Ko’rildi: O’ibdo’



Download 2,06 Mb.
bet110/128
Sana07.08.2021
Hajmi2,06 Mb.
#140996
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
Bog'liq
11 sinf

Fanlararo aloqadorlik: Matematika, astronomiya, biologiya, kimyo.
Darsning jihozlari: darslik, qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushuncha va atamalar: Lazer va uning turlari
Darsning blok chizmasi:




Dars bosqichlari:

Vaqti:

1

Tashkiliy qism

3 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzuni bayoni

25 minut

4

Darsni mustahkamlash

5 minut

5

Uyga vazifa

2 minut


Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:

  1. Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.

  2. O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash.

  3. Yangi mavzu bayoni:

Borning birinchi postulatiga muvofiq, atom sistemasi har biriga muayyan En energiya mos keladigan alohida stasionar yoki kvant xolatlardagina bo’la oladi. Atom stasionar holatda yorug’lik chiqarmaydi.

Borning ikkinchi postulatiga muvofiq, atom katta energiyali Ek stasionar holatdan kam energiyali En stasionar holatga o’tganida yorug’lik nurlanadi. Nurlangan fotonning energiyasi stasionar holatlar energiyalarining farqiga teng bo’ladi: hvkn=Ek-En .



Energetik sathlar. Borning ikkinchi postulati stasionar holatlar energiyalarining ma’lum bo’lgan qiymatlariga ko’ra vodorot atomining nurlanishlar chastotasini xisoblash imkonini beradi. Bor nazariyasi bu chastotalar qiymatlarining eksperimental miqdoriy qiymatlarga muvofiq kelishini ko’rsatadi. Vodorot atomi nurlanishlarining barcha chastotalari seriyalar qatorini tashkil etadi. Bu seriyalarning har biri atomning barcha yuqori energetik holatlardan (katta energiyali holatlardan) energetik holatlarning biriga o’tishida hosil bo’ladi.

Yuqori sathlardan birinchi uyg’otilgan holatga (ikkinchi energetik sathga) o’tishlar Bal’mer seriyasini hosil qiladi va quyidagicha yoziladi: E3→E2→, E4→E2, E5→E2 va E6→E2 .

Bu seriya shvesariyalik o’qituvchi I.Bal’mer nomi bilan ataladi, u 1885 yildayoq vodorod spektrining ko’rinuvchi qismi chastotalarini aniqlash uchun oddiy formulani eksperiment asosida aniqlagan edi.

Yorug‘likning kvant manbalari-lazerlar, ulardan fan texnikada va xalq xo‘jaligida foydalanish.

Majburiy nurlanish natijasida, optik diapazonda monoxromatik yorug’lik nurini chiqaruvchi asbobga lazer deyiladi. Lazerlarda faqat yoqut kabi qattiq jismlar emas, balki gazlar, suyuqliklar, yarim o’tkazgichlar va hokazo holatdagi moddalar ishlatiladi. Ishlatilgan moddasiga kora chiqayotgan yorug’lik chastotasi (rangi) har xil bo’ladi. Masalan:yoqutli lazer qizil nur chiqarsa, argonli lazerdan yashil nur chiqadi. Lazer nurining tarqalish burchagi juda kichik: 10-5 radian atrofida yorug’lik dastasi hosil qiladi. Lazerlar eng kuchli yorug’lik manbalari bo’lib 10-11 sekund vaqt ichida 1014Vt/sm2 nurlanish quvvatiga erishadi. Quyoshning nurlanish quvvati butun spektri boyicha 7∙103Vt/sm2ga teng. Lazer spektarl chizig’ining kengligi esa Quyosh nurlanishining atigi 0,2Vt/sm2 quvvatiga to’g’ri keladi. Lazerlar qiyineriydigan materiallarni payvandlash va kesish uchun, teshiklar ochish (masalan olmoslarda) uchun ishlatiladi. Lazerlar yordamida ko’z operatsiyalari o’tkazilib, ko’zning oq tushgan to’r pardasini eritib yopishtirib, yo’qotilganda ko’rish qobiliyati yana tiklanadi.

Lazerlarning qo’llanishidagi boshqa yo’nalish lazerlardan chiqarilgan yorug’lik tarqalishida deyarli sochilmasligi bilan bog’liq.



Golografiya grekcha «holo» «to’lqin», «grarh» «yozaman» so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, u buyumlarning tashqi ko’rinishini «yozib olish» ning maxsus usulini anglatadi. Bu usul 1977 yilda D.Gabor tomonidan kashf qilingan. Golografiyaning mohiyati buyumdan kelayotgan nurlanishning to’lqin frontini fotoplastinkaga qayd qilish (yozib olish), so’ng buyumning tasvirini vujudga keltirish maqsadida bu frontni tiklashdan iborat.

Golografiyani fotografiyadan farqi nimada ekanligini quyidagicha ifodalaymiz. Fotografiyada yoritilgan ob’ektning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlar fotoplastinka yoki fotoplyonka tekisligining ayrim nuqtalariga ob’ektiv yordamida fokuslanadi. Bunda buyum barcha qismlarining tasvirlari ravshan bo’lavermaydi. Fotoapparat biror tekislikka ravshan qilib moslangan bo’lsa, buyumlarning shu tekislikda yotuvchi nuqtalarining tasvirlari ravshan bo’lib chiqadi xolos. Buyumning bu tekislikdan beriroqdagi yoki nariroqdagi qismlarining tasvirlari esa unchalik aniq bo’lmaydi. Masalan, bino oldida turgan odamning fotografik tasvirida odam gavdasi berkitib turgan bino qismini fotografiyaga turlicha vaziyatlardan qaragan bilan bari bir ko’rib bo’lmaydi. Bundan tashqari, binoni odamdan qanchalik uzoqda joylashganligini ham aniqlab bo’lmaydi. Bino va odamning tasvirlari bitta tekislikda ko’rinadi.






15.17 – расм.

Fotoplastinkada buyumning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlarning nisbiy intensivliklari qayd qilinadi. Bu nurlar fazalari orasidagi munosabatni fotoplastinkaning qorayishiga hech ta’siri yo’q. Vaholanki, fazalar orasidagi munosabat buyumning ayrim nuqtalarini fotoplastinkadan uzoqliklariga bog’liqdir.

Demak, buyumdan qaytgan nurlarning faqat amplituda-larigina emas, balki fazalarini ham fotoplastinkada qayd qilish usulini topish lozim. Bu usul golografiyadir, golografiya to’lqin optikasining asosiy qonunlari – interferenciya va difrakciya qonunlaridan foydalanish asosida vujudga keladi.



  1. Mustahkamlash:

      1. Elementar zarralarni kuzatish va qayd qilish usullarini tushuntirib bering.

      2. Radioaktiv aylanishlar deb nimaga aytiladi?


  2. Download 2,06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish