Korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish



Download 1,63 Mb.
bet5/6
Sana08.04.2020
Hajmi1,63 Mb.
#43429
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MNP-51 Mirsaidov Miraziz Iqtisod (2)



foydalarni foydalilikni aniqlashda qiyoslab koradi va malum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarilishini davom ettirish yoki to’xtatish keraklini belgilaydi. Aylanma harakatli diagramma uy-ho’jaligi va korxonalarning o’zaro iqtisodiy faoliyatlarini qaror qabul qilishning bir-biriga boglangan, murakkab suratini tasvirlab beradi. Iqtisodiyot uchun, bu hayot –mamot qonuniyatidir. Uy-xo’jaliklari va korxonalar sotuvchi va sotib oluvchilaridir. Korxonalar resurslarni sotib oladi va mahsultlarni sotadi. Uy-xo’jaliklari esa mahsulotlarni sotib oladi va resurslarni sotadi. Iqtisodiy resurslarni va foydalanib bolingan xizmat va tovarlarni saot yo’nalishiga qarama-qarshi haqiqiy aylanma harakati va daromat hamda iste’mol harjlarini saot yo’nalishiga tomon harakatini korish mumkin.2

Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashda quyidagi asosiy mezonlarga asoslaniladi:

- bozorning etuklik darajasi;

- sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi;

- bozor sub’ektlari xususiyatlari;

- bozor miqyosi,

- iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.

Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori – bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi.

Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori,Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar);
mintaqaviy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Evropa bozori) va jahon bozori.

Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.

Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. CHakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo‘jaliklaridir.

Bozorning beshta asosiy savoli

Bozor tizimining asosiy xususiyatlari bozor iqtisodiyotining quyidagi beshta muhim savolga javob bola olishini tushunishga yordam beradi:



  • Qanday mahsulot va xizmat turlari ishlab chiqariladi?

  • Ular qay yosinda ishlab chiqariladi?

  • Ulardan asosan kimlar foydalanishi mumkin?

  • Bu tizim o’zgarishlarga qanday bardosh beradi?

  • Tizimning muvaffaqiyat garovi nimalardan iborat?

Mazkur beshta savol birinchi bolimdan muhokama qilingan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini belgilovchi iqtisodiy tanlovlarni yoritib beradi. Ular inson ehtiyojlari cheksiz bolgan bu dunyoda tanqis resurslarni aks ettiradi. Iqtisodiyotning barcha korinishlari shu beshta savolga murojaat etadi.

Qanday tovarlar va hizmatlar ishlab chiqariladi?

Bozor tizimi muayyan turdagi va miqdordagi xizmat va tovarlarni ishlab chiqarishni qanday hal etadi? Bu savolga jo’yali javob mana bunday: Doimiy foyda keltirayotgan xizmat va tovarlar ishlab chiqarilaveradi va foyda keltirmayotganlari ishlab chiqarilmaydi. Daromatlar va kamomatlar mahsulot sotuvidan tushadigan umumiy tushumlar (UT) va osha mahsulotlarning ishlab chiqarishning umumiy muqobil narxi (MN) ortasidagi farqlaridir. (Iqtisodcgilar uchun esa, iqtisodiy narxlarga mehnatga tolanadigan tolovlargina emas, balki tovar ishlab chiqarishda ishlatilgan boshqa resurslarni jamlash va tashkillastirish uchun sarflangan harajatlar ham kiradi.)



Sanoatdagi davomiy iqtisodiy foyda (UT>MN) mahsulot kolamini kengaytirishga va resurslarni osh sanoatga yo’naltirishni taqozo qiladi. Amaldagi karxonalar osib boradi va yangilari qoshiladi. Shunday qilib, sanoat kolami kengayadi. Sanoatdagi davomiy iqtisodiy kamomat (UT tovar kolamini kamaytiradi va osha karxonaga resurslar yo’naluvini to’xtatib qo’yadi. Ba’zi amaldagi ishlab chiqarish karxonalarining hajmi torayadi; hatto ba’zilari o’z faoliyatlarini tamomlashga majbur boladi. Sanoatning ishlash sur’ati qisqaradi. Bozor tizimida haridorlarni qoli ustundir. Chunki ishlab chiqarilgan tovarlarning miqdori va turlarini belgilashda iste’molchi ustunligi asosiy ahamiyatni kasb etadi. Iste’molchilar o’z ta’blari va hamyoniga mos keladigan tovarlar uchun daromatlarini tovar sotib olishda sarflaydilar. Huddi shu yosinda, ular bozordagi o’zlarining ehtiyojlarini belgilaydilar. Agar malum turdagi tovarga ko’proq talab bolsa, korxonalar osha mahsulotni ishlab chiqarib, savdoga chiqaradi. Yoki aksincha, tovar o’ziga sarflangan harjni qoplay olmasa, u mahsulot savdoga qo’yilmaydi. Ular asosan iste’molchilarning talablariga toliq mos keladigan mahsulotlarnigina sotuvga chiqaradilar. Iste’molning talablari nafaqat qaysi ishlab chiqarish korxonalari ishlay olishini, balki qaysi turdagi tovarlar bozor talablariga bardosh bera olishini belgiluvchi muhim korsatkichdir. Faqatgina foyda keltirayotgan sanoatlar, korxonalar va raqobatbardosh mahsulotlargina saqlanib qoladi. Shuning uchun, korxonalar o’zlari xohlagan tovar–mahsulotlarni ishlab chiqaraverishi mumkin emas. Iste’molchilarni bozordagi talablari qay bir turdagi tovarlar foy keltirishi yoki qaysilari kamomat keltirishlarini korsatib beradi. Shunday ekan, bu qanday turdagi iste’mol tovarlarini sotuvga chiqarish mumkin emasligini aniqlab beradi. Ishlab chiqaruvchilar iste’molchi didi va xohishiga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarishga harakat qiladi, aks holda ular bankrotlikka yuz tutishi mumkin. Huddi shu qonuniyat resurs ta’minotlariga ham taluqlidir. Resurslardan foydalana olishlik osha tovar- mahsulot va xizmatlarni sotuvidan kelish chiqib amalga oshiriladi. Avtomobil sanoari ishchilar xizmatidan foydalanishga muhtojlik sezadi sababi avtomobillar sotilmoqda. Lotin tilini organuvshilar va shu tilga talab borligi tufayli doim Lotin tili o’qituvchilariga talab bolaveradi. Daromatga yo’naltirilgan resurs ta’minotchilari iste’molchilar didiga va vaqt sinovida bardosh bermagan tovarlar uchun reusrslardan foydalanishga imkoniyat bermaydi. Bozorning samarali ishlashiga yordam beruvchi asosiy omil iste’molchilardir; mos ravishda ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar ularning talablarini qondirish uchungina xizmat qiladi. (Muhim savol 8)

Mahsulot va xizmatlar qanday ishlab chiqariladi?

Mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishda qanday texnologiya va resurs manbaalardan foydalaniladi Mahsulot ishlab chiqarish qanday tashkillashtiriladi? Bunga javob: tovar ishlab chiqarishda eng kam harj talab qilinadigan usul texnikalardir. Raqobat bozordan yuqori narx bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchilarni siqib chiqarishi tufayli, foydalilik dajasi osha ishlab chiqaruvchidan tovarlarni eng kam harj sarflab ishlab chiqarishni talab qiladi.

Bunday kamharjli mahsulot ishlab chiqarishga erishish uchun korxonalar mehnat va kapitalning eng muqobil ortalamasidan foydalanib, osha resurslarning mahsuldorligi va narxlarni shunga yo’naltiradi. Bu yana ishlab chiqarish texnikalari yetkazib berish harajatlari va mahsulot ishlab chiqarishga maksimal darajada mos keladigan qilib joylashtirishni taqozo qiladi. Eng kamharj mahsulot ishlab chiqarish tovar ishlab chqarishda iqtisodiy jihatdan eng samarali texnikalardan foydalanishni taqozo qiladi. Eng samarali ishlab chiqarish texnikalari quyidagilarga bogliq boladi:



  • Mavjud texnalogiya, ya’ni nazarda tutilgan tovarni ishlab chiqaruvchi turli resurs manbaalaridir.

  • Kerakli resurslarning narxlari

Agar texnikalarning bozordagi narxlari baland bolsa, malum turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda bir necha kamharjli resurslarni talab qiladigan turidan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarasiz bolishi mumkin. Daromat va resurs harajatlari dollar va sentlar bilan olchanadigan bolsa, iqtisodiy samaradorlikka tanqis resurslardan iloji boricha kamroq sarflab malum turdagi mahsulot ishlab chiqarish orqali erishish mumkin. Aytaylik, 15 dollarlik yuvinish sovuni ishlab chiqarish uchun eng kam mablag’ sarflash eng samarali natija bolishi mumkin.

Mahsulotni kimlar sotib oladi?



Bozor tizimi umumiy mahsulotning taqsimlash orqali ikki hil kornishni oladi. Umuman olganda, xohlagan mahsulot iste’molchilarga taqsimlanishi mumkin, uning amaldagi bozor narxini iste’molchilar tolashga xohish va qurbi etgan taqdirdagina Ba’zi mahsulot, aytaylik, kichik yaxta 3000 dollar tursa, unda qurbi yetgan haridorlar ularni sotib olishlari mumkin. Qurbi yetmaganlari uni sotib ololmaydi. Yaxtalar va shu turdagi boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyati haridorlarning daromat miqdorlari va tovarlarni raqobatbardoshlik hamda narxlari kabi boshqa omillarga bogliq boladi.


Agar haridorlar yetarlicha daromat va pul mablaglariga ega bolgan taqdirda, ular bularni sotib olishlari mumkin boladi.Ularning daromatlari- ning miqdori (1) ular ta’minlab bera olishi mumkin bolgan resurslar hamda mulk miqdorlariga hamda (2)



resurslar bozorida osha resurslarning narxlariga bogliq boladi. Resurs narxlar (oyliklar, stavkalar, ijara, foyda kabilar) har bir insonning daromat miqdorlarini belgilaydi va, shuning uchun, har bir insonning sotib olish imkoniyatiga bogliq boladi. Agar soatiga 200 dollar pul ishlab topadigan huquqshunos va soatiga 10 dollar ishlab topadigan ishchi yiliga ishlab topish uchun bir hil vaqt sarflasa, huquqshunos ishchiga qaraganda osha berilgan muddat ichida iste’mol mahsulotlaridan 20 barobar ko’qroq sotib olishi mumkin boladi.

Tizim o’zgarishlariga qanday moslashadi?

Bozor sistemalari dinamik korinishdadir: iste’molchilar talabi, texnologiya, va resurs ta’minotlar, bularning barchasi o’zgaruvchandir. Bu degani, iste’molchining talabining muayyan korinishi, texnologik alternativlarning turlichaligi hozirdagi eng samarali resurslarning taqsimlanishi demakdir. Vaqt otgan sari iste’molchining talabining o’zgarishi, ishlab chiqarishning yangi usullarining kashf etilishi va resurs ta’minotining o’zgarishi natijasida mavjud resurslarning miqdori eskirib, samarasiz bolib qoladi. Masalan, iste’molchilar bozor yetkazib berishi mumkin bolgan darajadan kamroq sut va ko’proq sharbat xohlaydi deb tasavvur qilaylik. Iste’molchilarning talabining o’zgarishi sut va sharbatni malum bir miqdorda ishlab chiqarishga turtki boladi. Boshqa omillarni hisobga olganda, sharbat sanoatidagi narx va foydalar oshadi va sut sanoatidagi narx esa pasayadi. Insonning shahsiy ehtiyoji mavjud raqobatchilarni mahsulot kolamini oshirishga va yangi raqobatchilarni ko’proq sharbat ishlab chiqarishga chorlaydi va shu bilan mos ravishda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatini yopilib ketishiga olib keladi. Sharbat sanoatidagi baland narxlar va yuqori darajadagi iqtisodiy foyda nafaqat osha sanoatni kengayishiga, balki, shuningdek, osha sanoatga o’z tovar ishlab chiqarish kolamini ta’minlovchi muhim resurslarni qolga kiritishiga kerak bolgan mablag’ni berib yuboradi. Balandroq narxlar va foydalar sharbat ishlab chiqaruvchi sanoatni ishlatilinmayotgan boshqa ta’minot vositalaridan ko’qroq resurslarni jalb etishga undaydi. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida buni aksi kuzatilib, u yerga kamroq ishchilar va resurslar jalb etiladi. Iqtisodiyotdagi bunday sharoitga moslashuv, iste’molchi talablaridagi o’zgarishlarga muvofiq javob boladi. Bu esa iste’molchini amaldagi ustunligini korsatadi.

Bozor tizimi ulkan tizimli sistemadir. Narx va foydalarni o’zgarishi orqali u iste’molchini talab istaklarini qondirish payida boladi va ishlab chiqarish korxonalari va resurs ta’minotlari o’ziga kerakli xulosa chiqaradi. Narx va foyda tasirida iste’molchi talabidagi o’zgarishlar ba’zi sanoatlarni kengayishiga va boshqalarini qaiqarishiga olib keladi. Bunday moslashuv resurslar bozoriga yo’naltiriladi. Kengayib borayotgan sanoatlar ko’proq resurslarni jalb etishi va qisqarib borayotgan sanoatlar o’z faoliyat korsatish kolamlarini qisqartirishi bilan resurs narxlaridagi yuzaga kelgan o’zgarishlar (misol uchun, oylik maoshlari) va daromatga yo’naltirilgan resurslar qisqarib borayotgan sanoatdan kengayib borayotganiga yo’naltiriladi. Narxlar va foydalarning yo’naltirilgan vazifasi bozor tizimini eng muhim asosidir. Bunday tizimiz, ba’zi boshqaruv idoralari ishlab chiqarish va resurslarni mavjud sanoatlarga yo’naltirgan bolar edi. Huddi shunday yuzaga kelgan tahlil bu tizimni boshqa fundamental o’zgarishlarga, misol uchun, turli resurslar va texnologiyalardagi o’zgarishlarga moslashuviga imkoniyat berishini korsatadi.

Bu tizim muvaffaqiyatga qanday erishadi?

Jamiyat, albatta, iqtisodiy yuksalishni (ko’proq mahsulot ishlab chiqarish) va insonlarni turmush darajalarini oshishini istaydi (kishi boshiga ko’proq daromatga erishilishi). Bozor tizimi jamiyatdagi insonlarni turmush darajalarini oshishini belgilovchi omillaridan hisoblangan ham texnologiyalarni takomillashuvi ham davlat byudjetini to’planishiga qanday erishadi?

Texnologiyaning takomillashuvi. Bozor tizimi texnologiyaning takomillashuvi uchun kuchli turtki boladi va sifatsiz tovarlarni orniga yaxshiroqlarini almashtirishga imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqaruvchi yoki korxona raqobatchilarni hisobiga daromat va iqtisodiy foydaga erishadilar. Birinchi yili samaradorlik bilan ishlayotgan korxona keyingi bir necha yil mobaynida moliyaviy muammolarga yuz tutishi mumkin.

Texnologiyaning takomillashuvi, shuningdek, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan bo’gliq harajatlarni qisqartirish ko’maklashuvchi yangi usullardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi. Iste’molghiga o’zining narx qisqarishini pastroq mahsulot narxi orqali singdirib yuborib, korxona savdo kolamini oshiradi va raqobatchi firmalar hisobiga iqtisodiy foydaga erishadi.

Bundan tashqari, bozor tizimi sanoat bo’ylab texnologiyaning takomillashuvining tez sur’atda kengayishini ta’minlaydi. Raqobatchi firmalar tez sur’at bilan rivojlanayotgan firmalarga taqlid qiladi yoki tez orada bankrotga ushrashlari mumkin. Ba’zi hollarda, natija ijodkor tanazzul bolib chidadi: yangi turdagi mahsulotlar va ishlab chiqarish usullari avvalgilarini tamomila barbod qiladi. Masalan: kompakt disklarini savdoga chiqarilishi gramplastinkalarni muomaladan chiqarib yubordi yoki MP3 va boshqa turdagi raqamli texnikalar CD disklarini siqib chiqardi.



Kapitalning jamg’arilishi. Ko’p texnologik takomillasuv qoshimcha kapital tovarlarini talab qiladi. Bozor tizimi kapital tovarlarga talabni oshishi hisobiga mahsulotlarni oshanday tovarlarni ishlab chiqarish uchun kerakli resurslar bilan ta’minlaydi. Ya’ni, bozor tizimi ham iste’mol ham kapital tovarlarga talab bor ekanini biladi. Ammo kapital tovarlarga bolgan talabni kim belgilaydi?

Javob: korxona egalari va tadbirkorlar. Foydali daromatga ega bolganligidan, ular osha daromatni bir qismini kapital tovarlari ishlab chiqarishga sarflaydi. Agar texnologik innovatsiyalar muvaffaqiyatli bolsa, bunday yol tutish kelajakda foydali daromatni yanada ko’paytiradi. Shuningdek, stavkalarni tolash yoki aksiyalarni sotib olish orqali firma yoki korxona daromatni ba’zi qismini ko’proq kapital tovarlarga talabni oshirishga asrab qo’yadi.

Ko’rinmas Qo’l” nazariyasi. Adam Smit. 1776 yilda yozgan Millatlar Boyligi kitobida ilk marotaba bozor tizimini boshqaruvi shahsiy va ijtimoiy manfaatlar orasidagi ajoyib bog’liqlik yaratisgini aytib o’tgan edi. Firmalar va resurs ta’minotchilari o’zlarining shahsiy ehtiyojlarini oshirib va yuqori sur’atdagi raqobatdosh bozor tizimi doirasida harakatlanib, ayni paytda, go’yo “ko’rinmas qo’l” tomonidan boshqarilayotgandek, umumiy va ijtimoiy manfaatlarini yuzaga chiqaradilar. Masalan, korib chiqdikki, raqobat sharoitida, korxonalar foydani oshirish maqsadida yangi va talabgor mahsulotlarni ishlab chiqaradilar. Osha ishlab chiqarilgan mahsulotlar jamiyat farovonligini oshiradi. Yana ular muayyan turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda eng kamharj resurslardan foydalanadilar chunki bunda qilish, ularning shahsiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Aks holda, korxona bankkrotga yuz tutishi mumkin. Ammo, ayni paytda, tanqis resurslardan eng kamharj foydalanish ijtimoiy manfaatlar yuzasidan ham yuzaga keladi. U resurslardan jamiyat uchun kerakli bolgan mahsulotni ishlab chiqish orqali ularni sarflaydilar. Raqobatbardosh bozor tizimi orqali boshqariladigan va yuzaga kelgan shahsiy ehtiyoj jamiyat ehtiyjidagi o’zgarishlarga toliq mos kelishni ta’minlab beradi. Yo’qotishlarga chap berib, foydani ko’zlagan korxonalar va katta pul daromatini ko’zlayotgan resurs ta’minotchilar resurslarni taqsimlanishidagi o’zgarishlarni kelishib oladilar va jamiyatni ehtoyojlarini qondirishga harakat qiladilar. Raqobat huddi shunday shahsiy ehtiyojni avtomatik holda boshqaradi va o’zlari xohlamagan tarzda jamiyatning eng maqbul manfaatlarini jadallashtiradilar. Korinmas qol firmalar foydalarini oshirganda va resurs ta’minotchilari daromatlarini ko’paytirganda, bu guruhlar, shunigdek, jamiyatni foyda va daromatlarini ham oshiradilar. Quyida bozor tizimining ushta asosiy afzalliklarini korib chiqamiz:

  • Samaradorlik. Jamiyat tomonidan ko’p ehtiyoj sezilgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishda resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash kerak. Bunda o’z navbatida usullardan ham tartibli foydalanishni ko’zda tutadi va bu mahsulot ishlab chiqarishning yangi va mahsuldor yoli hisoblanadi.

  • Rag’batlantirish. Bozor tizimi mahorat, qattiq mehnat va tashabbuskorlikni rag’batlantiradi. Ishdagi katta tajriba va say-harakat ko’proq tovar ishlab chiqarishga va ko’proq daromat olishga yordam beradi. Pirovard natijada, bu insonlarni turmush darajasini tubdan yaxshilashga yordam beradi. Shunga o’xshash tarzda, tadbirkorlarni tavakkallardan qorqmasligi yuqori darajadagi foydali daromatni qolga kiritishga yordam beradi. Muvoffaqiyatli innovatsiyalar iqdisodiy rag’batni jadallashtiradi.



Erkinlik. Bozor tizimining eng katta noiqtisodiy mulohazasi shahsiy erkinlikka ko’p e’tibor berishdir. Markaziy rejalashtirishdan farqli o’laroq, bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni hech qanday zo’rlashlarsiz muvofiqlashtiradi. Bozor tizimi, darhaqiqat, buni tanlov va korxonaning erkinligini kuchayishini ta’minlaydi. Korxonalar va ishchilar bozor tizimi taqdim etayotgan mukofot va jazolarga tayyor turadi.3

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish