Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Kuzatuv kengashining roli va vazifalari



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
15.3. Kuzatuv kengashining roli va vazifalari 
Kuzatuv kengashining roli va vazifalarini qo‘yidagilarda kurish mumkin: 
 
  Kengashning  vazifasiga  Aksiyadorlar  nomidan  Jamiyat  faoliyatiga  rahbarlik 
qilish va uning oliy menejerlari (Boshqaruv, Bosh direktor) faoliyatini nazorat qilish 
kiradi. 
 
Kengash faoliyatining asosiy jabhalari: 
 
- Aksiyadorlik jamiyatlari strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
 
- risklarnii boshqarish tizimining yaratilishini ta’minlash; 


 
 
226 
 
- jamiyatning joriy moliyaviy - xo‘jalik faoliyati; 
 
- Aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi (oliy menejerlar)ning ishlashini kuzatish; 
 
- Kengash va uning alohida a’zolarining ishini yo‘lga qo‘yish; 
 
- kompaniya faoliyati haqida axborotni tayyorlash va oshkor qilish; 
 
- inqirozning oldini olishga qaratilgan boshqaruv; 
      - nomzodlarni ko‘rsatish; 
 
- nomzod ko‘rsatishda cheklanishlar; 
 
- nomzod ko‘rsatish muddatlari; 
 
- son tarkibi; 
 
- nomzodlar bo‘yicha talabnomalarni berish tartibi va shakli; 
 
- talabnomalarni ko‘rib chiqish tartibi. 
 
Kuzatuv kengash a’zoligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 
 
- qonuninchilikda o‘rnatilgan cheklanishlar; 
 
- alohida Aksiyadorlik jamiyatlarida Kuzatuv kengashiga saylanadigan shaxslarga 
maxsus talablar. 
 
Kuzatuv kengashi a’zosi uchun zarur bo‘lgan fazilatlarga quyidagilar kiradi: 
 
- korporativ huquqda savodli bo‘lish;  
 
- tarmoqqa doir bilimlarga va zarur kasbiy malakaga ega bo‘lish; 
 
- halol va o‘z mas’uliyatini his qiladigan shaxs sifatida tanilgan; 
 
- etarli vaqt ajrata oladigan; 
 
-  Kengashning  boshqa  a’zolari,  kompaniya  menejerlari  va  Aksiyadorlari  bilan 
samarali hamkorlik qilishga qobiliyatli; 
 
- mustaqil fikr bildirishga va uni himoya qilishga qodir; 
 
-  korporativ  munosabatlar  qatnashchilari  manfaatlarining  muvozanatiga  rioya 
qilish; 
 
-  Aksiyadorlar  va  jamiyat  manfaatlarini  himoya  qilish  masalalarida  faol 
pozitsiyaning mavjudligi. 
 
Jamiyatning  kundalik  faoliyatiga  rahbarlik  yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya 
organi  (direktor)  yoki  kollegial  ijroiya  organ  (boshqaruv,  direksiya)  tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin. 


 
 
227 
 
Bir  paytning  o‘zida  ham  yakkaboshchilik  asosidagi,  ham  kollegial  ijroiya 
organlari  bo‘lishi  nazarda  tutilgan  jamiyat  ustavida  ulardan  har  birining  vakolatlari 
belgilab  qo‘yilishi  kerak.  Bunday  hollarda  jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi 
ijroiya  organi  (direktor)  vazifasini  bajaruvchi  shaxs  kollegial  ijroiya  organi 
(boshqaruv, direksiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi. 
 
Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  tayinlanadigan  ijroiya  organi 
tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat 
kuzatuv  kengashi  qarori  bilan  belgilangan  shaxs  uning  vazifalarini  jamiyat 
Aksiyadorlarining  navbatdagi  umumiy  yig‘ilishigacha  bo‘lgan  davrda  vaqtincha 
bajarib turishiga yo‘l qo‘yiladi.  
Jamiyat  ijroiya  organining  vakolatlariga  jamiyatning  kundalik  faoliyatiga  rahbarlik 
qilishga  doir  barcha  masalalar  kiradi,  Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining  mutlaq 
vakolatlariga  yoki  kuzatuv  kengashining  vakolatlariga  kiritilgan  masalalar  bundan 
mustasno.  
 
Jamiyat  ijroiya  organi  Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  va  kuzatuv  kengashining 
qarorlari bajarilishini tashkil etadi. 
 
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat nomidan 
ishonchnomasiz  ish  yuritadi,  shu  jumladan  uning  manfaatlarini  ifoda  etadi,  jamiyat 
nomidan  bitimlar  tuzadi,  shtatlarni  tasdiqlaydi,  jamiyatning  barcha  xodimlari 
bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
 
Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan 
ilgari  tugatish,  agar  jamiyat  ustavida  ushbu  masalalarni  hal  etish  jamiyat  kuzatuv 
kengashining  vakolatlariga  kiritilmagan  bo‘lsa,  Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining 
qaroriga  binoan  amalga  oshiriladi.  Jamiyat  ustaviga  muvofiq  yoki  Aksiyadorlar 
umumiy  yig‘ilishining  yoxud  jamiyat  kuzatuv  kengashining  qaroriga  binoan 
jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial ijroiya 
organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi 
mumkin 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish