Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Xususiy kompaniyalarni boshqarishda korporativ boshqaruvning o‘rni



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

11.2. Xususiy kompaniyalarni boshqarishda korporativ boshqaruvning o‘rni. 
 
Xususiy korxonaning egasi bir shaxs bulib, u yakka xolda mulkka egalik kiladi, 
uni tasarruf etadi, daromadni oladi va uzining tadbirkorlik faoliyati natijalari buyicha 
tulik moddiy ma’suliyatli xisoblanadi. Ular davlatning vakolatli organlari tomonidan 
ruyxatga olinadi. 
 
Xususiy  korxona  o‘z  nomidan  mulkiy  va  shaxsiy  nomulkiy  huquqlarga  ega 
bo‘lishi  hamda ularni  amalga  oshirishi,  majburiyatlarni  bajarishi,  sudda da’vogar va 
javobgar bo‘lishi mumkin. 
 
Xususiy  korxona  o‘z  majburiyatlari  bo‘yicha  o‘ziga  qarashli  butun  mol-mulk 
bilan  javob  beradi.  Xususiy  korxona  mulkdori  korxonaning  mol-mulki  yetarli 
bo‘lmagan  taqdirda,  xususiy  korxonaning  majburiyatlari  bo‘yicha  o‘ziga  qarashli 
mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. 
 
Xususiy  korxona  to‘liq  firma  nomiga  ega  bo‘lishi  lozim,  shuningdek 
qisqartirilgan  firma  nomiga  ega  bo‘lishga  haqli.  Xususiy  korxona  O‘zbekiston 
Respublikasining  hududida  va  undan  tashqarida  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda  bank  hisobvaraqlari  ochadi.  Xususiy  korxona  o‘zining  to‘liq  firma  nomi 


 
 
192 
davlat  tilida  ifodalangan  va  xususiy  korxonaning  joylashgan  yeri  ko‘rsatilgan 
muhriga  ega  bo‘lishi  kerak.  Muhrda  ayni  paytning  o‘zida  firma  nomi  boshqa  tilda 
ham  ko‘rsatilishi  mumkin.  Xususiy  korxona  o‘zining  firma  nomi  yozilgan 
shtamplariga  va  blanklariga,  o‘z  emblemasiga,  shuningdek  belgilangan  tartibda 
ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  tovar  belgisiga  hamda  ko‘zga  tashlanib  turadigan  boshqa 
identifikatsiya vositalariga ega bo‘lishga haqli. 
 
Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk 
beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha 
qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. 
 
Xususiy  korxona  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  boshqa  yuridik 
shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok 
etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli. 
Xususiy  korxonaning  ta’sis  hujjati  uning  ustavidir.  Xususiy  korxonaning  ustavida 
korxonaning  firma  nomi,  uning  joylashgan  yeri  va  pochta  manzili  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar,  asosiy  faoliyat  turlarining  ro‘yxati,  mulkdorning  familiyasi,  ismi, 
otasining  ismi  va  yashash  joyi,  ustav  fondining  miqdori  o‘z  ifodasini  topishi  lozim, 
bundan  tashqari  ustavda  qonun  hujjatlariga  zid  kelmaydigan  boshqa  qoidalarni  ham 
belgilash mumkin. 
 
Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs 
maqomiga  ega  bo‘ladi.  Xususiy  korxonani  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Xususiy  korxonaning  ustav  fondi  bo‘linmasdir  va  uni  mulkdorning  o‘zi  belgilaydi. 
Pul,  qimmatli  qog‘ozlar,  pul  bilan  baholanadigan  boshqa  mol-mulk  yoki  mulkiy 
huquqlar  yoxud  boshqa  shaxsga  beriladigan  o‘zga  huquqlar  xususiy  korxonaning 
ustav  fondiga  qo‘shiladigan  hissa  bo‘lishi  mumkin.  Mulkdor  xususiy  korxonaning 
ustav  fondiga  o‘zi  kiritadigan  mol-mulkni  mustaqil  baholaydi.  Agar  xususiy 
korxonaning  ustav  fondi  shakllantirilayotganda  mulkdor  o‘z  oila  a’zolarining 
umumiy  (ulushli  yoki  birgalikdagi)  mulki  hisoblangan  mol-  mulkni  korxonaga 
berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan 
rozilik olish talab etiladi. 


 
 
193 
 
Xususiy  korxonaning  ustav  fondini  ko‘paytirish  va  kamaytirish  mulkdorning 
qaroriga ko‘ra, xususiy korxonaning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi har bir moliya  yilining 
yakunida  xususiy  korxona  sof  aktivlarining  qiymati  uning  ustav  fondidan  kam 
ekanligi ma’lum bo‘lib qolsa, xususiy korxona o‘z ustav fondini o‘zining sof aktivlari 
qiymatidan  oshmaydigan  miqdorda  kamaytirishi  shart.  Xususiy  korxona  sof 
aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. 
 
Xususiy  korxona  mulkdori  korxonani  rahbar  sifatida  yakka  boshqaradi, 
korxona  nomidan  ishonchnomasiz  ish  ko‘radi,  uning  manfaatlarini  ifodalaydi, 
xususiy  korxonaning  pul  mablag‘larini  hamda  boshqa  mol-mulkini  tasarruf  etadi, 
shartnomalar,  shu  jumladan  mehnat  shartnomalari  tuzadi,  ishonchnomalar  beradi, 
banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari 
uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
Xususiy  korxona  mulkdori  xususiy  korxona  ustaviga  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish,  xususiy  korxonani  qayta  tashkil  etish 
va  tugatish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish,  xususiy  korxonaning  soliqlar  va  boshqa 
majburiy  to‘lovlar  to‘langanidan  keyin  qolgan  foydasidan  o‘z  ixtiyoriga  ko‘ra 
foydalanish,  xususiy  korxonaga  tegishli  mol-mulkni  boshqa  shaxsga  berish,  ijaraga 
berish,  garovga  qo‘yish,  boshqa  yuridik  shaxslarning  ustav  fondiga  hissa  sifatida 
kiritish  yoki  ushbu  mol-mulkni  boshqacha  usulda  tasarruf  etish  huquqiga  ega. 
Xususiy  korxona  mulkdori  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  huquqlarga  ham  ega 
bo‘lishi mumkin. 
 
Xususiy  korxona  mulkdori  ustav  fondini  shakllantirishi,  o‘ziga  qarashli 
korxonani  yakka  boshqarishi  shart.  Xususiy  korxona  mulkdori  zimmasida  qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Xususiy  korxona  mulkdori  o‘zi  vaqtinchalik  bo‘lmagan  taqdirda,  shu  muddatda 
rahbarlik  vazifasini  bajarib  turishni  boshqa  jismoniy  shaxs  zimmasiga  yuklash 
to‘g‘risida  yozma  qaror  qabul  qiladi.  Xususiy  korxona  mulkdori  muvaqqat 
rahbarning  xususiy  korxona  mol-mulkini  tasarruf  etishga  oid  huquqini  cheklab 
qo‘yishi mumkin. 


 
 
194 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish