Korporativ boshqaruv” fanidan 2-oraliq nazorat topshiriqlari



Download 21,37 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi21,37 Kb.
#780606
  1   2
Bog'liq
2-oraliq nazorat kor boshqa


Korporativ boshqaruv” fanidan 2-oraliq nazorat topshiriqlari


1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish, o‘tkazish va rasmiylashtirish bo‘yicha belgilangan muddatlar yuzasidan quyidagi jadvalni to‘ldiring.





Muddat bo‘yicha belgilangan masalalar

Belgilangan muddat

1.

Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilish

Jamiyatning taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida talab taqdim etgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida yoki yig‘ilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi kerak.

2.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida yetti kundan kechiktirmay, lekin uzog‘i bilan o‘ttiz kun oldin jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.

3.

Aksiyadorlar reyestrini shakllantirish

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan uch ish kuni oldin aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladi.

4.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritish

Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli.

5.

Davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarida davlat vakilini xabardor qilish

Davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarida jamiyat davlat vakilini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida yetti kun oldin yozma shaklda xabardor qilishi shart.

6.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonnomasini rasmiylashtirish

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi aksiyador-larning umumiy yig‘ilishi yopilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yig‘ilishda raislik qiluvchi va umumiy yig‘ilish kotibi tomonidan imzolanadi.

7.

Qabul qilingan qarorlarni aksiyadorlarga yetkazish

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari qonunchilikda hamda jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda, biroq bu qarorlar qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi.


Download 21,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish