Darsning jihozlari: darslik, qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushuncha va atamalar: Bir jinsli magnet maydonda zaryadli zarraning harakat, Lorens kuchi
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari:
|
Vaqti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Magnit maydondagi tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch, ya’ni Amper kuchi bilan tanishib o’tdik, lekin Amper kuchining paydo bo’lish sabablariga e’tibor bermadik.
Magnit maydondagi tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch harakatlanuvchi alohida zaryadlarga ta’sir etuvchi kuchlar yig’indisidan iborat, bundan esa ta’sir zaryadlardan ular harakatlanayotgan o’tkazgichlarga berilishi mumkin degan fikrni Lorentc berdi. Shuning uchun Amper qonunidan foydalanib magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadga ta’sir etuvchi kuchni topaylik. O’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi ga asosan:
ekanini eslab, ni har ikkala tomonini ga ko’paytiraylik, u holda quyidagini olamiz:
bu erda s - o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzi, n - o’tkazgichning birlik hajmidagi zaryad tashuvchilarning soni, u - zaryad tashuvchining tartibli harakat tezligi, q - uning zaryadi, dV=S - o’tkazgich elementining hajmi. Agar n . dV ni, dV hajmdagi zaryad tashuvchilarning sonini dn deb belgilasak. quyidagicha yoziladi:
Bu ifodani Amper kuchi bilan solishtirib
ifodani hosil qilamiz.
ifoda dn dona harakatlanuvchi zaryad tashuvchiga magnit maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchni xarakterlaydi.
Bir dona zaryad tashuvchiga ta’sir etuvchi kuch Lorentc kuchi deb ataladi:
Lorentc kuchining yo’nalishi ham Amper kuchiga o’xshab, chap qo’l qoidasi bilan aniqlanadi.
Mustahkamlash:
Lorens kuchini yo`nalishini chap qo`l qoidasi asosida tushuntiring.
Zaryadlangan zarrani aylana bo`ylab tekis harakatlantiruvchi kuchni izohlang.
Zaryadli zarra magnit maydonga qanday yo`nalishda kirganda unga Lorens kuchi ta’sir qilmaydi?
Uyga vazifa: 19- betdagi savollarga javob yozish.
Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |