Topografiyasi.
Koreys yarimoroli Osiyoning sharqiy oxirida joylashib, uzunligi 1100 killometrni tashkil etadi. Gʻarbdan Tinch okeani bilan, shimoldan esa Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh. Koreyaning sharqiy tomonida Sharqiy Dengiz boʻlib, uning ortida Yaponiya joylashgan. Yerining 70 foizini togʻlar egallab, qirgʻoq yoqalab 3000 minga yaqin orolchalar tarqalgan.
Koreyaning yer maydoni 222 ming 154 km2 boʻlib, kattaligi taxminan Buyuk Britaniya yoki Ruminiyaga teng. Ushbu maydonning 45.5 % yoki 100 ming km2idan qishloq xoʻjaligida foydalanish mumkin. Togʻli tumanlar butun maydonning taxminan uchdan ikki qismini tashkil etib, Portugaliya, Mojariston yoki Irlandiya maydonicha desa boʻladi.
Tebeksan togʻ zanjiri shaqiy qirgʻoq boʻylab choʻzilib, Sharqiy dengiz kuchli toʻlqinlari tomonidan yuvilib turadi. Ushbu zarba ostida katta qoya va qoya orolchalar paydo boʻlgan. Gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlar esa qiya jarlik. Jarliklar boʻylab qirgʻoqlari moʻjizona kesilgan bogʻozli yaqin orollar joylashgan.
Yarimorolda shunday koʻp daryo va tasvirlar chizilgan togʻlar borki, shunga koreyslar koʻpincha oʻz davlatini chiroyli tillarang parchalarga qiyoslashgan. Togʻning eng baland choʻqqisi Shimoliy Koreyada joylashgan Pektusan boʻlib, Xitoy chegarasi boʻlab dengiz sathidan 2744 m balandlikka koʻtarilgan. Pektusan togʻida oʻchgan vulqonlar boʻlib, uning ogʻzida "Chonji" deb nom olgan katta koʻl paydo boʻlgan. Bu togʻ Koreya ruhi hisoblanib, Koreya Respublikasining madhiyasi matnida bu haqda eslatilgan.
Nisbatan katta boʻlmagan Koreya yarimorolida yetarlicha koʻp katta va kichik daryolar oqadi. Ushbu suv arteriyalari koreyslar hayot tarzi va mamlakatini sanoatlashitirishda muhim rol egalladi. Koreyaning eng katta ikki daryosi — bu Naktongkang (525 km) va Koreya poytaxti Seuldan oʻqib oʻtadigan Hankang (494 km). Hankang daryosi uzoq tarixda uning qirgʻoqlarida rivojlangan aholiga muhim ahamiyatga ega boʻlganidek bugungi kunda ham zich aholining hayotida muhim ahamiyatga ega.
Koreyaning uch tomonini yuvib turuvchi dengizlar ham aholi hayotida uzoq davrlardan beri muhim rolga ega boʻldi. Shuning uchun ham dengizshunoslik va kemasozlik sanoati tez rivojlandi.
Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Seuldan oqib oʻtadigan Cheonggyecheon.
Koreya iqlimi — moʻtadil, bir-biridan keskin farq qiladigan toʻrt faslga ega. Bahor qisqa boʻlishiga qaramasdan juda ham yoqimli va quyoshli boʻladi. Yozda esa issiq va namlik yuqori boʻlib, iyul oylarida yomgʻirga boʻy boʻladi. Kuz fasli yorqin tilla va qizil ranglar bilan boʻyalib ajoyib rang-barang panoramani yaratadi. Qish sovuq va quruq kelib vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Janubi-gʻarbdagi Jeju-do oroli yumshoq subtropik iqlimga ega. Koreya tumanlari oʻrtasidagi harorat farqi juda katta, oʻrtacha hisobda 6 °C dan 16 °C gacha boʻladi. Yilning eng issiq oʻyi boʻlgan avgustda esa harorat 19 °C va 35 °C orasida boʻladi, eng sovuq oyi yanvarda esa harorat minus 8 °C gacha tushib ketadi.
Bahor faslining boshlarida shamol Xitoyning shimoliy qismidagi choʻllaridan sariq qum va tuproqlarni uchurib keladi. Ammo aprel oyi oʻrtalarida haqiqiy bahor nafasini his qilish mumkin boʻladi, togʻlar va maysazorlar esa ajoyib gullarga boʻyalgan boʻladi. Shu vaqtda dehqonlar dalalarni guruch ekishga tayyorlaydi.
Koreyslarning yil fasllari orasida sevimlisi boʻlgani kuz odamni tetiklashtiradigan havo va musaffo osmonga ega boʻladi. Kuz — hosillarni yigʻishtirish vaqti hamda turli bayram va tarixiy anʼanalarga boy fasl.
Hukumati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi.
Koreya hukumati uchta qismga boʻlingan: ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimyati. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar davlat darajasida faoliyat koʻrsatadi. Mahalliy vazifalarni ijro etuvchi boʻlimdagi turli vazirliklar amalga oshiradi. Mahalliy hokimyat yarim-muxtor boʻlib, oʻzining ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi boʻlimiga ega. Sud hokimiyati davlat va mahalliy darajada faoliyat koʻrsatadi.
Koreya hukumatining tuzilishi Koreya Respublikasining konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Bu hujjat 1948-yil kuchga kirgandan buyon bir necha marta tahrir qilindi. Ammo bir necha palata xususiyatlari oldingidek qoldi; Ikkinchi Koreya Respublikasidan tashqari barcha hukumat mustaqil bosh ijro etuvchi — prezidentga ega boʻldi.
Puxta uch hokimiyatli tizim bu tekshiruv va muvozanatning ehtiyotkor tizimidir. Masalan, konstitutsiyaviy sudning sudyalari qisman ijro etuvchi, qisman qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan tayinlanadi. Shuningdek, impichment rezolutsiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan berilib, sud hokimiyati soʻnggi qarorni qabul qiladi.
Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha boʻlgan ildam iqtisodiy rivoji "Sharqiy Osiyo Moʻjizasi" deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambagʻal agrar mamlakatni dunyodagi oʻn ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi. 1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti boʻldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamgʻarma va sarmoyaga katta yordam berdi, shuningdek milliy taʼlimning taraqqiy topishiga ragʻbat boʻldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh oʻgʻil-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olishmoqda.
Lekin rivojlanishga boʻlgan yoʻl oson boʻlmadi. Bu yoʻlga erishish turli qiyinchiliklarni yengib oʻtishni talab etdi. 1945-yili Yaponiya qaramligidan ozod boʻldanidan soʻng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega boʻlmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi.
1950—53-yillarda boʻlib oʻtgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning oʻzaro urushib ikki qismga boʻlinishi Koreya tuprogʻida buzgʻunchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tahskil etdi.
Janubiy Koreyaning urushdan koʻrgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Maxsulot (YMM)ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari boʻlishiga qaramay past boʻldi. Shunday boʻlsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha oʻrtacha Milliy Yalpi Maxsulot oʻsishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta oʻsganligidan dalolat berdi.
Bu vaqt davomida aholi yillik oʻsishi 2,2%, YMM real daromadi aholi boshiga 5,6%ni, yani 9,3 marta oʻsishni tahskil etdi. 1953-yildan 2007-yilgacha Janubiy Koreya YMM 2,3 mlrddan 1,2 trln AQSh dollariga oʻsdi. Aholi boshiga YMM daromadi qiymati 67 AQSh dollaridan 24 600 dollarga oʻsganini koʻrsatadi.
1960-yillarda boshlangan iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish sohasida oʻz aksini topti, asosan avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, elektronika, kemasozlik, tekstil va poʻlatni qayta ishlash sohalari bunga misol boʻla oladi.
Koreyaning oʻsha davrdagi iqtisodiy ishlash tizimini quyidagicha izohlash mumkin. 1961-yildan boshlanib 1979-yilga qadar davom etgan qoʻmondon Pak Jong Hi davlat rahbarligi davrida dunyodagi mavjud siyosiy ziddiyat sababli Janubiy Koreyaga gʻarb davlatlari va Yaponiya sarmoya qila boshladi. Davlat koreys tilida "cheboʻl" deb ataluvchi katta korxonalarni rivojlantirish maqsadida chet eldan kelgan sarmoyani ular uchun quyi foizlarda foydalanishiga ruxsat berildi. Bunga asos katta korxonalarning rivojlanishi, keyinchalik kichik va oʻrta biznesning rivojlanishiga sabab boʻlishiga ishonch edi. Qoʻmondon Parkning eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosati 5 yillik rejalar asosida muvoffaqiyatli amalga oshirildi.
Iqtisodiyot asosiy qismini qishloq xoʻjaligi tashkil qilgan yillar ham boʻlgan. Endilikda esa Janubiy Koreya qayta ishlash sohasi bilan gʻururlansa boʻladi, chunki 1997-yilning oʻzida YMM ning 25,7%ini ishlab chiqarish tashkil etti. 1997-yilgi YMM 5%ga, 1996-yil 6,8%ga, 1995-yil esa 8,9%ga oʻsish kuzatilgan edi. 1998-yil YMM oʻsishi 6,7% manfiy koʻrsatkichni tashkil etti. Buning asosiy sababi 1997-yilda Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy boʻhron oqibatidadir. Xorijiy sarmoyadorlarning Xitoy kabi boshqa rivojlanayotgan davlatlarga sarmoyalarini koʻchirishi bilan iqtisodiy ahvol yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramay, 1999-yil YMM oʻsishi 10,9%, 2000-yil 9,3%, 2001-yil 3%, 2002-yil 6,3%ni, 2007-yil 4,8%ni va miqdori 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etti.
Fan-texnikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Koreyada dunyodagi xotira chiplarining 45%i ishlab chiqariladi.[8] Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi oʻrinlardadir; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi.[9] Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir.
Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng koʻp foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga koʻra birinchi oʻrinda turadi.[10] 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta robot boʻlishi rejalashtirilgan.[11] Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi koʻzda tutilgan.
Koreya Respublikasi Rossiya bilan fazoviy hamkorlik olib bormoqda,[12] bu hamkorlik doirasida "Arirang-1" va "Arirang-2" nomli sunʼiy yoʻldoshlar uchirildi. 2008-yilning 8-aprelida Koreya oʻzining birinchi fazogiri — Yi So-yeonni koinotga uchirdi, u rus orbital kemasi "Soyuz TMA-12"da ishladi