Korporativ tuzilmalar rivojlanishining hozirgi qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
Kapitalning markazlashuvi (birlashish, strategik birlashmalar tuzish);
Faoliyatning globallashuvi (eng nufuzli xorijiy bozorlarda sho‘‘ba bo‘linmalar tuzish, tovar va xizmatlarni tarqatish);
Kapitalning baynalminallashuvi (transmilliy kompaniyalarning o‘sishi, qaysi mamlakatdan kelib chiqqanidan qat’iy nazar arzonroq investitsiyalarni jalb etish);
Sanoat va moliya kapitali integratsiyasi;
Faoliyat shakllari va yo‘nalishlari diversifikatsiyasi;
4. Afsona Invest MCHJ ning tashkiliy tahlili
“AFSONA INVEST” MChJning ta’sischilarining 2013 yil 22-martdagi qarori asosida qayta tashkil etildi. Jamiyat faoliyatining predmeti bo’lib, go’sht mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini chakana sotish, ulgurji savdo, to’yxona tashkil qilish, umumiy ovqatlanish shaxobchalarini tashkil qilish, avtomobil transportida yuklarni va yo’lovchilarni shahar ichida, shahar atrofida, shaharlararo xalqaro yo’nalishda tashish xizmatlari, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, supermarket, firma do’konlarini tashkil qilish va savdo qilish va h.k. hisoblanadi. Jamiyat o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va o’z mahsuloti va xizmatlariga narxlar bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilaydi.
Jamiyatning boshqaruv organlari bo’lib, ta’sischilarning Umumiy yig’ilishi- oliy boshqaruv organi, direktor – jamiyatning ijro etuvchi organi, jamiyatda kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin.
Jamiyatning oliy boshqaruv organi bo’lib, Jamiyat Ta’sischilarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi.Ta’sischilar umumiy yig’ilishda ustav fondidagi o’z ulushlariga mutanosib ravishda ovozlar soniga egadirlar. Ta’sischilar umumiy yig’ilishining Raisi va kotibi Umumiy yig’ilish tomonidan saylanadi.
Jamiyatning ijro etuvchi organi bo’lib, jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi direktor hisoblanadi. Jamiyatning direktori ta’sischilarning umumiy yig’ilishi tomonidan tayinlanadi va xuddi shunday tartibda lavozimidan ozod qilinadi. Jamiyat va jamiyatning direktori o’rtasidagi shartnoma, jamiyat nomidan, direktor tayinlangan jamiyat ta’sischilarining umumiy yig’ilishida raislik qiluvchi yoki jamiyat ta’sischilarining umumiy yig’ilishi tomonidan vakolat berilgan jamiyat ta’sischisi tomonidan imzolanadi.
Direktor lavozimiga O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.Direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Direktorini tayinlash to’g’risidagi masala ko’rib chiqilgan Jamiyat Ta’sischilarining Umumiy yig’ilishi raisi imzolaydi. Jamiyatning Direktori:
Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, uning manfaatlarini O’zbekiston Pespublikasi davlat organlarida va boshqa davlatlar organlarida, korxonalar, tashkilotlarda muassasa ifodalaydi va shuningdek bitimlar tuzadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |