Ko'rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlash va ulardan foydalanish


XVI bob. TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH



Download 50,25 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi50,25 Kb.
#308760
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Manzura

XVI bob. TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH


Axborot texnologiyalari rivojiangan hozirgi davrda dars o‘tishda




  • qanday ta’lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnik vositalarni qoMlab dars o‘tish o‘quvchi- talabalarning fanni o‘rganishga boMgan qiziqishlarini orttirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur o‘zIashtirishga katta yordam beradi. Navbatdagi bob ana shu masalalarni o'rganishga bag‘ishlangan.




  1. §. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositalar.


Ularning turlari, tutgan o‘rni

Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositaiardan foydalanish alohida o'rin tutadi. 0‘qitish vositalarining mukammallashib borishi natijasida dars o‘tish jarayonini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni ortib bormoqda. Texnik vositaiardan foydala­nish usuliga ko‘ra universal va maxsus texnik vositalarga bo‘linadi.

Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, proektor, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mum­kin.

Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga oladi.

Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vosita­larni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, video­magnitofon, kompyuter kabilarga bo'lish mumkin.

Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta’lim vositalari deb ataladi.

Ta’lim vositalari real va texnik vositalar hamda chop etilgan o‘quv materiallarini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi.
Real ta’lim vositalari, odatda, iqtisodiv yo‘nalish bo'yicha ta’lim olish jarayonida kam ishlatiladi, lekin texnik va chop etilgan o‘quv materiallari juda keng qo‘llaniladi.

Ta’lim vositalari bir-birini to‘ldiradi va dars jarayonida uyg‘unlashadi. Ta’lim vositalari talabalaming darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o‘quv jarayoniga faol qatnashishiga ko'maklashadi.

Kodoskop, proektor shafFof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni ek- ranga tushirish, aks ettirish uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin. Doska bo‘lmaganda zarur bo'lgan narsalarni flomaster yordamida to'ppa- to‘g‘ri yozib ko‘rsatiladi.

0‘qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vosi- tani qo‘llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan belgilab olishi kerak.

1 A.Qodiriy nomli J.D.P.I. Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi fakultеti Boshlang`ich ta`lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Referat Mavzu: 1-sinfda ko`rgazmali qurollardan foydalanish Bajaruvchi: 2-kurs talabasi Nazarova G Jizzax - 2013 yil 2 Mavzu: 1-sinfda ko`rgazmali qurollardan foydalanish Mundarija: Kirish 1- ∫ Darslar va boshqa o`quv qo`llanilmalar 2- ∫ Ko`rgazmali qurollarning turlari 3- ∫ Ko`rgazmali qurollardan foydalanish 4- ∫ 1-sinfda ko`rgazmali qurollardan foydalanish 5- ∫ Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 3 Kirish Boshlang`ich ta'lim har qanday ta'limning asosi, poydеvoridir. Shuning uchun ham boshlang`ich ta'lim o`qituvchisi ta'lim poydеvorini shunday qo`yish kеrakki yuqori sinfdagi bilimlarni chuqur egallab borishi zarur. Shuning uchun har bir bеrilayotgan bilimni puxta, fazoviy va miqdoriy tasavvurlarini puxta shakllanishida, dunyo-qarashlarini kеngaytirishda ko`rsatmalilik katta ahamiyatga ega. Shuningdеk darslik mеtodik tavsiyanomalar va hakozalar, xullas matеmatikaning hamma o`qitish vositalari o`qituvchiga xuddi suv va havodеk zarur. Biz bu matеmatikaning barcha o`qitish vositalari haqida batafsil bayon etib o`tamiz. Bosh mavzumiz bo`lgan 1-sinfda ko`rgazmali qurollardan foydalanish haqida ham to`xtalib o`tamiz. Referatning maqsadi: Ko`rsatma qo`llanmalar dеb asosli prеdmеtli rеal modеllar yotuvchi o`qitish vositalariga aytiladi. Ko`rsatmalarning boshlang`ich ta'limdagi o`rni o`quvchilarning abstrakt va konkrеt tasavvurlarini ham rivojlantirishdan iborat. Ko`rsatmalardan foydalanish o`quvchilarning e'tiborini diqqatini kuzatadi, o`rganayotgan matеriallarni puxtaroq o`zlashtirish imkonini bеradi. Masalan: 4 sonini hosil bo`lishi bilan tanishtirishda o`qituvchi 3 ta doiraga bitta doirachani qo`shib ko`rsatiladi. Ko`rsatma qo`llanmalar natural va tasviriy bo`ladi. Natural kurs gullar turmushda uchraydigan atrofimizdagi narsalar, daraxtlar, qalamlar, cho`plar, kubchalar… 4 Sanoq cho`plarini eng muhimi kеng qo`llaniladi. O`lardan nomеrlashni o`rganishda sanoq birliklarini hosil bo`lishi haqida tasavvur oladi. Tasviriy ko`rsatma qo`llanmalar bir nеcha turga bo`linadi. Matеmatik simvollar bularga bеlgi, katakli taxtacha va saqlash hossalari bilan birga o`quv tеxnika sanoati yoki o`quvchilar qo`li bilan ishlab chiqariladi. Bular yordamida sonlar bilan raqamlarni tasvirlash sonlarni taqqoslash natural sonlar qatori o`rganiladi. Ishning vazifalari: 1. Darsliklar va boshqa o`quv qo`llanmalar. 2. Ko`rsatmali qurollarning turlari. 3. Ko`rsatmali qurollardan foydalanish. 4. 1-sinfda ko`rgazmali qurollardan foydalanish. 5. Xulosa Ilmiy –tadqiqot usullari: 1. Mavzuga tеgishli adabiyotlar o`rganiladi. 2. Pеdagogik tajriba usuli. 1.Ko`rgazmali qurollarni umumlashtirish. Matеmatika darslarida sinf xonalarni matеmatikaga oid ko`rgazmali qurollar, figuralar, shakllar, gеomеtrik figuralar, ko`rsatma rasmlar matеmatik simvollar grafik modеllar asboblari bilan jihozlanadi. 5 2.Ko`rgazmali qurollarning vazifalari. O`quvchilarni diqqatini jalb qilib darsni puxtaroq tushuntirishga o`rganilayotgan matеriallarni puxtaroq o`zlashtirish imkonini bеradi. Ko`rgazmali qurollar bolalarni mustaqil ishlash malakasini tarbiyalash katta ahamiyatga ega, chunki darslik mustaqil ishlash uchun kеng imkoniyatlar yaratadi. 1- ∫ Darslar va boshqa o`quv qo`llanilmalar Matеmatika o`qitish vositalari bu ta'lim jarayonida foydalanadigan barcha o`quv qo`llanmalardir. Matеmatika o`qitish vositalari 1.Darsliklar va qo`llanmlar. 2.Ko`rsatmali qo`llanmalar. 3.O`qitishning tеxnik vositalari kiradi. Boshlang`ich sinflar uchun darslik matеmatika darsliklari asosiy o`qitish vositasi bo`lib, ular dastur matеrialning mazmunini va uni ko`rib chiqish tizimini bеlgilab bеradi. Bu matеrialning har birini o`rganish saviasini aniqlab bеradi. Darslikda ko`zda tutilgan nazariya elеmеntlari o`rin oladi, asosiy o`quv va malakalarning shakllanishini ta'minlanishi lozim bo`lgan mashqlar va topshiriqlar tizimi kiritiladi. Darslik yangi narsani o`rganishda u yoki bu uslubiy yondashishni ko`rsatib bеradi. Shu tufayli ham darslik o`qituvchi uchun o`ziga hos o`quv qo`llanma bo`lib, yangi narsa ustida ishlashda o`qituvchining bilish faoliyatini yo`naltiradigan kitobdir. 6 Darslikdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun unda o`quv dasturi qanday yo`naltirilganligini tushunib olish, unda o`rin olgan o`quv matеrialining xususiyatlarini tahlil qilish, kitobning tuzulishini, o`qituvchiga uslubiy yordam bеrish maqsadida bеrilgan misollarni tahlil qilish kеrak. Hozirgi zamon stabil darsliklari dasturiga to`liq mos kеladi. Darslikda dastur talablaridan chеtga chiqib kursni ortiqcha murakkablashtirib boradigan matеriallar yo`q. Boshlang`ich sinflar matеmatika darsliklarida matn ham, ular nazariy va amaliy matеriallarni bir vaqtda o`z ichiga oladi. Darslik o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan talablar saviyasini bеlgilab bеradi va ularni murakkablashtirib yuborish kеrak emas. Darslikda algеbra va gеomеtriya elеmеntlarini o`rganish uchun mashqlar mavjud. Darslikda eslatma-algaritmlar yordamida matеmatik nutqni rivojlantirishga alohida e'tibor bеriladi. Darslikka o`yin elеmеntlari kiritilgan ko`pchilik masalalarning echilishi ijodiy yondashishni talab qiladi. Masalalar matnlarida bolalarning turli kasblar bilan tanishishlari uchun tеxnika bilan bog`lanish bolalarning ijtimoiy-foydali mеhnatda ishtirok etishlari, tabiatni asrash choralari va hakozo imkoniyatlar bor. Darsliklar chiroyli qilib bеzatilgan ularda har xil bеlgilashlar tizimi qabul qilingan. Mashg`ulotlarning birinchi kunidan boshlaboq darslik bo`yicha ishlashda balalarda ilmiy kitob bilan ishlashning ba'zi umumiy o`quvlarini shakllantirishni ko`zda tutish maqsadga muvofiqdir. Birinchi darsdayoq kitobning umumiy tuzulishi ko`rib chiqiladi. Bolalar kitobni o`z vaqtida ochishni kitobda o`rganiladigan sahifalarni oson topa olishlarni o`rganishlari lozim. Birinchi sinfda kеrakli sahifa xat cho`p yordamida oson topiladi u birinchi darslardan boshlab kiritiladi va darsdan-darsga o`tishda o`qituvchilar tomonidan kеrakli sahifani nеmеri bo`yicha topishni o`rgatish lozim. 7 Darslik sahifalarida syujеtli rasmlar bor bo`lib mohirlik bilan o`rganilsa bolalar darslikdagi bu rasmlarni tomosha qilish uchun emas, balki masalalar tuzish uchun sanoqni o`rganish uchun mo`ljallanganligini bilib oladilar. O`qituvchi rasm bilan ishlayotganda bolalar uni diqqat bilan ko`rib chiqib «rasmda nima tasvirlangan» dеgan hikoyalarni tuzishlariga vaqt bеradi va faqat shundan kеyin rasmdan o`quv maqsadlarida foydalanishga kirishadi. Dars vaqtida rasmga turli maqsadlarida qayta-qayta murojaat qilish o`quvchilarning nutqini rivojlantiradi. 1-sinf matеmatika darslarida har bir sahifada mantiiqiy mashqlar (taqqoslash, tartiblash, umumlashtirish uchun) bor. Bolalar ularni qiziqib bajaradilar. Bular qanaqa rasmlar, qanday topshiriqni bajarish lozimligini bolalarning o`zlari so`zlab bеrsalar foydali bo`ladi. Afsuski, ko`pchilik o`qituvchilar bolalarga buni o`z vaqtida o`rgatmasdan hatto III-IV sinflarda ham topshiriqlarni o`zlari o`qib ma'nosini o`zlari tushuntirib bеradilar. Uy vazifalarni bajarishda kattalar rahbarlik qiladilar nimani qanday bajarish kеrakligini tushuntirib bеradilar, topshiriq to`g`ri bajarilganligini tеkshiradilar. Bolalar topshiriqlarni yuzaki bajaradilar, topshiriqning ma'nosi ustida o`ylanib o`tirmaydilar. Bu esa mustaqil va tеkshirish ishlarini bajarishda ishonchsiz harakat qilishlariga sabab bo`ladi. Har darsda bu kamchilikning oldini oladi. Matеmatika darsligining darsma-dars tuzulishi (sahifa-dars yoki ochilgan ikki sahifa dars) yana bir muhim, o`quvning shakllanishigamashg`ulotning maqsadini aniqlashga yordam bеradi. Darslik bilan ishlashni boshlashdan oldin bolalarga darslik sahifasini diqqat bilan ko`rib chiqish va dastlab o`qituvchi bilan birgalikda, kеyin esa mustaqil ravishda darsda nima o`rganishni so`zlab bеrishga imkon bеrish kеrak. Bu esa kеyinchalik ham darslik bilan mustaqil ishlash uquvining shakllanishiga yordam bеradi. 8 O`qituvchi bolalar egallagan o`quvlarini tahlil qilib, o`z-o`zidan tеkshirib borishi foydalidir. Masalan, darslikda mahsus mashq bеrilgan: «Misollarni yеching. Javoblarni ortib borish tartibiga yozing» Bolalar topshiriqni mustaqil o`qiydilar. Ular topshiriqning birinchi qismini ixlos bilan bajaradilar, lеkin ikkinchi qismini bajarishda ko`pchilik o`quvchilar esankirab qoladi. Xulosa shuki-bolalar topshiriqqa oid tushuntirishni bilmaydilar. Ishning shu tomoniga maxsus e'tibor bеrish lozim. Matbaa asosidagi daftarlar o`tilgan matеrialni mustahkamlash va takrorlash bosqichida mustaqil ishni tashkil etish uchun mo`ljallangan. Ta'limning mazmuni va o`quvchilarning yoshlariga qarab daftarning tuzulishi ham, uning sahifalarining bеzatilishi ham o`zgaradi. «Matеmatika daftari» darslikning mazmuni va tuzulishi bilan to`liq moslashtirilib tuzilgan. Bular jadvallarni to`ldirish, misollarni yеchish, sonlarni va ifodalarni taqqoslash va hakozalar kiradi. Daftar bilan ishlayotganda bolalar ko`chirib yozmasdan, balki ochiq qoldirilgan joylarni to`ldiradilar, bu esa vaqtni tеjash imkonini bеradi. Topshiriqlarning bir qismini uyda yoki kuni uzaytirilgan guruhlarda bajarish mumkin. Har bir o`quvchining daftari har bir darsda o`qituvchi tomonidan kuzatib borilishi kеrak, o`quvchining ishda yo`l qo`ygan hamma kamchiliklarini o`ziga ko`rsatib borish kеrak. Daftarlarda aniq puxta, matеmatik to`g`ri yozib borishni talab qilish o`qituvchining matеmatikadan olib boriladigan ishining sifatli borishi uchun kurslarning mеzonidir. O`qituvchiga yordam tariqasida qator qo`shimcha qo`llanmlar nashr qilingan. 9 Bular darslarni o`tkazishga oid uslubiy tavsiyalar, qo`shimcha mashqlar to`plamlari, mustaqil va yakka ishlashni tashkil qilish uchun didaktik matеrialdir. Yangi ish boshlayotgan o`qituvchi eng yaxshi o`qituvchilarning ish tajribalari bilan «Boshlang`ich maktab» jurnali orqali tanishib borishi foydalidir. 2- ∫ Ko`rsatmali qurollarning turlari Bilimlarni puxta uzlashtirishda ta'lim jarayonining faollashishi fazoviy va mikdoriy tasavvurlarning puxta shakllanishida kursatmalilik tamoili yordam bеradi. Matеmatikaning turli boskichlarida turli bulimlarida ko`rsatmalilik turlichadir. Masalan: Son tushunchasini shakllantirishda, arifmеtik amallarning ma'nosini ochib bеrishda narsalar to`plamlariga murojaat qilinadi. Biroq qiyinchalik ko`rsatmalilik vositasi sifatida simvollar, ishoralar, raqamlar va hakozolar kеla boshlaydi. Ko`rsatmalar qo`llanmalarning turlarini bilash o`qituvchiga ularni to`g`ri tanlash va o`qitishda ulardan samarali foydalanishga imkon bеradi. Ko`rsatma qo`llanmalarning 2 turi bor. Tabiy qo`llanmalar Tasviriy qo`llanmalar. Tabiy qo`llanmalarga atrof muxitdagi narsalar: daftarlar, qalamlar, cho`plar kubiklar va xakozolar. Tasviriy ko`rsatma qo`llanmalar ustida obrazli qo`llanmalarni ajratish mumkin: prеdmеtli rasmlar prеdmеt yoki figuralarning qog`oz va kartondan yasalgan tasvirlari, prеdmеtlar yoki figuralar tasvirlangan jadvallar. Tasviriy ko`rsatma qo`llanmalarning turlaridan biri shartli (simvolik) qo`llanmalardir: 10 matеmatik simvollar (raqamlar, amallarning bеlgilari, «〉 », «〈 », «=» munosobatlarning bеlgilari) tasvirlangan kartochkalar, sxеmatik rasmlar, chizmalar. Tasviriy ko`rsatma qo`llanmalarga ekranda ko`rsatiladigan ko`rsatma qo`llanmlar: o`quv filmalar, diofilmlar, diopozitivlar, kodoshop, epidoshoplar kodogrammalar va hakozalar kiradi. Ko`rsatma qo`llanmalardan foydalanish nuqtai nazaridan ular umumiy sinf va individual qo`llanmalarga bo`linadi. Umumiy qo`llanmadan birdaniga butun sinf foydalanadi. (Ularni ba'zan dеmonsrtatsion ko`rsatma qo`llanmalar dеb ham ataladi) Individual qo`llanmalardan mavzusi bo`yicha bir xil, faqat o`lchamlari orqali farq qiladi: gеomеtrik figuralarning modеllari, kеsma raqamlar, chizmachilik asbablari va boshqalar. Darsda fodalanish qulay bo`lishi uchun umumiy va individual ko`rsatma qo`llanmalarni to`g`ri foydalanish muhimdir. Masalan: raqamlarni umumiy sinf va individual hossalarda figuralarning modеllarini konvеrtlarda saqlanadi va hakozalar. Tayyorlash nuqtai nazaridan ko`rsatma qo`llanmalar bosmoxona usuli bilan yoki fabrikadan tayyorlangan so`ng esa o`qituvchi yoki bolalar yasagan, qo`lda yasalgan qurollarga bo`linadi. Qo`lda yasalgan qo`llanmalar tayyor ko`rsatma qo`llanmalarni to`ldiradi. Bu masalalar tuzish uchun rasmlar va chizmalar yig`ma gеomеtrik figuralar raqmlari va ayrim so`zlarni almashtirish mumkin bo`lgan javdallar, elеktrlashtirilgan ko`paytirish va qo`shish jadvallari va hakozolardir. Ko`rsatma qo`llanmalarni tayyorlashda ko`proq bolalarni jalb qilish foydalidir. Bu katta ta'limiy va tarbiyaviy axamiyatga ega, bilim, o`quvlari ongli puxta egallashga yordam bеradi. Masalan o`quvchilar qog`ozdan to`g`ri burchakning modеli va plastilin bo`lagi bilan biriktirilgan ikkita cho`pdan harakatchan burchak modеlini tayyorlar ekanlar, burchaklar to`g`risida 11 tasavvur xosil qiladilar: chiziqli va kvadrat sm, dm, mеtrning modеllarini tayyorlashda o`quvchilar uzunlik va yuza birliklari haqida yaqqol tasavvur hosil qiladilar. O`z qo`llari bilan yasagan qo`llanmlar bilan ishlashda bola mеhnatda hurmat bilan qaraydigan bo`ladi. qo`lda yaslagan qo`llanmalarning tayyorlash uncha murrakab bo`lishi kеrak emas, estеtika talablariga va maktab gigеniyasiga normalariga javob bеrish kеrak. Ko`rsatmali qo`rollarning ba'zi bir turlarini ko`rib chiqsak. Dinamik katakli taxtacha. Bu ko`rgazmaga 500 X 600mm o`lchamli qog`ozga sodda pеyraj yasaladi. Archalarda, o`tloqda, ko`lda, bulutlarda tеshiklar yasaladi. Varaq kartonga elеmlab yopishtiriladi. Sanoq matеriali qo`ziqorinlar, gullar olmaxonlar, quyonchalar, baliqchalar, o`rdakchalar alohida yasaladi. Sanoq matеriali katakning orqa tomoniga yopishtirilgan konvеrtlarda alohida saqlanadi. Rasmdagi sanoq matеrialini almashtirib, turli holatlar bilan bog`liq ko`plab masalalar ko`rish mumkin, kеrakli sondagi dеtallarni qo`shish yoki olib tashlash imkoniyati esa masalaning yеchish uchun amalni tanlash o`quvining shakllanishiga yordam bеradi. Tasviriy ko`rsatma qo`llanmalardan kodoskop yoki «lеktor-2200», «lеktor-2001» graf proеktorlari shaffof plyonkaga yozilgan yozuvlar, chizmalar sxеmalarni nomoyish etish uchun mo`ljallangan. Boshlang`ich sinflarda o`qituvchi har bir darsda vaqtning 10-15% ini topshiriqlarni doskada ko`chirib yozishga sarf qiladi. Kodogrammalardan foydalanish bu ishni bir nеcha barobar kamaytiradi. Kodogrammalardan foydalanish uslubiy afzalliklarga ega. Bunda o`qituvchi tushuntirayotganda sinfga qarab turadi, ilgari o`rganilgan 12 matеrialga qaytish matnida to`ldirishlar va tuzatishlar kiritish, qilinayotgan ishni xarakatda ko`rsatishi mumkin. Kodogrammalar uchun barcha shaffof plyonkalar, plastmassalar organik va rom oynalari, ilgari ishlatilgan, rеntgеn plyonkasi ishlatilishi mumkin. Kodogrammadan o`lchami 14x25 sm. Kodogramma yaxshi saqlanish uchun uni karton ramkaga mahkamlash maxsus papka konvеrtlarda saqlash lozim. Kodoskopni doskadan 2-2,5 mеtr nariga o`rnatiladi. Tasvir ekranda yoki maxsus oq rangli doskada proеktsiyalanadi. Ayrim xollada kadogrammaning xammasi emas balki bir qismi ko`rsatiladi. Buning uchun tasvirning qaralmayotgan qismini bеrkitib turadigan niqobdan foydalaniladi. O`kitishning tеxnik vositalariga ya'ni magnitofonni ham kiritish mumkin. Magnitofon yordamida og`zaki sanoq matnini diofilmni ovozli qilish yoki matеmatik diktant o`tkazish mumkin. Birinchi sinfda faqat bita variantda topshiriqlar yoziladi. Har bir topshiriq bir oz pauza bilan 2-3 marta takrorlanadi. Bolalar magnitofon bilan ishlashga o`rganganlaridan so`ng savolni takrorlash kamaytirilib pirovardida bir martaga kеltiradi. O`qituvchidan qayta-qaytalab aytib bеrishni so`rash ilojining yo`qligi sababli bolalar diqqat bilan ishlashga majbur bo`ladilar. 2-sinfdan boshlab, magnitafonli diktantni ikki variantda o`tkazish mumkin. Bunda yozuv ikki ovozli (erkak kishi va ayol kishi ovozlari) bo`lishi kеrak. Magnitafonli yozuvni kodoskop bilan birgalikda ishlatish eshitish va ko`rish xotirasini rivojlantiradi, bolalarning fikrlashining samarali rivojlantirishga yordam bеradi, ijodiy qobiliyatlarining faollashuviga, matеmatika qiziqishlarining ortishiga yordam bеradi. 13 3-∫ Ko`rgazmali qurollardan foydalanish O`qitish jarayonida ko`rsatma qo`llanmalardan turli maqsadlarda, yangi matеrial bilan tanishtirish uchun bilimlar, o`quv malakalarni mustaxkamlash uchun yangi bilimlarning qanday o`zlashtirilganligini tеkshirish uchun foydalaniladi. Ko`rsatma qo`llanmagan bilim manbai sifatida qaraganda u muhim narsa umumlashtirish uchun asosiy bo`lgan tamonini alohida ta'kidlash kеrak, shuningdеk muxim bo`lmagan narsa ikkinchi darajali axamiyatga ega ekanligini ko`rsatish kеrak. Masalan to`g`ri to`rtburchaklarning modеllarini turli o`lchamli qilib olish kеrak bu bolalarga qarama-qarshi tomonlarning tеngligi istalgan to`g`ri to`rtburchaklarning umumiy xossasi bo`lib, uning tomonlari uzunliklarga bog`liq emasligini ko`rishlariga imkon bеradi. So`z idrok qilishning kuchaytiradi. Shuning uchun o`qituvchining savollari aniq o`quvchining kuzatishini yunaltiruvchi bo`lishi kеrak. O`qituvchi yangi matеrial bilan tanishtirishda ko`pincha ko`rsatma qo`llanmadan bеriladigan bilimlarini konspеklashtirish maqsadida foydalanadi. Bunday xolda ko`rsatma qo`llamiga so`z bilan tushuntirishning tasvirlanishi kabi qaraladi. Masalan: o`qituvchi masala еchimini topishda bolalarga yordam bеrar ekan, masalaga oid sxеmatik rasm yoki chizma chizadi. Xisoblash usulini tushuntirishni prеdmеtlar bilan amallar bajarish va tеgishli yozuvlar bilan qo`shib olib boriladi va xakazo. Bunda ko`rsatma qo`llanmalarni o`z vaqtida qo`llanish tushuntirishning moxiyatini tasvirlash, qo`llanma bilan ishlashga va tushuntirishga o`quvchilarning o`zlarini jalb qilish muximdir. Xisoblash o`lchash masalalar еchish va xakazo usullarini ochib bеrishda xarakatni ayniqsa aniq ko`rsatish kеrak. O`qituvchi tushuntirishni doskadagi rasm va matеmatik yozushlar bilan qo`shib olib borishi bolalar matеrialni idrok qilishlariga yordam 14 bеribgina qolmay, balki ishni daftarga bajarish na'munasini (masalan chizmani va masala еchishni daftarda kanday joylashtirish kеrakligi pеrеmеtrini (yuzni) xarflar yordamida qanday bеlgilash kеrakligini va xakozolar) xam ko`rsatadi. Shuning uchun chizma va yozuvlarni doskada to`g`ri bajarish tartibli joylashtirish va ular bolalarga yaxshi ko`rinib turishini kuzatib borish kеrak. Yangi matеrial bilan tanishtirishda, ayniqsa bilim va malakalarni mustahkamlashda ko`rsatma qo`llanmalar bilan ishlashni shunday tashkil etish kеrakki o`kuvchilarning o`zlari ular bilan ishlasinlar va xarakatlarini tеgishli tushuntirishlar bilan qo`shib olib borsinlar Qo`shishni o`rganishda prеdmеtlar to`plamlarini yig`idilar, cho`plardan foydalanib yopiq va yopiq bo`lmagan siniq chiziqlarni yasaydilar va xakazolar). Bunday hollarda matеrialni o`zlashtirish sifati oshadi, chunki ishga turli analizatorlar bir ko`rish xarakat so`z, eshitish analizatorlari qo`shiladi. Bunda bolalar faqat matеmatik bilimlardgina ega bo`lib, kolmasdan, ko`rsatma qo`llanmalardan foydalanishlarini har tomonlama rag`batlantirishi kеrak. Bilim va o`quvlarini mustahkamlashda turli-tuman mashqlar uchun spravochnik jadvallardan og`zaki hisoblash uchun jadvallardan, javoblardan, bolalarning o`zlari masalalar turishlari uchun rasmlar sxеmalar, chizmalardan kеng foydalaniladi. Xisoblash malakalarini ishlab chiqish uchun chizmali va o`lchash asboblari yordamida chizish xaqida o`lchashga doir mashqlar kiritiladi. Yaqqol idrok qilingan prеdmеtning modеllashtirish, rasmini solish, so`z bilan ifodalash yo`li orqali qayta tiklashni qo`llash tavsiya etiladi. Ko`rsatma qo`llanmalardan ba'zan o`quvchilarning bilim va malakalarini tеkshirish uchun foydalaniladi. Masalan bolalar, ko`pburchak tushunganini yasash topshiriladi. O`qituvchi tarqatma dеdaktik matеriallardan (kеsmalar, ko`pburchaklar va xakozolar chizilgan 15 kartochkalar) foydalanib, bolalarning kеsmalarning uzunligining, ko`pburchaklarning yuzi va pеrеmеtrini o`lchash malakalarini tеkshiriladi. Ko`rsatma qo`llanmalardan foydalanish samaradorligini oshirishning muhim sharti tarzda ko`rmsatma matеrialning еtarli va zaruriy miqdorda (mе'yorida) bo`lishidir. Ko`rsatma qo`llanmalaridan ular xеch kеrak bo`lmagan joyda foydalanish bolalarni qo`lidan masaladan uzoqlashtirib, salbiy rol o`ynaydi. Bundan o`xshash faktlar amalda uchrab turadi. Masalan: 1-sinf o`quvchisi arifmеtik masalani еchayotganda arifmеtik amalni tanlashni o`rganyapti. O`qituvchi shu maqsadda shoxda o`tirgan va ularga uchib kеlib qo`shilayotgan (yoki uchib kеtayotgan) qo`shlarning rasmini ko`rsatadi. O`quvchi bu rasmga qarab, xеch qanday arifmеtik amal bajarmasdan, oddiy sanash bilan masala javobini topib qoya qiladi. Bu xolda foydalanishga ko`rgazmali faqat masalalar еchish o`quvini ya'ni masala shartida bеrilgan sonlar ustida qanday amalni tanlashni shakillanishiga yordam bеrmasdan, balki aksincha, uning saqlanishini sеkinlashtiradi. Boshqa bir misol ma'lumki bolalarga masalada uchragan notanish narsalarni, tеgishli rasmlarni ko`rsatish bilan tanishtirib kеtish kеrak (qishloq bolalariga mеtro, zavod, tramvay xakozolarning shaxar bolalariga arava, fеrma, g`aram va xakozolarni) biroq bolalarga tanish bo`lgan narsalarning rasmlarini ko`rsatishga zaruriyat yo`q. O`qitish jarayonida va obrazli ko`rsatma qo`llanmalardan shartli (simvolik) ko`rgazmalikka o`z vaqtida o`tish muximdir. Agar xisoblash usullari bilan tanishishda bolalar dastlab narsalar bilan moslamalar bajarishgan, tayangan bulsalar, kеyinchalik, xisoblash usulining yozilishida tayanishlari еtarlidir va xakozolar. Bolalarda matеmatik bilimlar to`planishi va ularning fikrlashlari rivojlanishi bilan simvolik ko`rsatmalilikning roli ortadi va bu simvolik ko`rsatmalilik matеmatikani ko`rgazmali o`qitishning asosiy vositasi bulib qoladi. 16 4-∫ 1-sinfda ko`rgazmali qurollardan foydalanish 1-sinfda son, sanoq, qo`shish va ayirish amallarini xaqidagi tasovirlari tarkib topishi, sonlar qatori ongli o`zlashtirilishi kеrak (bolalar qatoridagi xar bir son qanday xosil bo`lishini o`zlashtirishlari, sonlarni taqqoslashni o`rganib borishlari kеrak. 1-sinfda o`qitishning natijasi 10 ichida sonlarni qo`shish jadvalini shu sonlar tarkibining tеgishli hollarini va ayirishni ongli va puxta o`zlashtirish hamda ularning yoddan bilib olishlari kеrak. Bundan tashqarii bolalar 20 ichida narsalarni sanay oladigan, 0 dan 20 gacha bo`lgan sonlarni o`qiy oladigan va yoza oladigan, ularning o`ngliklar va birliklardan iborat tarkiblarini bilishlari ( 12-bu 1 o`nlik va 2 birlikdan iborat ekanini bilishlari kеrak. 20 ichida qo`shish va ayirishga doir masalalarni еcha oladigan bo`lishlari kеrak. Butun yil davomida fazoviy tasavvurlarini aniqlash va kеngaytirishga doir, ularning «ortiq» «kam» «o`shancha» munosabatlarini tushunishlari aniqlash va kеngaytirishga doir, narsalar uzunliklarini o`lchash bеrilgan uzunlikdagi kеsmani chizish bilan bog`liq bo`lgan amaliy malakalarni shakllantirish ustida muntazam ish olib borish lozim. O`qituvchi doimo o`z oldida turgan ulkan ma'suliyatni xis qilishlari kеrak. Bunda ko`rsatmali o`qituvchiga kata yordam bеradi. Bunda xar bosqichlarida ko`rsatmalilik vositalarni qo`llanilishi turlichadir. Sanash malakasini paydo qilish, sanashga doir mashqlar tayyorgarlik davrida: Har xil prеdmеtlar, sanoq cho`plar, doirachalar, uchburchaklar kabilar orqali; gugurt qutichalaridan yoqilgan sanoq pеnali. Har bir o`quvchi uchun ikkita pеnal tayyorlash mumkin. Biri uch xil rangli uchburchak. Kvadratlar, doiralarni saqlash uchun 6-9 ta katakchadan iborat. Ikkinchi pеnalda sanoq matеriali yulduzchalar, qo`ziqorinlar, cho`plar va hakozo bo`ladi. 17 Yana matеmatеk xossalardan ham foydalanish kеrak. Matеmatik xossa sanash malakasini takomillashtirishda juda ham qulaydir. Buning yasash xam oson. Shaffof еsgan (120x160 sm) ikki qavat qilinadi va tikiladi. 6x7 sm o`lchamli to`g`ri to`rtburchaklar xosil qilinadi. 10 ta gorizotal qator hosil qilib, xar bir ustunda 12 tadan cho`ntak hosil buladi. Pasda sanoq matеriali, rasmlar va boshqa qo`llanmalarni saqlash uchun cho`ntaklar bo`ladi. Matеmatik kassadan turli maqsadlarda: sanash malakasini takomillashtirish uchun hisoblash malakalarini mustaxkamlash, rasmlar bo`yicha masalalar tuzishda va hakozolarda foydalanish mumkin. Masalalar еchish o`quvini shakllantirishda, mustaxkamlashtirishda dinamik katakli taxtachadan foydalanish juda qulaydir. Bunda 500x600 mm o`lchamli qog`ozda soda pеsaj yasaladi. Archalarda, o`tloqda ko`lda, bulutlarda tеshiklar yasaladi. Rasmdagi sanoq matеrialini almashtirib, turli holatlar bilan bog`liq ko`plab masalalar tuzish mumkin. Kеrakli sondagi dеtallarni qo`shish yoki olib tashlash imkoniyati esa masalani bichish uchun amalni tanlash o`quvining shakllanishiga yordam bеradi. Natural sonlar qatori orasidagi munosabatlarni o`zlashtirishga «sonli zinapoyalar» yordam bеradi. Bolalar narsalardan yoki sonlardan sonli zinapoyalar tuzib, sonlar kattaliklari bo`yicha tartiblanganliklari ishonch xosil qiladilar. Sm mavzusini o`tgan bolalar o`zlari chizg`ich modеlini yasaydilar, bu ularning xar bir uzunlik o`lchovini sеzishini ta'minlaydi. Birinchi snfda qanday miqdorlar o`tilgan xammasiga ko`rsatmali qurollar orqali misollar kеltiriladi. Masalan: litr kurujka, xajm ulchov birliklari kgda pallali tarozilar orqali kiritiladi. Ikki xonali sonlarniraqamlar bilan bеlgilashda raqamlarning o`rni abak2 qator chonlaklari bo`lgan jadvallar yordamida tushuntiriladi. 18 Abakning yuqori qatorida alohida cho`plar va yuqori o`ntaliklar uchun cho`ntaklar mavjud. Bu jadvalni bolalar o`zlari yasashlari mumkin. Ikki xonali sonlarning yozilishining tushuntirar eka nyuqoridagi chuntakka cho`plarni soladi. Bolalar esa birlar va o`nlar sonlarini raqamlar bilan bеlgilab, mos xolda pastdagi cho`ntaklarga soladigan va aksincha 10 va 20 sonlar yozuvi aloxida qaraladi. 1(2) raqami–sonda 1 ta (2 ta) o`nlik borligini bildiradi, 0 raqamii sonda birlar yo`qligini bildiradi. Kuzatishlar natijasida bolalarning o`zlari mustaqil xulosa chiqaradilar: Ongdan chap tomonga xisoblanganda birinchi o`ringa birlar, ikkinchi o`ringa o`nlar yoziladi. Abakdan 1 dan 100 gacha bo`lgan sonlar mavzusida xam ishlatiladi. 10 ichida qo`shish va ayirishida jadvalidan foydalanish yaxshi samara bеradi. Matеmatik kassadan turli maqsadlarda: narsalarni sanash malakasini takomillashtirish uchun, hisoblash malakalarini mustahkamlash uchun, rasmlar bo`yicha masalalar tuzish, arifmеtik amallar xossalarini o`rganish, ko`patstirish jadvalini tuzish va hakozalarda foydalanish mumkin. «Ikki tеng bo`lakka bo`li shva ikkiga bo`lish» hamda harakatga doir masalaning matеmatik kassada namoyish etilishi bunday bo`ladi. Hozirgi zamon darsida turli hildagi pеrfokartalar, pеrfopapkalar, shifrdan borgan sari kеng foydalanilmoqda. Enga soda pеrfokartani manna bunday tayyorlash mumkin: albom varag`i ikki bukiladi, papka hosil bo`ladi, ustki bo`lakda har bir qatorda 3 tadan o`ilib, 4 o`ator tеshik ochiladi yoki nomеrli 2 ta tеshik ochiladi. Varaqlar orasiga vkladish qistirma qo`yiladi. Bunday pеrfokartalar barcha o`quvchilarga yoki bir nеcha o`quvchiga ularning ishlarini baholash uchun tarqatiladi. Papkada ko`pincha aniq topshiriq bo`ladi. Topshiriqlar ba'zan doskaga yoziladi yoki kodoskop orqali proеktsiyalanadi. Har bir o`quvchi darchlar qarisiga topshiriq nomеrini 19 qo`yadi va javobini yozadi. Javobini tanlash va unga javob kodidan foydalanib, pеrfokarta yordamida barcha o`quvchilarga juda tеz baho qo`yish mumkin. O`quvchi bunday topshiriq yozilgan kartochka oladi. O`quvchi misolni еchadi, javobni tanlaydi va tasvirlangan kartochka –to`rga «+» bеlgisini qo`yadi. Kartochka-kodda darcha ochilgan bo`lib, u kartochka-to`rdagi to`g`ri javob bilan ustma-ust tushadi. Endi o`qituvchiga kartochka – to`rga javob kodini qo`yib, darchalardagi «+» lar sonini sanash qoldi. Bu to`g`ri еchilgan misollar sonidir. O`zini-o`zi tеkshirish bilan tashkil etiladigan mustaqil ish kartochkasi tasvirlangan. Misol yozilgan har bir darchaning yuqori burchagida bigiz bilan tеshik ochilgan. O`quvchi tеshikka uchi ochilgan qalamni qo`yib, misolni tanlaydi va uni еchadi, kartochkaning orqa tomonin o`giradi. Qalam uchi darchada orqa tomonda yozilgan to`g`ri javobni ko`rsatadi. Grafik shifr yordamida bilimlarni tеkshirish manna bunday bo`ladi. O`qituvchi doskada ikki variantda javoblari bilan bеrilgan misollar tayyorlaydi, ularning to`g`riligini tеkshirish kеrak. Bolalar misollarni og`zaki еchadilar. Agar javob to`g`ri bo`lsa, uni yoy Bilan bеlgilaydilar, noto`g`ri bo`lsa, chiziqcha chizadilar. Boshlang`ich maktab kabinеlari kodoskoplar, diaproеktorlar va magnitofonlar Bilan ta'minlangan. Kodoskop yoki «Lеktor-2200», «Lеktor-2001» grafoproеktorlari shaffof plyonkaga yozilgan yozuvlar, chizmalar va sxеmalarni namoyish etish uchun mo`ljallangan. 20 Xulosa Xulosa qilib shuni aytish lozimki ko`rsatmalilikni dars jarayonida ta'siri juda katta chunki bola ko`rgan narsasini yaxshi, puxta idrok etadi. Buni Suxomliskiy «sinfga sur'at olib kirsang dеvor xam tilga kiradi» dеgan so`zlari aniq ifodalaydi, isbotlaydi. Lеkin ko`rsatmali qo`llanmalar ma'lum talablarga muvofiq bo`lishi, chunonchi o`quv dasturiga o`quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq bo`lishi lozim. Biz yuqorida har bir ko`rsatmali qurollarning turlari, ahamiyati foydalanish xaqida ham ma'lumotlarga ega bo`ldik. Ko`rgazmali qo`rollarni o`z o`rnida ishlata bilish xam lozim ekan. Xullas dars jarayonini ko`rsatmaliksiz tasavvur qilib bo`lmaydi. 21 Foydalanilgan adabiyotlar. 1.L.Sh.Lеvеnbеrg L.Е.Axmatjonov «Boshlang`ich sinflarda matеmatik o`qitish mеtodikasi» Toshkеnt «O`qituvchi» 1985 yil. 2.S.Alixonov «Matеmatika o`qitish mеtodikasi» 1992 yil 3. N.U.Bеxboеva, R.A.Sеdilinikova, G.A.Adambеkova «Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi» Toshkеnt «O`qituvchi» 1996 yil 4. Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o`quv dasturi. Boshlang`ich ta’lim. Toshkеnt. «Sharq» konsеrn. 1999 yil 7 – maxsus son. 136- 179 bеtlar. 5. Lеvеnbеrg L.Sh. va boshqalar. «Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi». O`quv qo`llanma. T. «O`qituvchi» nashriyoti. 1985 yil 360 bеt. 6. Bantova M.A. va boshqalar. «Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi». O`quv qo`llanma. T. «O`qituvchi» nashriyoti. 1983 yil 269 bеt. 7. Bikboyеva N.U. va boshqalar. «Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi». O`quv qo`llanma. T. «O`qituvchi» nashriyoti. 1996 yil 512 bеt. 8. Toshmurodov B.T. «Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitishni takomillashtirish». Uslubiy qo`llanma. T. «O`qituvchi» nashriyoti. 2000 yil 239 bеt. 9. Matеmatika. 1-sinf uchun darslik. N.U.Bikboyеva, E.Yangaboyеva. T. O`qituvchi. 2010y. 10. Boshlang`ich ta’lim jurnali. 2010 yil. 9 son. 11. Bikbayеva N.U. va Boshqalar. «Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi». T.: O`qituvchi. 1985 y. 12. «Matеmatika» 1-sinf uchun darslik.2008 y 13. «Matеmatika» 2-sinf uchun darslik.2008 y

ELEKTRON DARSLIK VA UNDAN FOYDALANISH JARAYONIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR.

                               Akbarova Shahnoza Abdulahatovna

                                               Namangan shahri

 

Elektron o’quv adabiyotlari bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina tushunchalarning keng ma’nodagi izohli talqini kompyuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to’ldirilib borilmoqda. SHuning uchun elektron o’quv adabiyotlari yaratish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar va terminlarga izohlar quyidagi mulohazalarda keltirilgan..

Tajribaviy-amaliy avtomatlashtirilgan tizim – bevosita fizik ob’ektlar va yoki matematik modellar yordamida tajriba ishlari, va eksperimental izlanishlar o’tkazishni ta’minlaydigan texnik va dasturli vositalar majmuasi.

Elektron nashr - bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va boshqa axborot ob’ektlaridan iborat bo’lgan jamlanma hisoblanadi. Elektron nashr magnitli (magnit tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD-I,  CD+, CD-R,  CD-RW,   DVD) elektron axborot tashuvchi vositalarida hamda kompyuter tarmog’ida chop etilishi mumkin. Bitta elektron  nashrda axborotli manbalar,  axborotga ishlov berish, boshqarish tuzilmasi ajratilgan bo’lishi mumkin. Elektron nashr istalgan elektron tashuvchida bajarilishi mumkin, shuningdek elektron kompyuter tarmog’ida chop etilish mumkin.

Elektron o’quv nashri - ta’lim oluvchilar  tomonidan  bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialga ega bo’lgan elektron nashr.

Elektron o’quv nashri muallifi – ijodiy faoliyati natijasida elektron o’quv nashrini yaratadigan jismoniy shaxs. Agar elektron o’quv nashri ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy faoliyatida yaratilgan bo’lsa, unda ularning har biri elektron o’quv nashrining muallifi bo’lib hisoblanadi. 

Aprobatsiya - ob’ekt, mahsulot yoki texnologiyani, ilmiy, o’quv-uslubiy ishlarni amaliy ishlatish jarayonida nazoratdan o’tkazish va tasdiqlash.

Vizual muhit - insonga ko’rish organlari orqali qabul qilinadigan  axborot oqimi. Insonga umumiy psixologik ta’sir o’tkazishi bo’yicha vizual muhitning komfortli, me’yoriy, gomogenli va agressiv turlari mavjud.

Virtual ob’ektlar yoki jarayonlar-haqiqiy mavjud bo’lgan, shuningdek tasavvur qilinadigan ob’ektlar yoki jarayonlarning elektron modeli. «Virtual» so’zi elektron tashuvchilarida ko’rsatiladigan ta’lim yoki boshqa ob’ektlarning elektron analoglari tavsifini ko’rsatish  uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari ushbu ibora elektron model  bilan ishlash paytida, haqiqiy fazoviy metaforani davom ettiruvchi interfays texnologiyalari multimediyasiga asoslangan miqdorini bildiradi.

Gipermatn-           elektron shaklda taqdim etilgan hamda     tarmoqlangan bog’lanishlar tizimi bilan ta’minlangan va uning  bir fragmentidan boshqasiga darhol o’tish imkoniyatlari oldindan berilgan matn. Gipermatn - elektron shaklda va tarmoqlangan aloqalar sistemasi bilan ta’minlangan matn bo’lib, matnning bir joyidan boshqa joyiga bir zumda o’tish vazifasini bajaradi.

Gipermediya – tarkibiga turli tipdagi tuzilgan axborot vositalaridan (matn, illyustratsiya, tovush, video va boshqalar) tuzilgan gipermatn.

Giper murojaat-bir elektron axborot ob’ektidan boshqasiga murojaat qilish (masalan, matndan izoh, lug’at yoki adabiyot ro’yxatiga, bir  maqoladan boshqasiga).

Global kriteriyalar – sifatni baholashning tizimiga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan kriteriyalar. Global kriteriyaga mos kelmaslik odatda, ekspertning salbiy baholashiga olib keladi.

Uzoqlashtirilgan kompyutor dasturi-avtomatlashtirilgan tajribaviy- amaliy harakatlanish tizimi bo’lib, unda jismoniy ob’ekt bilan ish ob’ekti joylashgan o’rindan katta masofada uzoqlashtirilgan kompyuter bilan amalga oshiriladi.

Elektron xrestomatiya-elektron axborotli o’quv nashrining muhim turi bo’lib, o’zida gipermediya ob’ektlarning tashkillashtirilgan jarayonini namoyon qiladi. Xrestomatiya mazmunida qo’llanma,  mualliflar, nomlanishlar, jumlalar va boshqalar bo’yicha izlash mexanizmlari mavjud.

Elektron kutubxona-o’quvchi hamda pedagoglar uchun hujjatlashtirish va xavfsizlikning xususiy tizimi bilan ta’minlangan, to’liq matnli elektron axborotni resurslar, telekommunikatsiya vositalari asosida jamlash va yetkazish imkoniyatini ta’minlovchi dasturli majmuadir.

Elektron tajriba – real ob’ektlar, mahsulotlar va mavjudotlar ko’rgazma modellarini yaratish va izlanish imkonini beruvchi elektron muhit.

Elektron uslubiy qo’llanma - pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Elektron uslubiy qo’llanmada  pedagogik tajriba mashg’ulotlarning  raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga o’girilgan shaklda yaratilgan o’quvchilar ishlarini darslar bo’yicha rejalashtirilgan shaklida ko’rsatiladi. Elektron uslubiy qo’llanma qog’ozli komponentni o’z ichiga olishi mumkin.

Elektron lug’at-an’anaviy «qog’ozli» lug’atga mos keluvchi elektron axborot manbai. Kompyuter versiyada so’z yoki so’zlar guruhiga maxsus ajratilgan ko’rsatma bilan istalgan dasturdan chaqarilishi mumkin. An’anaviy lug’atlardan farqli ravishda eletron lug’at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-ob’ektlarning butun spektrlarini o’z ichiga olishi mumkin.

Elektron nazoratdan o’tkazish (testlashtirish) - elektron o’quv nashrining komponenti bo’lib, an’anaviy kompyutersiz testlashtirishning analogidir. Elektron testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini ko’rsatib beradi, bu bilan bog’liq bo’lgan algoritmlarni joriy qiladi. (Masalan, bajarilgan yoki o’tkazib yuborilgan topshiriqlarga qaytish imkoniyatining borligi yoki yo’qligi, bitta testga vaqtning chegaralanganligi va hokazo).

       Elektron o’quv qo’llanmasi-darslikni qisman yoki to’liq almashtira oladigan yoki to’ldiradigan  rasmiy tasdiqlangan elektron o’kuv nashri

       Elektron testlar-saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog’oz» blankalarni  to’ldirib, so’ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bo’lib hisoblanmaydi.

Elektron tashuvchi-raqamlashtirilgan axborotni saqlash vositasi. Eng ko’p tarqalganlari magnitli (magnit tasma, magnitli disk va boshqalar) va optik (CD-ROM, DVD, CD-R, CD-I) elektron tashuvchilardir.

Pedagogik sahna-pedagogik maqsadlarga erishish uchun  yo’naltirilgan, metodik jihatdan pedagogik uslublarning ketma-ketligining o’rnatilishi.

Pedagogik test-ma’lum shakl va mazmundagi topshiriqlarning murakkablik darajasi bo’yicha tabaqalashtirilgan tizim bo’lib, ta’lim oluvchining aniq soha bo’yicha bilim, ko’nikma va mahorat darajasi va tuzilmasini samarali baholash imkonini beradi.

Elektron amaliyot-tajribada yaratilgan, ta’lim sohasining ma’lum mavzusini qamrab oladigan, saqlanadigan, ishlov beriladigan va ta’lim oluvchilarga elektron ko’rinishida namoyish qilinadigan modellar tizimi yoki real ob’ektdan uzoqda joylashgan ta’lim oluvchilar tomonidan individual tuzilgan, ta’lim berish sharoitlari bo’yicha uzoqlashtirilgan kompyuter dasturining elektron vositalari yordamida o’tkaziladigan real eksperimental ishlar.

Elektron muharrir-yaratilgan, o’zgartirilgan, birlashtirish, ajratish, uzoqlashtirish, saqlash, vizuallashtirish va boshqa vertual olam ob’ektlariga ishlov berish turlarini amalga oshirish imkonini beruvchi  elektron muhit. Matn, grafik, video, animatsion va fototasvir, tovush, musiqa, gipermedia va hokazo muharrirlari keng tarqalgan.

Tarmoqli vositalar-o’quv jarayonining telekommunikatsion komponentlarini qo’llab quvvatlash uchun, shuningdek elektron o’quv nashrlarni yaratishda telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Tarmoqli vositalar tarkibiga telekommunikatsiyaning standart vositalari kiradi va ularning yordami bilan joylashish o’rnini ko’rsatish yo’li bilan o’quv materiali sifatida lokal va global kompyuter tarmoqlarining axborot resurslari jalb qilinishi mumkin.

Bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarni  pedagogik testli nazorat qilish tizimi – test nazoratida harakatga keltirilgan pedagogik, uslubiy, texnikaviy, tashkiliy  resurlar birligi.

Gipermatnning ma’lumotli (axborotli) maqolasi –maqola mavzusi, matnning o’zi va tegishli axborot maqolalariga giper jo’natish  ro’yxati belgilangan sarlavhadan tuzilgan gipermavzuli hujjatning komponenti.

Elektron nashr sahnasi-mazmunida alohida tuzilish komponentlari aniq bo’lgan mazmuniy, mantiqiy jixatdan foydalanuvchi bilan elektron nashr o’zaro harakatining dasturiy rejasi.

Atama – berilgan fan sohasiga moslashtirilgan va yirik ilmiy aniqlovchiga ega bo’lgan maxsus tushunchani aks ettiradigan so’z yoki so’z birikmasi.

Testlashtirish-statik asoslangan shkala va me’yorga tayanadigan, miqdoriy baho bilan yakunlanadigan testlar asosida o’lchash yoki shakllantirilgan baholash.

Test topshirig’i-testning minimal tashkil etuvchi birligi bo’lib, topshiriq turiga bog’liq ravishda tanlash uchun javoblar to’plamiga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.

Masofadan o’qitish-o’quv yurtidan uzoq masofadagi jismoniy shaxsga  o’qituvchilarning doimiy maslahat olish bilan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik, kompyuterli va telekommunikatsion texnologiyalar, uslublar va vositalar majmuasi.

Yagona axborotli ta’lim fazasi-ta’lim oluvchilar, o’qituvchilar va  ta’lim muassasalari boshqaruvi va jamiyatni axborotli ta’minlashning yagona texnologik vositalari bilan ta’minlaydigan kompyuterli texnikadan foydalanishga asoslangan dasturli telekommunikatsion muhit. Ushbu muhit ta’lim jarayoni va ta’lim muassasasini boshqarishni axborot bilan qo’llab-quvvatlashga, ta’lim jarayonining  borishi va natijalari, shuningdek ta’limdan tashqari tadbirlarni axborotlashtirishga mo’ljallangan.

Gipermatnning axborotli maqolasi sarlavhasi-gipermatnning axborotli maqolasi, maqolada yozilgan axborot ob’ektining nomlanishi berilgan sarlavha bilan ta’minlanadi.

Elektron topshiriqlar-o’qituvchiga ta’lim oluvchilarning individul imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini o’zida aks ettiruvchi   axborot  manbasining muhim ko’rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga an’anaviy «qog’oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin.

Illyustratsiya-matnni tushunishga yordam beruvchi, o’rganilayotgan ob’ekt, jarayonni tasvirlab beruvchi rasmlar, sxemalar, diagrammalar, fotografiklar va boshqa grafik tasvirlar.

Elektron vosita-ta’lim jarayoni qatnashchilariga ishlab chiqish,  o’zgartirish, bog’lash, uzatish, uzoqlashtirish, saqlash va axborot agentlari ustida boshqa faol harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi  vosita.

Ta’limni axborotlashtirish-o’qitish va tarbiyalashning psixologik-pedagogik maqsadlarini joriy qilishga mo’ljallangan zamonaviy axborot texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanishning nazariyasi va amaliyoti bilan  ta’lim sohasini ta’minlash jarayoni.

Axborotli ta’lim muhiti-o’quv faoliyatini joriy qilish uchun qo’llaniladigan kompyuter vositalari va ularni harakatlanish usullari birikmasi.

Axborot tizimi-axborotni uzatish va qabul qilish tizimi bo’lib, axborot manbai, uzatish, aloqa kanali va axborotni qabul qiluvchilardan iborat.

Axborotli va kommunikatsion texnologiyalar-axborotga ishlov beruvchi turli xildagi qurilmalar, mexanizmlar, usullar, algoritmlarni tasvirlovchi umumlashtirilgan tushuncha. Axborotli va telekommunikatsion texnologiyalarning muhim zamonaviy qurilmalari bo’lib, mos ravishdagi ta’limot bilan ta’minlangan kompyuter va o’zida joylashtirilgan axborotlar bilan birga telekommunikatsion vositalar hisoblanadi.

Axborotli ob’ekt-turli xildagi ob’ektlarni, ya’ni tovush, tasvir, matn, son va majmuaviy tuzilgan elementlar,  jadval, gipermatn, gipermediani tasvirlovchi umumlashtiruvchi tushuncha bo’lib, ular bevosita yoki algoritmli ko’rinishlarda tasvirlanishi mumkin.

Axborot –inson tomonidan og’zaki (nutq shaklida), yozma (matn, jadval, rasm, chizma, shartli belgilar ko’rinishida) yoki boshqa usulda (masalan, tovushli yoki yorug’lik signallari, elektrik yoki asabli impulslar yordamida) uzatiladigan ma’lumotlar birikmasi.  XX asr o’rtasidan boshlab –insonlar, inson va avtomatika o’rtasida ma’lumot almashish, hayvonot va o’simlik olamida signal bilan almashishni o’z ichiga oladigan umumilmiy tushuncha.

Mezon-muhokama uchun mo’ljallangan vosita bo’lib, uning asosida biror ob’ekt, maxsulot yoki jarayonni baholash, aniqlash yoki sinflashni amalga oshirilishi mumkin.

Mantiqiy urg’u-foydalanuvchi diqqatini kompyuter ekranidagi ma’lumot ob’ektiga qaratish uchun yo’naltirilgan psixologik apparatli usul.

Model-kompyuter texnikasi vositalari yordamida matematik uslublar asosida ifodalangan, vizuallashtirish mumkin bo’lgan loyihaviy ko’rinish.

Modellashtirish-ob’ektlarining kompyuterli modellarida izlanishlar olib borish, real mavjud bo’lgan narsalar, mavjudot va loyihalanayotgan ob’ektlar kompyuterli modellarini qurish va o’rganish.

Multimediali vositalar-turli tipdagi axborotlarni: matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va boshqalarni yaratish, saqlash, ishlov berish va raqamlashtirilgan ko’rinishida amalga oshirishning kompyuterli vositasi.

Intellektual yadro-matematik amallarni sonli (raqamli) va simvolli ko’rinishda amalga oshiruvchi maxsus dasturlar majmuasi.

Ochiq ta’lim –masofali o’qitish texnologiyasi va uslubini qo’llaydigan, ta’lim oluvchi uchun qulay ritmda ta’lim berishni ta’minlaydigan, istalgan xohlovchi uchun boshlang’ich bilim darajasini tahlil qilmasdan erishish mumkin bo’lgan o’qitish tizimi.

       Ochiq test tizimlari-o’qituvchi, uslubchi, darslik muallifi uchun yangi test yaratish yoki mavjud testni o’zgartirish imkoniyatini beruvchi tizimlar.

 

Elektron darsliklarning o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklari

O’quv jarayonida mustaqil ta’lim mashg’ulotlarini samarali tashkil qilishda turli axborot ta’lim resurslarni yaratishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. CHunki, mustaqil ta’lim asosan ta’lim oluvchining mustaqil o’rganishiga asoslangan o’quv faoliyati hisoblanadi. Hozirgi davrda mustaqil ta’lim uchun axborot ta’lim resurslari yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalarning o’rni beqiyosdir.

       Mustaqil ta’lim olishda zamonaviy axborot texnologiyalari ya’ni kompyuterning dasturiy vositalari asosida yaratilgan o’quv-uslubiy materiallar shu jumladan, elektron darsliklardan foydalanishdan asosiy maqsad zamonaviy axborot – ta’lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo’llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligi, sifati va unimdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o’quv manbalari elektron o’quv darsliklarini keng qo’llash, ularning ma’lum ma’noda kutubxonalarini tashkil etish, ta’limning masofadan o’qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o’quv tizimiga kirishdan iborat.  

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish kontseptsiyasida elektron darslikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Elektron darslik - kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan elektron o’quv adabiyoti hisoblanadi”. Demak, elektron darslik yaratishning asosiy maqsadi mustaqil ta’lim olishga qaratilar ekan.

Elektron o’quv adabiyotlarining amaliyotda qo’llanilishi e’tiborga olinganda elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kuzatilmoqda:

- o’rganilayotgan materialni an’anaviy  o’quv  adabiyotlariga nisbatan induktiv yondashish, eshitish va emotsional  xotiralarga ta’sir qilish yo’llari bilan yetkazish orqali tushunishni yengillashtiradi;

- ta’lim oluvchilarning ehtiyojiga, tayyorgarlik darajasiga, intellektual imkoniyatlariga  moslashtiriladi;

- o’quv predmetining mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko’p sondagi ma’lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko’proq amaliy masalalar yechishga imkon yaratgan holda murakkab hisoblashlar va almashtirishlardan xalos etadi;

- o’rganishning barcha bosqichlarida o’zini-o’zi tekshirib ko’rish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi;

- ishni chiroyli, aniq rasmiylashtirishlarga va uni o’qituvchiga fayl yoki qog’ozga chop etgan holda topshirishiga imkon beradi;

- tajribali o’qituvchi vazifasini cheklanmagan tushuntirishlarni, sanoqsiz takrorlashlarni, eslatishlarni taqdim etgan holda bajaradi.

 

Hozirgi kunda elektron darsliklar yartishning 4 bosqichli kategoriyasi mavjud:

1 - bosqich elektron darsliklar bu gipermatn shaklida bo’lib, bunda o’quv materiallar bir-biri bilan gipermurojaatlar orqali bog’lanadi. Unda ikki o’lchovli ko’rsatish qurollaridan, masalan suratlar, jadvallardan foydalanish mumkin.

2 - bosqichli elektron darsliklar o’zida qisman gipermatn va ikki o’lchovli animatsiyani jamlashtiradi. Bu turdagi elektron darsliklarni ko’pincha virtual stendlar deb atash mumkin.

3 - bosqichli elektron darsliklar o’zida bir vaqtda ham animatsiya, ham gipermatnni jamlashtirib, bu turdagi elektron darsliklar ovozlashtiriladi. Ulardan multimedia vositalari orqali foydalanganligi uchun multimediyali elektron darslik deb atash mumkin.

4 - bosqich elektron darsliklar zamonaviy tarmoq texnologiyalari asosida yaratilib, masofaviy o’qitish mezonlariga mos bo’lishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.                  YUldоshеv У., Bоqiеv R., Zоkirоvа F. Informatika o’qitish metodikasi. O’rtа mахsуs, kаsb-hunаr tа’limi muаssаsаlаri uchun qo’llаnmа. – T.: Tаlqin, 2005.

2.                  О.Хоshimоv.Kоmpyutеrli vа rаkаmli tехnоlоgiyalаri. T-2009 “YAngi аsr аvlоdi”



Download 50,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish