To‘qimachilik sanoatida 2010-2015 yillarda investitsiya loyihalarini amalga
oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlarining yaratilishi
Viloyatlar
2010 yil
2011 yil
2015 yil
Jami
yaratilgan
ish o‘rinlari
1. Qoraqalpog‘iston
R.
50
-
1450
1500
2. Andijon viloyati
300
-
1700
2000
3. Buxoro viloyati
600
35
2600
3235
4. Jizzax viloyati
200
-
1700
1900
5. Navoiy viloyati
-
-
1400
1400
6. Namangan viloyati
800
735
890
2425
7. Samarqand viloyati
278
350
1550
2178
8. Sirdaryo viloyati
500
1113
1990
3603
9. Surxondaryo
viloyati
-
-
1470
1470
10. Toshkent viloyati
871
1075
2050
3996
11. Farg‘ona viloyati
520
1362
1300
3182
12. Qashqadaryo
viloyati
-
-
1700
1700
13. Xorazm viloyati
210
50
2600
2860
14. Toshkent shahri
1270
485
1600
3355
Jami
5599
5205
24000
34804
Manba: Korxona ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi. [10]
24
Viloyatlarda yangi to‘qimachilik korxonalarining tashkil etilishi hisobiga
ish o‘rinlarining yaratilishi Respublikamiz viloyatlarini rivojlantirishga,
ularning rivojlanishi darajasidagi nomutanosiblikni ma’lum ma’noda
kamaytirishga, aholini ish bilan ta’minlab, ishsizlar sonini qisqartirishga yordam
beradi. Ayni vaqtda, investitsiyalar innovatsiyalar bilan bog‘liqdir. SHu
boisdan, to‘qimachilik korxonalarida innovatsion faoliyatni tashkil etish
maqsadga muvofiqdir.
2.3. To‘qimachilik sanoatiga investitsiyalarni jalb qilishning korxona
raqobatbardoshligini oshirishdagi roli
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida
kompaniya tomonidan yangi investitsion strategiya ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘z
ichiga quyidagilarni amalga oshirilishini oladi:
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ko‘rinishidagi, tugallangan ishlab
chiqarish sikliga ega bo‘lgan yangi loyihalarni, xorijiy hamkorlar loyiha
qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan qismini o‘tkazishlari sharti bilan amalga
oshirish;
- mavjud to‘qimachilik va trikotaj-tikuvchilik korxonalarini
modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurish.
Bugungi kunda O‘zbekiston – Xitoy davlatlari o‘rtasida to‘qimachilik
tarmog‘ida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda. Xitoy kompaniyalari ishtirokida
«O‘zbekengilsanoat» DAK umumiy qiymati 36,0 mln. dollarga teng bo‘lgan 9 ta
loyihani amalga oshiryapti.
- 3 ta loyiha yigiruv ishlab chiqarishida: umumiy quvvati 15,5 ming tonna
paxta kalava ipi (« Nanyang Red Cotton Angels» 18, 1 mln.doll., SP «Platinium
Invest» 0,3 mln.doll., SP «TashRossTextill» 7,0 mln.doll);
25
- 5 ta loyiha ipakchilik tarmog‘ida: umumiy quvvati 350 tonna xom ipak (IP
«Hua Lu» 4,7 mln.doll., SP «Buxoro Brilliants Silk» 1,5 mln.doll., SP «Muborak
Pure Silk» 0,5 mln.doll., SP «Inter Silk Pro» 1,95 mln.doll., SP «Ravnak Silk»
0,55 mln.doll.);
- 1ta loyiha trikotaj to‘quv ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha: yillik
quvvati 12,0 mln. juft paypoq mahsulotlari (IP «Shina-UK CLLD» - 1,3 mln.
doll.). 2013yil Xitoy davlatiga eksport miqdori 100,2 mln. dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda «O‘zbekengilsanoat» AK tomonidan qo‘yidagi loyihalarni
amalga oshirish borasida ishlar olib borilmoda:
1) tayyor gazlamalarni ishlab chiqarish (djinsi gazlamasi, tukli sochiqbop
matolar, ko‘ylakbop gazlamalar);
2) tayyor trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish;
3) to‘qimachilik aksessuarlari ya’ni:
- zontiklar, tugmachalar, molniyalar va boshqalarni ishlab chiqarish;
4) to‘qimachilik dastgohlari:
- to‘quv dastgohlari;
- yigiruv ishlab chiarishi uchun ehtiyot qismlar.
2013-2015 yillarda «Jizzax» Maxsus Industrial Zonasida amalga
oshiriladigan 5 ta yirik investitsion loyihalar ustida ish olib borilmoqda.
Ushbu loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni O‘zbekiston
to‘qimachilik sanoatiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yirik, muhim
ishlardan deb arashimiz mumkin.
1. №1 – investitsion loyiha (to‘qimachilik kompleksi) – djinsi gazlamasi va
djinsidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil
etish: yillik ishlab chiqarish hajmi: xom djinsi gazlamasi 6,1 mln.p.m.; tayyor
26
djinsi gazlamasi 15,0 mln.p.m.; tayyor djinsi mahsulotlari 5,0 mln.dona;
xomashyo resurslari bilan ta’minlanganligi: Respublikada 1,0 mln.tonnadan ortiq
paxta tolasi, 300 ming tonna paxta kalava iplari ishlab chiqariladi; loyihaning
qiymati 25,0 mln.doll.
2. №2 – investitsion loyiha (to‘qimachilik kompleksi) – paypoq mahsulotlari
ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil etish: yillik ishlab chiqarish
hajmi: 10 mln. juft paypoq mahsulotlari; xomashyo resurslari bilan
ta’minlanganligi: Respublikada 1,0 mln.tonnadan ortiq paxta tolasi, 300 ming
tonna paxta kalava iplari ishlab chiqariladi; loyihaning qiymati 3,5 mln. doll.
3. №3 – investitsion loyiha (to‘qimachilik kompleksi) – tukli mato va sochiq
mahsulotlari ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil etish: yillik
ishlab chiqarish hajmi: tayyor takli mato3000tonna, tukli sochiq mahsulotlari 1,5
mln.dona; xomashyo resurslari bilan ta’minlanganligi: Respublikada 1,0
mln.tonnadan ortiq paxta tolasi, 300 ming tonna paxta kalava iplari ishlab
chiqariladi; loyihaning qiymati 20 mln.doll.
4. №4 – investitsion loyiha (to‘qimachilik kompleksi) – aralash tolali gazlama
va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini tashkil
etish: yillik ishlab chiqarish hajmi: xom aralash tolali gazlama 8,1 mln.p.m.;
tayyor aralash tolali gazlama 20,0 mln.p.m.; tayyor mahsulotlar 5,0 mln.dona;
xomashyo resurslari bilan ta’minlanganligi: Respublikada 1,0 mln.tonnadan ortiq
paxta tolasi, 300 ming tonna paxta kalava iplari ishlab chiqariladi; loyihaning
qiymati 26,0 mln.doll.
5. №5 – investitsion loyiha (to‘qimachilik kompleksi) – uy-ro‘zg‘or uchun
to‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksini
tashkil etish: yillik ishlab chiqarish hajmi: 4,0 ming tonna paxta kalava ipi,10,0
mln.p.m. gazlama, bo‘yash-pardozlash 10,0 mln.p.m., Bad shits: 1 mln. komplekt;
xomashyo resurslari bilan ta’minlanganligi: Respublikada 1,0 mln.tonnadan ortiq
27
paxta tolasi, 300 ming tonna paxta kalava iplari ishlab chiqariladi; loyihaning
qiymati 20,0 mln.dollar.
Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning asosiy
maqsadlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- Markaziy Osiyodagi erkin savdo zonalariga a’zo davlatlarda tovarlar ishlab
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, investitsiyalar kiritishga nisbatan preferensial
rejimni yaratish;
- tovarlarni, xizmatlari va investitsiyalarni erkin harakat qilishi uchun
to‘siqlarni yo‘qotish;
- savdo va boshqa operatsiyalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hisob - kitob va
to‘lovlarning samarali tizimini yaratish va rivojlantirish;
- erkin savdo zonalarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur
qonunchilikni muvofiqlashtirish;
- kooperatsiya aloqalarining rivojlanishini qo‘llab - quvvatlash va o‘zaro
manfaatli investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratib berish;
- ishlab chiqarish va servis xizmatlari sur’atlarining o‘sishi, eksport
salohiyatning ortishi, aholi ijtimoiy himoyalanganligining yaxshilanishi,
investitsiyalar va mamlakatning yalpi ichki mahsulotini o‘sishi orqali butun
iqtisodiyotini tashkiliy qayta tuzish.
Ushbu maqsadning ro‘yobga chiqishiga quyidagi vazifalarni echish orqali
erishish mumkin: texnoparklar, texnopolislar, yuqori texnologik klassterlar, yangi
yuqori texnologiyalarni rivojlantirish mintaqalarini, texnik - iqtisodiy rivojlanishni,
innovatsion mintaqalarni, agrosanoat parklarini, servis xizmatlarini, ishlab
chiqarishni jadal sur’atlarda rivojlantirishni, ilg‘or texnika va texnologiyani
rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmini takomillashtirishni, yangi texnologik
asosda iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishni va aholining ijtimoiy himoyalanganligini
28
oshirish uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradigan me’yoriy huquqiy
bazani takomillashtirish kerak.
Fan - texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish asosida yangiliklarni
muntazam ravishda va keng miqyosda tadbiq etish jarayonlarini shakllantirishga
katta e’tibor qaratilishi kerak. Bunday holatda ilmiy salohiyat eng qimmatli resurs
ekanligidan kelib chiqish zarur. U o‘z mohiyatiga ko‘ra noyob resurs, yoki unga
egalik qilish kelgusida mehnat taqsimotida etakchi o‘rinni, raqobat kurashida hal
qiluvchi ustunliklarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi
29
Xulosa.
Iqtisodiyotni tizimli qayta qurishini amalga oshirish, yangi innovatsion
loyixalarni amalga oshirish bu orqali ishlab chiqarishni va eksportni
takomillashtirish, ular salmog‘ida mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligiga
integratsiyalashuvi jarayonidagi tavakkalchiliklarni
minimallashtiishni
ta’minlaydigan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tovarlarni ko‘paytirishga
ko‘pgina omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda tarmoqda innovatsion
loyixalarni amalga oshirish borasida olib borayotgan islohotlar o‘z ijobiy
natijalarini bermoqda. Xususan, bugungi kunda to‘qimachilik korxonalarida yangi
innovatsion texnologiyalarni joriy etishning asosiy yo‘llaridan biri hisoblangan
chet el investitsiyalarini tarmoqqa jalb qilish borasida ancha ishlar olib borilmoqda.
Davlat tomonidan chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida bir qancha
imtiyozlar berilmoqda. Ularning huquqi qonunlarda hioyalanib qo‘yilgan.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosa va takliflarni keltirish
mumkin.: to‘qimachilik sanoatida sarmoyalarni kalava-mato tarmog‘idan tikuv
trikotaj tarmog‘iga qayta yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega.
Anchagina kapital talab qiladigan boshlang‘ich to‘qimachilik sanoatiga
sarmoya jalb qilish ilk bosqichda o‘zini oqlar edi. Bunday sharoitlarda barcha
to‘qimachilik korxonalariga imtiyoz berishdan ko‘ra, bir necha o‘zaro bog‘liq
ishlab chiqarish yaratib, gazlama yoki ipni qayta ishlayotgan, trikotaj polotnolari
to‘qib, ishlov berib, tikishni yo‘lga qo‘yayotgan korxonalargagina imtiyoz va
ustuvorliklar berish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Mazkur tarmoq ham ichki, ham
tashqi bozorlarda baland va doimiy talabga ega bo‘lgan keng spektrdagi
to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qodir.
Bunday ishlab chiqarishlar kalava-ip va tikuv ishlab chiqarishlariga
qaraganda ancha kam kapital talab qiladi.
30
Sifatli mahalliy xom-ashyodan foydalanilgan holda mazkur ishlab
chiqarishlar yuqori qo‘shimcha qiymat bilan xarakterlanadi, ularda eksport
imkoniyati ko‘proq va to‘qimachilik sanoatida bugungi kunda eng yuqori bandlik
darajasini ta’minlamoqda.
To‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va qaytadan
rekonstruksiyalash uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish bu orqali
korxonalarga yangi zamonaviy dastgoxlarni o‘rnatish lozim. CHunki, yangi turdagi
dastgoxlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati jaxon standartlariga javob
beribgina qolmay, ishchi kuchi va ortiqcha energiyalarni kam sarf bo‘lishi hisobiga
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tan narxini kamayishiga olib keladi. Bu esa
o‘z navbatida mahsulot raqobatbardoshligini oshirib, eksport salohiyatini
yuksaltiradi. Demak to‘qimachilik korxonalariga innovatsiya va investitsiyalarni
kiritish nafaqat korxonaning samarali ishlashiga, balki butun tarmoqning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
31
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. I.A. Karimov . “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat
qilish – eng oliy saodatdir”. T.: O‘zbekiston. 2015 .
2. I.A. Karimov. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:
O‘zbekiston. 2011.
3. I.A.Karimov “ Mamlakatimizni 2015 yil ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2016- yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo’nalishlari” ga bag’ishlangan maruza 17.01.2016 yil
4. I.A. Karimov. Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inkirozi, O‘zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. Toshkent. Iqtisodiyot 2009.
5. M. SHarifxo‘jaev, . Abdullaev. “Menejment” Darslik. –T.: O‘qituvchi. 2001.
6. Chausova N.YU., Kalugina O.A., Menejment: Darslik.-T.: O’qituvchi.2011.
7. B.A. Abduraxmonov «Korxona iqtisodiyoti». Darslik. – T.: «Fan va
texnologiya», 2013.
8. I.O. YAkubov Strategik rejalashtirish Adabiyot jamgarmasi, Toshkent
2004.
9. DAK “O’zbekyengilsanoat” hisobotlari 2014-2015 yil
10.
www.Cer.uz
.
11.
www.plehanov.com
.
12. www.ref.uz
13.
www.Ziyonet.uz
14. www.Pravo.uz
15.
www.Uzreport.com
32
MUNDARIJA:
KIRISH …………………………………………………………………… 3
I. Asosiy qism :Yengil sanoat korxonalari investitsiyalarini nazariy asoslsri.
1.1 Investitsiya haqida tushuncha va uning shakllari…………………… 5
1.2 Investitsiya kiritish manbaalari va yo’nalishlari………………… 7
1.3.Yengil sanoat korxonalarida investitsiyani baholash……………. 10
II. Amaliy qism: Yengil sanoat korxonalarida xorijiy investitsiyaning ro’li.
2.1. O’zbekiston Yengil sanoatiga kiritilgan investitsiyalar…………… 17
2.2. To‘qimachilik sanoatiga investitsiyalarni jalb qilishning korxona
raqobatbardoshligini oshirishdagi
roli………………………………………......................................................... 19
2.3. To‘qimachilik sanoati korxonalarida investitsion loyihalarni boshqarish
samaradorligi…………………………………………………………… 24
Xulosa………………………………………………………………… 28
Abiyotlar ro‘yhati……………….0
Ilova…………………………………………………………………… 31
Do'stlaringiz bilan baham: |