniyalar  aksiyadorlar  bilan  muloqot 
kanallarini  imkon  qadar  kengaytirishga  harakat  qiladilar.  Kompaniyalarning 
aksiyadorlar  Umumiy  yig‘ilishlariga  qo‘yiladigan  sun’iy  to‘siqlarni  bartaraf  etishga 
qaratilgan harakatlarini taqdirlash tajribasi ham mavjud. 
Korporativ  boshqaruvning  aksiyadorlar  huquqlari  himoyasi  bilan  bog‘liq 
asosiy qoidalarining yana bir jihatiga ko‘ra, ichki ma’lumotlardan foydalanishda o‘z 
shaxsiy  manfaatini  ko‘zlash  yoki  suiiste’molchilikka  yo‘l  qo‘yish  umuman 
taqiqlanadi.  Bu  taqiq  IHTTga  a’zo  mamlakatlarning  qimmatli  qog‘ozlar  bozori, 
aksiyadorlik  jamiyatlari  to‘g‘risidagi  qonunlarida  hamda  jinoyat  qonunchiligida 
belgilangan. 
Korporativ  boshqaruv  tizimi  qonunchilikda  ko‘zda  tutilganidek,  manfaatdor 
shaxslarning  huquqlarini  tan  olishi  va  korxonaning  moliyaviy  barqarorligini 
ta’minlash, boylik va ish o‘rinlarini yaratishda korporatsiya bilan manfaatdor shaxslar 
o‘rtasidagi  faol  hamkorlikni  taqdirlashi  lozimligi  asosiy  qoidalarning  muhim  qismi 
sifatida  ifodalangan.  Binobarin,  korporativ  boshqaruvning  muhim  jihatlaridan  biri 
firma yoki kompaniyaga tashqi kapital oqimini ta’minlashdan iboratdir. SHuningdek, 
bunday  boshqaruv  firma  yoki  kompaniyaga  samarali  investitsiyani  kirituvchi  turli 
manfaatdor  shaxslarni  jalb  etishni  ko‘zda  tutishi  kerak.  SHu  boisdan 


 
 
56 
korporatsiyalarning  raqobatbardosh  va  foyda  bilan  faoliyat  yuritishida  manfaatdor 
shaxslarning  ulushi  o‘ziga  xos  ekanligini  to‘g‘ri  anglash  zarurligi  e’tirof  etiladi 
korporativ boshqaruvning asosiy qoidalarida. 
IHTTga  a’zo  davlatlarning  barchasida  korporativ  boshqaruvda  manfaatdor 
shaxslarning  huquqlari  mehnat,  savdo  va  shartnomaviy  munosabatlar  bo‘yicha 
qonunchilikda  belgilangan.  Huquqlari  buzilgan  holatlarda  esa  ular  samarali  himoya 
mexanizmidan  foydalanish  imkoniyatlariga  ham  ega  ekanliklari  qonunlarda 
ifodalangan.  Ba’zi  sohalarda  qonun  doirasida  o‘rnatilmagan  bo‘lsada,  ko‘pgina 
firma-kompaniyalar  tomonidan  manfaatdor  shaxslar  huquqlari  bo‘yicha  qo‘shimcha 
majburiyatlarni olish jarayoni kuzatiladi. CHunki, kompaniya yoki firmaning obro‘si 
va  faoliyat  natijalari  manfaatdor  shaxslarni  himoya  qilish  darajasi  ko‘lamdorligini 
talab  etadi.  Albatta,  manfaatdor  shaxslarning  korporativ  boshqaruvdagi  ishtirokidan 
kelib  chiqib,  ularni  zarur  axborotlar  bilan  ta’minlash  ham  qonunchilikda  va 
amaliyotda o‘z o‘rnini topgan. 
    

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish