Ko'rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlash va ulardan foydalanish


S obyektning muhim, asosiy tomonlari talabalarda katta taas- surot qoldirishi, maksimum darajada diqqatlarini jalb qilishi kerak; s



Download 50,25 Kb.
bet5/6
Sana02.01.2022
Hajmi50,25 Kb.
#308760
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Manzura

S obyektning muhim, asosiy tomonlari talabalarda katta taas- surot qoldirishi, maksimum darajada diqqatlarini jalb qilishi kerak;

s o‘rganilayotgan obyektni sifatini mustaqil ravishda o‘lchash imkoniyatini ta’minlashi kerak.

Real narsalarni namoyish qilish metodi ko‘proq tabiiy, texnika

va texnologiya bilan bog‘liq fanlarni o‘rganishda qo‘l keladi. Ayniqsa, talabalaming o‘zi shu predmetlar, buyumlarni o‘z qollari bilan ushlab ko‘rib, uni xossalarini o‘rganishlari bilish jarayonini I'aol amalga oshishiga yordam beradi.

Iqtisodiy fanlarni o'rganishda ham ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish jarayonini tashkil qilishni boshqarishni o'rganishda, sarf- xarajatlar tarkibini, mahsulot sifati va boshqalarni o‘rganishda katta yordam beradi.

Namoyish qilish metodining o‘ziga xos davomi illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilishda ko'proq predmetlardan foy- dalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish bo‘lib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Illyustratsiyaning o‘ziga xos turi adabiyot, kinofilm qah- ramonlari bo‘lib, ularning obrazlari eslatilganda xotirada ularni jonlantirilishidir.

Illyustratsiya materiallarini oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytida ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda ulardan tarqatma material sifa­tida foydalanish keng qo‘llanilmoqda.

Illyustratsiyaning samaraliligi ko‘p jihatdan uni qanday tarzda qo‘llashga bog‘liq. Ko‘rgazmali qurollar va ularni namoyish qilishni rejalashtirganda uni mavzuni o‘rganishda qanday rol o‘ynashi va didaktik vazifasini yaxshilab o‘ylash kerak. Chunki haddan tasbqari ko‘rgazmali materiallar ko‘pligi, talabalarni mavzuni o‘rganishdan chalg‘itadi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytda ko‘rsatiladi.

Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o‘qituvchiga bog‘liq.

0‘qituvchi ko‘rgazmali quro! tanlar ekan, albatta, awalo, dars ma’ruzami yoki seminar darsimi - hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali o‘qituvchi talabalar oldiga qanday vazifa qo‘ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda ko‘rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, tanlasHi kerak.

Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron ilmiy taxmin (gipoteza)ni, ilgari surilayotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foy- dalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydala­nish mumkin. Bunda ham ko‘rgazmali qurollardan foydalanish da­rajasi o‘qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog‘liq.

O'qituvchi tarqatma materiallar tayyorlayotganda, ma’lum qoi- dalarga rioya qilishi lozim.

Tarqatma materiailami tayyorlash va qo‘Uash qoidalari:




  • Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materi­allar bermang.


  • Sarlavhalami bosh harflar bilan yozing, bir matn uchun ikki-uchta tarqatma material tayyorlasangiz, ularga nom-kod be­ring. Bu ulami ajratishni osonlashtiradi. ,


  • Matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak.


  • Bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo ) ishlatmang.


' • Matnlar tushunarii, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak.




  • Varaq dizayni e’tibomi o‘ziga tortishi kerak.


Tarqatma materiallarda:




  • o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish;


  • olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida ta­labalar bilan mustaqil muhokama qilish;


  • ta’lim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izla- nishga qaratish;


  • o‘quvchi-talabalami darsga faol jalb qilish;


  • o'quvchi-talabalaming olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash.


Bulaming hammasi dars jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanishning zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Shu bilan biiga dars jarayonida tarqatma materiallardan foy- dalanishda o'ziga xos kamchiliklar ham mavjud.




  • Tarqatma materiallar tayyorlash o‘qituvchidan ko‘p kuch va vaqt, yuksak mahorat talab qiladi.


  • Bir kishiga bitta tarqatma materiallar bo‘lishi kerak. Bu qo‘shimcha katta moddiy xarajatni talab qiladi.


  • Tarqatma material asosida o‘zaro muhokama cho‘zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e’tibor pasayishiga olib kelishi mumkin.


Ayrim kamchiliklariga qaramay, darsda tarqatma materiallar­dan foydalanishning afzalligi ustun.

Ko‘rgazmali qurol yoki namoyish qilinuvchi material va tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o‘tishda keng foydalanish mumkin.

Xulosa

Dars jarayonida ko‘igazmali qurollar va tarqatma materialar-

dan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ulami tay- yorlashni ham o‘rganish zamr. Ko'igazmali qurol va tarqatma ma- teriallami tayyoriayotganda ulami nima maqsadda tayyorlanayot- gani, qanday shakl va mazmunda yetkazish ma’qul ekanini hamda ulami tayyorlash qoidalariga rioya qilishni yoddan chiqarmaslik kerak.

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar

Ko‘rgazmali qurol, moddiy ko‘rgazmali qurol, nomoddiy ko‘rgazmali qurol, illyustratsiya, slayd, sxema, chizma, diagramma, grafik, tarqatiladigan materiallar,

Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Dars o‘tishda ko‘rgazmali qurollar qanday o‘rin tutadi?


  2. Ko'rgazmali qurollami qanday turlarini bilasiz?


  3. Ko‘rgazmali qurollarni tanlaganda nimalaiga ahamiyat ber­ish kerak?


  4. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish qanday afzalliklaiga


ega.




  1. Dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanish haqida nima deya olasiz?


  2. Tarqatma materiallar tayyorlaganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?


  3. Iyun oyida A va В kompaniyaning ishlab chiqaigan mahsu- lotini shaharlar bo'yicha sotish hajmi quyidagicha:



A kompaniya В kompaniya

Samarqand 13 39

Zarafshon 25 28

Yurmala 35 6



Vilnyus 27 27


Ular faoliyatini tahlil qilish uchun qaysi diagrammani tanlay-

siz?


Download 50,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish