MAVZU: BOSH MIYA FIZIOLOGIYASI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
NORMAL FIZIOLOGIYA KAFEDRASI
Reja: - Keyingi miya
- O’rta miya
- Miyacha
- Oraliq miya
- Limbik tizim
KEYINGI MIYA Uzunchoq miya va orqa miyaning davomi sifatida Varoliy ko’prigi o’tadi. MNT ning bu ikki qismi faoliy nuqtai nazardan bir butun tuzilma bo’lib, keyingi miya nomini olgan. Keyingi miyadagi kulrang modda segmentlarga bo’linishni qisman saqlab qolgan bo’lsada, bu moddaning asosiy qismi bir biridan ajralgan yadrolardan iborat. Uzunchoq miyaning har ikki tarafida oxirgi to’rt juft bosh miya nervlarining yadrolari jaylashgan. Rombsimon chuqurchaning eng tagida til osti nervi yadrosi, undan sal pastroqda qo’shimcha nerv yadrosi bor. Rombsimon chuqurchada adashgan nervning yadrosi yuza joylashgan. Undan lateralroq til-halqum nervi yadrosi turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |