Korparativ boshqaruv


 To‘qimachilik sanoati korxonalarida investitsion loyihalarni boshqarish



Download 220,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana29.12.2021
Hajmi220,92 Kb.
#82482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
yengil sanoat korxonalari faoliyatini boshqarishda xorijiy investitsiyalarning roli

2.2. To‘qimachilik sanoati korxonalarida investitsion loyihalarni boshqarish

samaradorligi

O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qisqa

muddatlarda qulay investitsion muhitni shakllantirish va rivojlantirishni

rag‘batlantirishga tasir ko‘rsata oladigan omillarni aniqlash va ularni ishga solish

bugungi kunning dolzarb muammolaridandir. Ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini

shakllantirishda davlat boshqaruvi ham muhim o‘rin tutadi. Aynan davlat

tuzilmaviy qayta qurishni amalga oshirishi, tarmoqlararo hamda mintaqalar

bo‘yicha nomutanosibliklarni hal qilishi, fan-texnika taraqqiyotini taminlashi

mumkin.

O‘zbekistonda investitsion siyosat hukumat tomonidan amalga oshirilib, bir

qator rasmiy hujjatlarga asoslanadi. Yil oxirida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining Qarori bilan yangi yilga mo‘ljallangan investitsion dastur

tasdiqlanadi. Dasturda investitsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodning

barcha tarmoqlari va sektorlari doirasida amalga oshirilishi mo‘ljallangan




20

investitsion loyihalar, ularning manbalari, amalga oshiradigan asosiy davlat va

nodavlat tashkilotlari aniq ko‘rsatiladi. Har chorakda dasturni amalga oshirilishi

monitoring tizimi ishlab chiqiladi. Bu monitoring, asosan Iqtisodiyot vazirligi

tomonidan amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalarning monitoringini Tashqi

iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligi olib boradi.

Yillik investitsion dasturni shakllantirishda hukumat tomonidan qabul

qilingan chora-tadbirlar, maqsadli dasturlar e’tiborga olinadi.

O‘rta muddatga mo‘ljallangan investitsiyalar siyosatining asosiy

yo‘nalishlari davlat tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan iqtisod tarmoqlari

bo‘yicha dasturlarda o‘z aksini topadi.

Ular qatoriga quyidagi asosiy dasturlarni kiritish mumkin:

- Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning

barqaror faoliyatini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish. Bu inqirozga qarshi

2009-2012 yillarga mo‘ljallangan dastur bo‘lib, Prezidentning 29 noyabr 2009 yil

farmoni bilan tasdiqlangan.

- Ishlab chiqarishni 2009-2014 yillarda modernizatsiyalash, texnik va

texnologik qurollantirishga qaratilgan asosiy loyihalarni amalga oshirish choralari

dasturi. Ushbu dastur Prezident Qarori bilan 12 mart 2009 yilda tasdiqlangan.

- O‘zbekistonda 2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor

yo‘nalishlari. Mazkur Prezident Qarori 25 dekabr 2010 yilda tasdiqlangan.

Sanoatni barqaror rivojlantirish, ayniqsa uning asosiy tarmoqlaridan

bo‘lmish to‘qimachilik, engil, mashinasozlik va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini

qayta ishlash kelajakda investitsion siyosatning asosini tashkil qiladi. Avvalambor,

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ana shu tarmoqlarga jalb qilish

investitsion faollikni oshirishda asosiy o‘rin egallaydi.

“O‘zbekengilsanoat” DAK ga 63,76 mln. AQSH dollari qiymatidagi xorijiy

investitsiyalar jalb qilinib, ushbu mablag‘lar Andijondagi “Mimatash tekstil” XK

(sobiq “Oim tekstil” QK), “DEU Tekstil Buxoro” XK, “DEU Tekstil Farg‘ona”

XK, Jizzaxdagi “Forij tekstil” QK hamda Toshkentdagi “Bayteks tijaret” XK va

boshqa korxonalar tomonidan o‘zlashtirildi. [10]



21

Belgilangan topshiriqdan tashqari, kompaniya  “Santeks iplik” kompaniyasi

(2,26 mln. AQSH dollari) va “Shindong Spinning Termiz” QK (2,3 mln. AQSH

dollari) bilan umumiy qiymati  4,56 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan yana ikkita

investitsiya loyihasini amalga oshirdi.

“Beshariq tekstil” AJ, “Navbahor tekstil” XK, “Ozborn tekstil” XK,

“Platinum invest” QK, “Mili Guliston tekstil” QK, “Vobkenteks yigiruvchi” SHK,

“Polvontosh tekstil” MCHJ, “Marg‘ilon-Spenteks” XK, “DEU Tekstil Buxoro”

XK, shuningdek, “Plastteks” MCHJ ishga tushirildi. “Asaka tekstil” AJ, “BF

tekstil prodakshn” XK, “Soteks tekstil” XK, “Polteks” XK, “Mega tekstil” XK va

“Surxon Termiz Silk” MCHJ kabi korxonalarning quvvatlari oshirildi.

2012 yilda kompaniyaning asosiy vazifasi tarmoqni modernizatsiya qilish va

texnik qayta jihozlash dasturini bajarishdan iborat bo‘ldi. Ipakchilik tarmog‘i

sohasida iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, chet el investitsiyalarini

jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining  “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2008-2012 yillarda ipakchilik tarmog‘i

korxonalarini tashkil etish va ularni modernizatsiya qilish uchun investitsiyalar,

shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish dasturi bo‘yicha ishlar

amalga oshirildi.

O‘tgan yilning o‘zidayoq, 8 ta ob’ektda “Romstar” QK, Buxoro viloyati;

“Marakand silk” QK, Samarqand sh.; “Helil silk” QK, Namangan sh.; “Romstar”

QK filiali, Xiva sh.; “Far bay texnoteks” QK, Farg‘ona sh.; “Ravnaq Silk” QK,

Bekobod sh. va “Singapur Samarqand” XK (“Hujum” AJ negizida) ishlab

chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihalar bo‘yicha investitsiyalarning umumiy

hajmi 5 mln. AQSH dollaridan ziyod mablag‘ni tashkil qildi (4.22-jadval).

Kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 1,977 mln. AQSH dollarini tashkil

qiluvchi ikkita loyiha (“Surxon-Termiz-Silk” MCHJ va “Silver Silk” QK) amalga

oshirildi.



22

2011-2015 yillarda Toshkent shahrida “RITER O‘zbekiston-Shveysariya”

investitsiya loyihasiga ko‘ra to‘qimachilik dastgohlari ishlab chiqarishga

ixtisoslashgan korxona tashkil etishga 2,0 mln. doll. investitsiya jalb etiladi.

2011-2015 yillarda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning ustuvor

yo‘nalishlari dasturida ko‘zda tutilgan loyihalar hisobiga ip- kalava ishlab

chiqarish hajmi 345,9 ming tonnaga, ip, ipak gazlama ishlab chiqarish hajmi 211,6

mln. kv.m.ga, to‘qimachilik mato ishlab chiqarish 245,7 ming tonnaga, tikuv-

to‘qimachilik mahsulotlari hajmi 227,1 mln. donaga, paypoq mahsulotlari esa 72,5

mln. juftga ortadi (3.7-jadval).




Download 220,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish