Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
   
16.3. Kengash faoliyati samardorligini baholash 
 
  O‘zbekistonda  hozirgi  paytda  rasman  barcha  an’anaviy  modellarning  tarqoq 
holdagi tarkibiy qismlari mavjud: nisbatan maydalab yuborilgan mulk (biroq nolikvid 
bozor  va  kuchsiz  institutsional  investorlar),  nazorat  va  mulkni  bir  erga  to‘plashning 
yaqqol va barqaror tendensiyasi (biroq to‘g‘ri keladigan moliyalashtirish va samarali 
monitoringsiz),  har  xil  turdagi  murakkab  korporativ  tarkiblar  shakllanishi  (biroq 
biron-bir  turga  moyillik  yo‘q).  Quyidagi  tendensiyalarni  ham  ko‘rsatib  o‘tish 
mumkin: 
 moliya-sanoat guruhlarining gurkirab rivojlanishi bilan O‘zbekistonda yapon 
modeli  –  bank  nazorati  va  moliyalashtirishga  asoslangan,  nisbatan  yopiq  model 


 
 
232 
tomon burilish ro‘y berdi; 
 ingliz-amerika modeli bilan o‘xshashliklar qayd etildi: modelda ham birinchi 
navbatda  kompaniya  qiymatini,  uning  qisqa  muddatli  istiqboldagi  foydasini 
oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat rag‘batlantiriladi; 
 boshqaruv 
tizimi 
yuqori 
moslashuvchanligini 
qo‘llab-quvvatlash, 
kompaniyalarning  tashqi  muhit,  yangiliklar  va  riskka  moslashuviga  yo‘nalganlikni 
ham qayd etish mumkin. 
 
SHu tariqa, O‘zbekistonda shunday vaziyat yuzaga keldiki, bu erda korporativ 
boshqaruv tizimlarining bironta turi etakchilik qilmaydi, korporativ boshqaruv milliy 
modeli esa endi shakllanish bosqichida  turibdi. 
 
Umuman 
O‘zbekistonda 
korporativ 
boshqaruv 
milliy 
modelini 
rivojlantirishning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni alohida ko‘rsatish zarur: 
  Korporatsiyalarda mulkni qayta taqsimlash uzluksiz jarayoni; 
  ko‘plab  insayderlarning  (menejerlar  va  yirik  Aksiyadorlar)  Korporatsiya 
aktivlarini  «chiqarish»  va  moliyaviy  oqimlar  nazorati  bilan  bog‘liq  o‘ziga  xos 
motivatsiyalari; 
  korporativ  boshqaruv  an’anaviy  «tashqi»  mexanizmlari  sust  yoki 
g‘ayriodatiy roli (qimmatli qog‘ozlar bozori, bankrot, korporativ nazorat bozori); 
  Aksiyadorlik  kapitalida  davlat  ulushining  kattaligi  hamda  boshqaruv  va 
nazoratning kelib chiqadigan mammolari; 
  samarasiz  yoki  tanlanma  (siyosiylashtirilgan)  davlat  inforsmenti 
(Aksiyadorlar  huquqlarini  himoya  qilish  sohasida  qonunchilik  nisbatan  rivojlangan 
holatda). 
 
SHu  bilan  birga  korporativ  boshqaruv  milliy  modelining  rivojlanishini 
qiyinlashtiradigan konseptual xarakterli qator muammolar mavjud: 
1. O‘tish  davri  iqtisodiyotiga  ega  mamlakatlar  uchun  korporativ  boshqaruv 
tizimini  rivojlantirishning  umumiy  yondashuvi  va  umumiy  yo‘nalishi  yo‘qligi. 
Masalan,  Djozef  Stiglits  1999  yil  mulk  va  boshqaruv  o‘rtasidagi  aloqalar 
muammolari  nuqtai  nazaridan  agentlik  munosabatlari  zanjirini  qisqartirishga  ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadagina insayderlar roliga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etgan. 


 
 
233 
Xuddi  shu  yili  evropa  taraqqiyot  va  tiklanish  banki  keyingi  o‘n  yillik  uchun  eng 
muhim  yo‘nalishlardan  biri  sifatida  «issiq  joy  topib  olgan  insayderlar»ga  qarshi 
kurash zaruratini ko‘rsatib o‘tgan. 
Kengroq  ma’noda  mulk  huquqining  iqtisodiy  tabiati  masalasi  «sof»  nazariya 
doirasidan  chiqadi  —  oxirgi  paytlarda  u  xo‘jalik  yuritish  siyosatining  dolzarb 
muammolari  (masalan,  xususiylashtirish  natijasida  vujudga  kelgan  muammolar) 
tobora ko‘proq bog‘lanmoqda 
 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish